YETUK SIYOSATSHUNOS OLIM – NARZULLA JO‘RAYEV
NITSE
NITSЕ
Nitshe g‘oyalari serqirra, o‘ta isyonkor, o‘ta haroratli, o‘ta jozibador. U har qanday inson qalbini junbishga keltiradi. Shu bilan birga favqulodda katta va qudratli ta’sir kuchiga ega. Uning o‘zining so‘zi bilan aytganda “dinamit” g‘oyalar. Darhaqiqat, Nitshe g‘oyalari taxayyuldagi dinamit, tasavvurdagi dinamit, tafakkurdagi dinamit. N.Jo‘rayev
Men sizlarga A’lo odam haqida ta’limot berajakman. A’lo odam zaminning mazmuni. Sizning irodangiz aytsin: “mayli, A’lo odam zaminning mazmuni bo‘lsin!” Birodarlarim, men Sizga iltijo qilib ayturman: zaminga sodiq bo‘lingiz… Nitshe
“Ikki dunyodayam butni bilmaganlarga cherkovning nima hojati bor?” Nitshe
Imoning sust bo‘lsa, machitga borib nima qilasan? Bandasiga-ku hunaringni ko‘rsatayapsan, endi Xudoni ixtiyoriga qo‘y! Hech bo‘lmasa Unga hiyonat qilma, munofiq bo‘lma! N. Jo‘rayev
“Doimo kuchlilarni kuchsizlardan himoya qilish lozim!” Nitshe
Kuchlilar hamisha ozchilikni tashkil etadi. Kuchsizlar, ojizlar, ma’naviy zaiflar esa ko‘pchilikdan iborat. Har qanday sharoitda ko‘pchilik ozchilikni engadi, g‘alaba qiladi. Ojizlar, notavon va noshudlar qumursqa misoli yopiriladi, talaydi. Oxir-oqibatda kuchlilarni abgor qiladi. Masalaning yana bir mantiqiy tomoni bor: kuchlilar o‘z kuchi va irodasiga ishonib, yakka-yakka tartibda yashashadi. Ojizlar esa birlashib, to‘da-to‘da bo‘lib, g‘uj yashashadi. Kuchlarni birlashtirishadi va oxir-oqibatda kuchlilardan ustun kelishadi. N. Jo‘rayev
Nitshe insonning ojizligi, noqobil va notavonligidan g‘azablanadi. Bundaylarni ivirsib yurgan mayda jonivorlarga, hasharotlarga qiyoslaydi. Ba’zan hissiyoti ko‘pirib, uni tahqirlaganday, kamsitganday bo‘ladi. Iztirobli nafrat bo‘hroniga, insonga qarshi isyonga aylanadi. Bu uning insonga nisbatan shavqatsizligidan emas, balki, uning taqdiri va kechmishiga befarq emasligidan, achinayotganidan. N. Jo‘rayev
AVЕSTO
“Avesto” falsafasi – harakatdagi dunyo, butun mavjudot, jonli va jonsiz olamga nisbatan inson munosabatlarini aql-idrok, cheksiz tafakkur orqali barkamollashtirish g‘oyasini o‘zida mujassam etadi. Insonga hissiy olam bilan fikrat dunyosining sintezi shaklida ta’sir o‘tkazadi.
“Avesto” o‘zining ma’naviy-ahloqiy qarashlari bilan bir necha ming yillik kishilik taraqqiyotida sivilizatsiyaviy ta’sir ko‘rsatgan, butun borliq, mavjudot, jumladan, inson mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan buyuk qadriyat. U asotiriy-diniy qarashlarga asoslangan bo‘lsa-da, tub mohiyati bilan dunyoviy tafakkurning noyob, o‘ziga xos, barkamol majmuasi, fundamental qarashlarga asoslangan, qomusiy ahamiyatga ega bo‘lgan buyuk yodgorlikdir.
Jo‘rayev
Zardushtiylik ta’limoti o‘z davri odamlari tafakkurida keskin burilish yasab, ijtimoiy ongning butunlay yangilanishiga, kishilik jamiyatini mazmunan boyishiga olib keldi. Bu o‘sha davr uchun tafakkurdagi jiddiy to‘ntarish, qarashlardagi mislsiz evrilish edi. Ta’limot sifatida zardushtiylik e’tiqod kategoriyasini ibodat va taqvo bilangina chegaralamay, ijtimoiy mohiyat kasb etishiga erishdi. Hayot mazmunini, inson mohiyatini o‘zida mujassam etgan ezgulik tuyg‘usini asosiy tayanch qilib oldi. Boshqacha qilib aytganda, dinga e’tiqodni insoniylashgan, hayotiylashgan, kundalik turmush lazzati va hayot mohiyatini o‘zida mujassam etgan ezgulikka e’tiqod darajasiga olib chiqdi. Insoniyat tafakkuridagi bunday tub burilish o‘sha davrning o‘ziga xos sivilizatsiyaviy hodisasi edi.
AVESTO

Jo‘raev