9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Hakim va hakam

notiq.uz > Arxiv  > Hakim va hakam

Hakim va hakam

Surxondaryoga ko‘p borgan bo‘lsamda, Termiz shahriga o‘tmagan ekanman. Il 114 samolyotdan tushiboq atrof go‘zalligiga boqib issiq havo haroratining balandligini ham unutarkansiz, kishi. Bunyodkorlik ishlarini, muhtasham imorat va inshootlarni ko‘rib ko‘zim quvondi, dilim yayradi. Insonlarning samimiyligi, qaynoq qalbligi, mehnatkashligi qalbimda ayricha mehr uyg‘otdi.

Dastavval, do‘stim SHerali bilan  Hakim Termiziy ziyoratiga yo‘l oldik. Prezidentimiz tashabbusi bilan obod qilingan ziyoratgoh chinakam ma’noda turfa rang gullar bilan bezangan saylgohga aylantirilgan ekan. Fariduddin Attorning “Tazkirat ul avliyo” kitobidan o‘rin olgan ushbu valiy ko‘p ibratli ishlari bilan xalq mehrini qozongan ekan. Hakim Termiziyning ruhini shod etish uchun  ziyoratgohga kirib qur’on tilovati qilib dilimiz taskin topdi. So‘ngra maqbara yonidagi chillaxonaga kirib valiy tahsil ko‘rgan mo‘‘jaz xonani ziyorat qildik. CHillaxona 10 metrcha quyiroqda joylashgan ekan. Avliyo haqidagi ma’lumotlar bilan tanisharkanman, ular haqiqatan ham hakimlik va hakamlikni egallaganini, odamning olamga munosabatining ma’rifiy taroziboni, oqil va odil bo‘lganlarini tuydim.

Do‘stim Ro‘zimurod CHoriev jiyanining nikoh kechasida ishtirok etib ana shu tuyg‘ularimni izhor qilarkanman, yurtiga mehri baland bo‘lgan insonda yaratuvchanlik tuyg‘usi junbush urishini ta’kidlab o‘tdim. Pedagoglar bilan suhbatlashdim, ayniqsa bizga ko‘pdan beri muxlis bo‘lib uchrashuvni orzu qilib yurgan Qurbon baxshi bilan suhbatimiz so‘zu soz borasida, o‘lmas xalq dostonlari borasida bo‘ldi. Farz va sunnat to‘yi nihoyatda zavqli va fayzli bo‘ldi. “Oriyat” mahallasida joylashgan ushbu to‘yxona mingga yaqin mehmonlarni o‘z bag‘riga oldi. Mahalla raisi to‘y hashamlarni tartibli va mazmunli o‘tishi uchun sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlagani shundoqqina sezilib turardi. To‘ylar to‘ylarga ulansin, yoshlar baxtli bo‘lsin degan niyatlar bilan qaytdik.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.