9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

VAZIR TASHRIFI: TAKLIF, TAVSIYA,TOPSHIRIQLAR TALABI BILAN

notiq.uz > Yangiliklar  > VAZIR TASHRIFI: TAKLIF, TAVSIYA,TOPSHIRIQLAR TALABI BILAN

VAZIR TASHRIFI: TAKLIF, TAVSIYA,TOPSHIRIQLAR TALABI BILAN

Ta’lim-tarbiyada tanaffus bo’lmaydi. Bu hikmatning bot-bot takrorlanib turishi bejiz emas.Shunday ekan, har qanday mamlakatning taqdiri, ravnaqi ilm-fan va ta’limga e’tibor bilan bog’liq. Bu esa o’z-o’zidan Prezidentimiz talab etayotgan SIFAT, SAMARA, NATIJA tushunchalariga borib bog’lanadi.Shuning uchun ham professor-o’qituvchilardantortib rektorlar-u vazirgacha bu masalaga jiddiyqarayotganlari bejiz emas. Bu harakatlarimiz esaDavlatimiz rahbarining “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona, to’g’ri yo’lidir” degan fikrlariga hamohangdir. Bugun “TIQXMMI” Milliy tadqiqotuniversitetimizga O’zbekiston Respublikasi Oliyta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri KongratbayAvezimbetovich Sharipov tashrif buyurdilar. Ular, dastavval, Universitetimizning O’zbekiston Oliy ta’limmuassasalari orasida ilk bor QS World University Rankings dunyo reytingida TOP 1000 talikuniversitetlar qatorida e’tirof etilgani, 547-o’rinni egallagani bilan samimiy qutladi.So’ngra universitetimizning fakultetlarigabiriktirilgan laboratoriyalarni birma-bir ko’zdankechirdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,laboratoriyalar shunchaki ko’zdan kechirilmadi, balkihar biriga keltirilgan yangi texnik uskunalar, texnologiyalar, turli xil jihozlar bilan qiziqdi. Vaularning ta’lim tizimidagi o’rni, ahamiyati, qandayqo’llanilishi borasida o’z taklif va mulohazalarinibildirib, maslahatlar berib o’tdi. Vazirga universitetimizning prorektorlari, dekanlarva laboratoriya mudirlari birgalikda hamrohlik qildi. Grant asosida yutib olingan yoki investorlar tomonidantaqdim etilgan turli texnologiyalarni ishlashprinsiplarini obdon kuzatdi. Talabalar vao’qituvchilarning ularni qay darajada qo’llayolishlarini surishtirdi.Vazir keltirib o’rnatilgan texnologiyalar o’zaromanfaatli mamlakatlararo hamkorlikni rivojlanishigaxizmat qilishini e’tirof eta turib, talaba vao’qituvchilarning shunchaki ularni amaldabajarishlaridan ham ko’ra, kreativ yondashishlariasnosida yaratamiz degan so’zning mohiyati muhimekanligini ta’kidladi. Milliy universitet maqomiberilgan ta’lim muassasamizda texnologiylarningo’zimizda tayyorlanishiga erishish ga  rivojlantirishmuhimligini uqtirdi.Vazir “Bir paytlari biz ergashuvchi bo’lgan edik, endilikda esa ergashtiruvchi, yetaklovchi bo’lishimizkerakligini” ham e’tibordan soqit qilmadi. Shuningdek,Universitetimiz ko’rkiga-ko’rk qo’shib turgan IT parkga ham kirib barcha qavatdagi jihozlar, ularningishlatilish tartiblari, yaratilgan sharoitlar bilan ham obdon tanishdi. Universitetimizdagi IT — parknie’tiborga molik boshqa universitetlarning IT-parklaribilan birgalikda hamkorligini yo’lga qo’yish vaularning imkoniyatlarini chuqur o’rganish muhimekanligini ta’kidlab o’tdi. Keyin esa universitetimiz huzuridagi“Fundamental va amaliy tadqiqotlar” institutiga borib u yerdagi jarayonlar bilan qiziqdi va ilmiy xodimlar, xususan doktorantlar bilan ochiq, samimiy tarzdasuhbat o’tkazdi. Ularning muammolarini eshitdi, o’ztaklif va mulohazalarini bildirdi, ishtirokchilarniqiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi. Vazir tashrifidagi taklif va tavsiyalar ta’limtizimidagi taraqqiyotimizga taalluqli talablardaniboratdir. UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.