9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Yetti hikmat, bizga ibrat

notiq.uz > Yangiliklar  > Yetti hikmat, bizga ibrat

Yetti hikmat, bizga ibrat

Ibrohim ibn Adham aytadi: “Uyimga mehmonlar kelishdi. Ular Allohning do’stlari ekanini bildim. Ularga: “Menga Alloh taolodan qoʻrqishni nasihat qilinlar, toki sizlar kabi taqvodor bo’layin”, dedim. Ular: “Senga yetti narsani nasihat qilamiz dedi”: 

1) Koʻp gapirma, koʻp gapirish qalbni oʻldiradi; 

2) Koʻp yema, chunki koʻp yeyish hikmatni ketkazadi; 

3) Insonlar bilan behuda muloqot qilma, aks holda ibodatlaringda halovat yoʻqoladi; 

4) Dunyoga muhabbat qoʻyma, chunki boylikning hotimasi yaxshi emas; 

5) Johil bo’lma, qalbing qorayadi; 

6) Zolim bilan do’stlashma, diningda istiqomat yoʻqoladi; 

7) Kim boylik ilinjida insonlarni rozi qilmoqchi bo’lsa, Alloh taolo undan rozi bolmaydi.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.