Egizak polvonlar
Qo‘shko‘pir tumanida “Oxdarband” degan qishloq borligini bolaligimdan eshitaman. O‘zim qo‘shni qishloqda Xosiyonda tug‘ilganman. Oxdarband (hozirgi “Ittifoq”jamoa xo‘jaligi)da yashovchi keksa avlod vakillari yaqin yillargacha fors tilida gaplashishgan. CHunki, ular asli eroniylar bo‘lib taqdir va tarix taqozosi bilan shu erga kelib qolishgan. YOshlar esa deyarlik fors tilini unutishgan. Feruz shoh va general gubernator hisoblanmish Kaufman bilan qullarni ozod etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangandan keyin eroniy, rus, uyg‘ur va turkman qullari o‘z yurtlariga qayta boshlashgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zFA SHarqshunoslik institutining qo‘lyozmalar xazinasida saqlanayotgan Xorazm tarixiga doir manbalardan birida o‘qigandim. Undagi ma’lumotga ko‘ra, eroniylarning aksariyati o‘z yurtiga qaytayotganda, yo‘llari turkman qishloqlari orqali tushadi. Ular yo‘l so‘rashganda, bularning kelishlarini poylab yotgan qaroqchilardan biri o‘zining xufiylari pisib yotgan qishloq tomon burishadi va hujumga o‘tishadi. Ularning mol mulki va taqinchoqlarini talashadi, ko‘pchiligini yarador qilishadi. Talondan omon qolganlarning aksariyati ana shu qishloqda turg‘un bo‘lib qolganliklari haqidagi ma’lumot o‘sha manbadan o‘rin olgan. Ularning hozirda bu qishloqda yashayotgan avlodlari el-yurtimizga bir oila farzandlari kabi sidqidil xizmat qilib kelishmoqda. Ulardan dong‘i ketgan olimlar, vrachlar, san’atkorlar, pedagoglar, fermerlar, qo‘yingki, el-yurtimiz uchun manfaatli barcha kasb-hunar egalari chiqqanligi ma’lum.
Bular orasida ikkita egizak pedagog-polvonning nomi ayniqsa, tillarda doston bo‘lgan. O‘quvchilik paytlarimizda etti yoshdan etmish yoshgacha bo‘lgan avlod ularni tanishardi, hurmat bilan tilga olishardi. Men ularning Hasan-Husay ustozlarning hayotliklarida bir necha bor suhbatlarida bo‘lganman. Kasb nuqtai nazaridan matematik, o‘qituvchi bo‘lsa ham ularning qiziqishi, xobbisi kengqamrovli edi. Adabiyot va san’atni qadrlar, musiqani sevar, yaxshi ko‘rgan mashg‘ulotlaridan biri esa kurash tushish, polvonlik bo‘lgan. O‘sha paytlari ular o‘ziga xos usul bilan nomdor polvonlarning ham kuragini erga tegizganliklari haqida ma’lumotlar bor. Viloyat matematiklari orasida o‘z fanining bilimdoni sifatida alohida o‘ringa, mavqega ega bo‘lishgan. Ularning farzandlari fizika va matematika fanlari nomzodi, Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining dotsenti Olim Rahmatullaev bo‘lsa, yana birlari ko‘p yillar mobaynida soliq tizimida ishlagan, samimiy inson Ikrom Rahmatullaevdir. Ularning nevaralaridan ham bugungi kunda ona zaminimiz, vatanimiz uchun zarur bo‘lgan yoshlar etishib chiqmoqdaki, bu esa rahmatullaevlar sulolasi uchun g‘urur va sharafdir.
