9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi kerak?

notiq.uz > Savod va saboq  > Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi kerak?

Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi kerak?

         Xo’jaliyeva Ma’muraxon

Toshkent viloyati Parkent tumani 24-sonli maktab ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

Ta’lim tizimida amalga  oshirilayotgan islohotlarning  muvaffaqqiyati oqituvchi     kadrlarning  kasb mahorati va  savodxonligiga bevosita bog’liq.

O’qituvchi-pedagogik-psixologik jihatdan o’z ixtisosligi bo’yicha  maxsus ma’lumotga  ega, kasbiy tayyorgarlikka  va yuksak axloqiy fazilatlarga ega, ta’lim muassasalarida  faoliyat ko’rsatuvchi shaxsdir.

Dars- ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo’lib, unda sinf  dars  tuzilishining barcha  xususiyatlari  aks etadi. Darsda o’qituvchi rahbarligida  har bir o’quvchining  bilim olish imkoniyatlari hisobga olinadi.

Bugungi  kunda biz g’aroyib bir davrda yashayapmiz. Atrofimizdagi olam  juda tez sur’atlarda tanib bo’lmas darajada o’zgarib  boryapti. Shuning uchun o’sib kelayotgan ishlaydigan o’qituvchi juda ko’p narsalardan xabardor bo’lishi  kerak.

Zamonaviy  o’qituvchi qiyofasidagi shaxs  pedagogic-psixologik jihatdan  yuksak tayyorgarlikka ega  ega bo’lishi uchun  unda  quyidagi fazilatlar  namoyon bo’lishi kerak.

__ O’qituvchi jamiyat ijtimoiy va siyosiy  hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar,olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar  mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda  bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma’lumotlarni  bera olishi lozim.

_ Ilm-fan, texnika, texnologiya  yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo’lishi;

_ O’z mutaxassisligi bo’yicha  chuqur, puxta bilimga ega bo’lishi, o’z ustida tinimsiz izlashi shart;

_ Pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi;

_ Ta’lim–tarbiyaviy faoliyatda pedagogik va axborot  texnologiyalarining  eng samarali shakli, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lishi;

_ Ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik  qobiliyatiga ega bo’lishi;

Ayniqsa, oqituvchi o’zining individual nutq madaniyatiga  ega bo’lishi zarur;

Zamonaviy o’qituvchi  o’z nutqini takomillashtirib borishi uchun  ta’lim va tarbiya  jarayonida quyidagi yo’nalishlarga doimiy amalga oshirib borishi  lozim:

_      o’zbek adabiy til qonuniyatlari  va normalarini mukammal bilishi;

_      o’z-o’zini va nutqiy faoliyatini  muntazam nazorat qilish;

_      o’zining nutqiy madaniyatini doimiy  rivojlantirib borish;

_  o’z-o’zini nazorat va ifodali nutq malakalarini rivojlantirish uchun o’qituvchi o’z nutqiy faoliyatini kuzatishi lozim.

O’qituvchining   mazkur talablarga  muvofiq keluvchi  qiyofasi uning o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro’-e’tibor  qozonishini ta’minlaydi.

Darsda  o’qituvchi rahbarligida har bir o’quvchining bilim olish xususiyatlari  hisobga olinadi. O’quvchilarning mashg’ulot jarayonida  o’rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirish  va ma’naviy-axloqiy  sifatlarini tarbiyalash  hamda shakllantirish uchun qulay sharoitlar    yaratiladi.

Zamonaviy o’qituvchi quyidagilarni o’z vazifasi deb bilishi kerak :

_o’z mutaxassisligi bo’yicha eng so’nggi bilimlardan xabardor bo’lishi, ta’limni pedtexnologiyalar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib, amaldagi o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi;

— ta’limda o’quvchilarning   yosh va psixologik  xususiyatlarini hisobga olib, o’z mahoratini, bilimini va qobilyatini  namoyish etishi;

_ o’quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini  hisobga olgan holda ular tomonidan bilimlarni o’zlashtirishga  sharoit yaratish;

_ O’quvchilar tomonidan o’rganilayotgan o’quv fanlarining o’zaro aloqadorligini  ta’minlash;

_ shaxsni  har tomonlama  kamol topishini  faollashtirish;

O’qituvchi o’z tajribasidan kelib chiqib, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini  hisobga olgan holda, quyidagilarga  qattiq e’tibor berishi shart.

_ integral fanlarning ilg’or yutuqlari, kompyuter, pedtexnologiyalar va  axborot texnologiya imkoniyatlaridan  keng foydalanish, darsni  zamonaviy  o’quv –tarbiyaviy jarayon  qonuniyatlari  asosida  tashkil etish;

_ darsda barcha  didaktik tamoyil  a qoidalarning optimal  nisbatlarini ta’minlash;

_ o’quvchilarning  qiziqishi, iqtidori va talablarini  hisobga olish;

_ o’quvchining o’zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo’yicha  mahoratini shakllantirishni  motivatsiyalash va  faollashtirish;

Hozirgi kun o’qituvchisi  eng avvalo, faol, mehnatkash, fidoyi, talabchan, izlanuvchan, davr bilan hamnafas  hamda ijodkor  bo’lishi kerak!

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.