Tilni saqlang!
Insonning ehtiyoti qiladigan bosh a’zolaridan biri til. Uni ham saqlamoq lozim. Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu aytadi: “Badanning har bir a’zosini Allohu taologa tildan shikoyat qiladi: “Ey Rabbim, uni to’g’ri saqlagin. Agar u to’g’ri bo’lsa, hammamiz to’g’ri bo’lamiz. Agar buzilsa, bizlar ham buzilamiz”.
Hazrat Ali karamallohu vajhahu anhu aytadlari: “Kishi tilining ostidadir”, chunki u gapirmagunicha uni johilmi yoki olimmi, yaxshimi yoki yomonmi, – bilib bo’lmaydi. Uning kimligini tili fosh qiladi».
Hasan Basriy rahmatullohi alayhi til borasida bunday deganlar:
“Uning (tilning) hajmi kichik, lekin gunohi kattadir”.
Abu Hayyon Tamimiy rahmatullohi alayhi aytadi: “Agar kishi oyog’larini saqlashni xohlasa, tilini ehtiyot qilsin”.
✍️ «Sharm va hayo” kitobidan