Endi ikki og‘iz so‘z egizak polvonlar haqida. Kuragi er iskamagan bir nomdor polvon bo‘lardi. Nomi yodimda yo‘q. (topganimda saytga qayta qo‘yarman) uncha-muncha kurashchini pisand qilmaydigan, bilagiga ishongan zabardast polvon bir kuni to‘yga chaqiriladi. Uncha-muncha polvonning u bilan kurashga tushishga yuragi betlamasdi. U polvon o‘tirganida, HasanHusan polvonlar tikka tursa bo‘ylari teng ko‘rinarkan. Bo‘ylari bir muncha past bo‘lsa-da, chapdast va tezkorligi bilan ajralib turadigan egizak polvonlardan biri “nima bo‘lsa bo‘ldi”, — deb maydonga tushadi. Tezkorlik bilan harakatlar qilib, nomdor polvonni rosa charchatadi, o‘zi ham bir muncha charchaydi. Ikkalasi ham nafas rostlash uchun qurga kirib ketishadi. SHu payt kimdir maslahat beradi, “ikkalangiz bir-biringiz o‘xshaysiz, men to‘nni teskari tutib turaman kiyimni almashtirib oling, almashib tushasiz”. Nihoyat Hasan o‘rniga Husan, Husan o‘rniga Hasan maslahat bergan kishining iltimosiga binoan almashishadi. CHapdastlik va chaqqonlik bilan nomdor polvonning oyog‘ini osmonga ko‘tarib bir zarb bilan erga uradi. Odamlarning “Halol, halol! — degan hayqiriqlari yangraydi. Qadrdon do‘stim Ilgizar Sobirovning hikoya qilishicha, yiqilgan polvon ruschalab “eto ne tot” dermish. SHunda odamlar: “Nima, unga o‘xshamaydimi?” — deb so‘rashsa, “Yo‘q, bu uning o‘zi, lekin kuchni qaerdan oldi ekan?” — dermish. Ularning faoliyatida bir martagina ro‘y bergan bu holat tillardan-tillarga o‘tib, mish-mish shaklida tarqalgan, ularning mashhur bo‘lishlariga bois bo‘lgan. Ayniqsa, hammani lol qoldirib, ularni tengsiz kuchga ega ekanliklarini bildirgan voqea Sotim polvon bilan olishuvda sodir bo‘lgan. Bu polvonning bo‘yi 2 metru 20 santimetr, vazni esa 120 kilogramm ekan. Bir to‘yda ular chapdastlik va chaqqonligini, ustomonligini to‘la ishga solib bu nomdor polvonning oyog‘ini osmondan keltirishibdi. Yiqilgan kurashga to‘ymas qabilida u polvon to‘y davrasiga, xonadon ahliga qarab, «Tan olaman yiqilganimni, lekin iltimos, ruxsat beringlar, yana bir bor shu bilan kurashga tushay,» — deb zorlanibdi. Hamma kulib: «Biz rozi, biz rozimiz!» -deb hayqirishibdi. SHu paytgacha yiqilmagan, mag‘lubiyat nimaligini bilmagan Sotim polvonning g‘azabi qaynab, jazavasi tutib maydonni yana gir-gir aylana boshlabdi. YOqa ushlashib boshlangan kurash uzoq davom etmabdi. Sotim polvon yana gurs etib yiqilibdi, indamasdan boshini xam etgancha. ust-boshini changini artib sekin davradan chiqib ketgan ekan.
Ular haqida o‘ylasam, Sa’diy SHeroziyning ushbu bitigi yodimga kelaveradi:
YOd dori vaqti zodani tu hama xandon budand to‘ giryon,
Onchunon ziki, vaqti murdani to‘ hama giryon shavand tu xandon.
Mazmuni:YOdingdami sen tug‘ilgan on,
Hamma xandon edi, sen esa giryon.
SHundoq yashaginki, sen o‘tgandan so‘ng,
Hamma giryon qilsin, sen borgin xandon.
Ular o‘z fazilatlari, ibratomuz, mazmunli umrlari bilan barcha yaqinlari qalbiga g‘urur, ko‘ziga nur, turmushiga surur baxsh etgan zoti shariflar edilar. Ruhlari shod, oxiratlari obod bo‘lsin!