9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Til himoyachisi – el himoyachisi

notiq.uz > Arxiv  > Til himoyachisi – el himoyachisi

Til himoyachisi – el himoyachisi

Til – millat ko‘zgusi, millatning ruhi. Bu haqiqatni hech kim inkor etmaydi.  Kurrai zaminimizdagi xalqlar turli tillarda gaplashishadi. O‘z tilini muqaddas bilgan el-yurtini ham muqaddas tutadi. SHu ma’noda, ona tilini, elini e’zozlagan xalqning istiqboli porloq, tolei yuksak bo‘ladi.  O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi  Qonunining qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasiga bevosita bo‘ysunuvchi xorijiy davlatlar va diplomatik vakolatxonalarni qo‘riqlashni ta’minlash bo‘yicha alohida militsiya batalonida “Til – millat ko‘zgusi” mavzuida ma’rifat-ma’naviyat soati bo‘lib o‘tdi. Tadbirning nihoyatda samimiy va qiziqarli tarzda, savol-javoblar yo‘sinida tashkil etilganligi ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. Ular ona tilimiz rutbasi, dunyo xalqlari tillari orasida tutgan o‘rni borasida  TVXTXQTMOI dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, “Antik dunyo” Xalqaro ilmiy akademiyasining akademigi R. M. Jumaniyozov keng va atroflicha ma’lumot berdi. Ushbu militsiya batalonida kasbiga sadoqatli va fidoyi xodimlarning ona tiliga va chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan zavq-shavqi kuchli ekanligini sezish qiyin emas edi. Ular “Vatan ostonadan boshlanadi” degan naqlni chuqur anglash asnosida o‘z ona tilini qadrlagan o‘zga tillarga ham mehr bilan qarashini idrok etishdi. Ma’ruzachi til sofligi, boyligi, nafosati uchun kurash ma’naviyat uchun kurash ekanligini qayd etib o‘tdi.

Dunyoda hammasi bo‘lib taxminan 5621 ta til va sheva bor bo‘lib, hozirgacha ulardan 500 tasigina o‘rganilgan xolos. Har uch tildan bittasining yozuvi bo‘lmay, faqat og‘zaki nutq shakliga egadir. SHu o‘rinda  iqtidorli olim Musajon Bobojonovning shu xususdagi fikr va faktlarini keltirishni maqsadga muvofiq bilamiz. Jahondagi 1400 ta tilning yo‘qolib ketish xavfi bor. Dunyo tillaridan faqat 40 tasigina og‘zaki va yozma jihatdan mukammal shakllanib bo‘lgan deb hisoblanadi. O‘sha 40 tilning orasida o‘zbek tili ham bor. SHuningdek, Himolayda 160 xil til bor. Afrikaning Niger daryosi havzasida 280ta til mavjud bo‘lsa, YAngi Gvineyadagi Papua davlati bu borada mutloq chempion.  U erda jami 3 million aholi 1010 xildagi til va shevada so‘zlashadi. Xitoyda ingliz tilida so‘zlashuvchilar soni Amerika Qo‘shma SHtatlaridagidan  ko‘proq. Endi e’tiboringizga yuqoridagi ma’lumotlar bilan qiyoslash uchun quyidagi raqamlarni taqdim etamiz. Jahonning 2007 yil yanvar oyi statistika xabarlariga ko‘ra, dunyoda hududi bo‘yicha eng katta sanalgan o‘nta eng katta davlat quyidagilar hisoblanadi:

  1. Rossiya  — 17.098.242 km.kv.
  2. Kanada  — 9.970.610 km.kv.
  3. AQSH  —  9.629.091 km.kv.
  4. Xitoy  — 9.598.086 km.kv.
  5. Braziliya  — 8.514.877 km.kv.
  6. Avstraliya  — 7.741.220 km.kv.
  7. Hindiston  — 3.166.414 km.kv.
  8. Argentina  —  2.780.400 km.kv.
  9. Qozog‘iston  — 2.724.900 km.kv.
  10. Sudan  —  2.505.813 km.kv.

Aholisi jihatdan eng ko‘p o‘nta buyuk mamlakatlar esa quyidagilardir:

  1. Xitoy – 1.314.200.000  —  butun er aholisining 20 %i.
  2. Hindiston  1.120.000.000  —  17.1 %.
  3. AQSH  —  300.340.000  —  4.58 %.
  4. Indoneziya  —  233.460.000  —  3.56 %.
  5. Braziliya  —  187.670.000  —  2.86 %.
  6. Pokiston  —  158.800.000  — 2.42 %.
  7. Bangladesh  —  148.840.000  —  2.27 %.
  8. Rossiya  —  141.760.000  —  2.16 %.
  9. Nigeriya  —  133.160.000  —  2.03 %.
  10. YAponiya  —  127.417.000  —  1.94 %.

Ilmiy taxminlarga qaraganda, 2057 yilga borganda Xitoy Xalq Respublikasining aholisi dunyo ahlining yarmini tashkil qilar emish.

Eng boy tillar: Dunyodagi so‘z jihatdan eng badavlat tillar bular arab va ingliz tillari bo‘lib, inglizlarning hisobida 2500000 (ikki yarim million)dan oshiq so‘z bo‘lsa (qarang: Paxotin A.I. «112 otvetov na vashi voprosы ob angliyskom yazыke». Moskva. 2005.), arab tilida esa 3500000 (uch yarim million)dan ortiq lug‘at boyligi bor (Bu ma’lumotni menga ustozim marhum Muzaffar Xo‘jaev bergan). O‘zbek tilida taxminan 1400000-1600000 atrofida so‘z bor ekan (bu raqam yuqoridagi ma’lumotlar va shaxsiy tajribamga suyangan holda berilmoqda). Biz yuqorida keltirgan hozirgi ma’lumotlar, albatta, ko‘proq ijtimoiy sohalar bo‘yicha nisbatan olingan xolos.

A.I.Paxotinning so‘zlariga qaraganda, kimyo faniga oid atamalarning o‘zi 2000000 (ikki million)dan ziyodroq ekan. Endi o‘ylab ko‘ring, biologiya yoki matematikada yoxud fizikada qancha ilmiy atamalar bor ekan-a!?

Tilshunoslik fanidan ma’lumki, qaysi tilda «sinonim» —«ma’nodosh» so‘zlar ko‘p bo‘lsa, o‘sha til eng boy til hisoblanadi. SHuningdek, qaysi tilda «omonim» — «shakldosh» so‘zlar ko‘p uchrasa, demak o‘sha til eng kambag‘al tillar sirasiga mansub deya yuritiladi. Masalan, shimoliy qutbda yashaydigan eskimos qabilasiga mansub millat tilida «qor» so‘zining yigirma xil sinonimi mavjud bo‘lsa, arab tilida «cho‘l» so‘zining yuzdan ortiq varianti bor. Sinonim so‘zlar aslida arab tilida eng ko‘p uchraydi.

Omonim so‘zlarga misol sifatida o‘zbek tilidagi birgina «til» so‘zini tahlil qilish orqali tilshunoslikdagi bu muammoga ancha-muncha aniqliklar kiritish mumkin. CHunonchi, o‘zbekchada «til» so‘zi bir paytning o‘zida ikki xil ma’noni anglatib keladi:

  1. O‘rganiladigan til fani.
  2. Odamning yokiboshqa tirik mavjudotning tili.

Bu vaziyatni boshqa tillar timsolida ham ko‘rib o‘tsak bo‘ladi, zero, rus tilida ham «til» so‘zi xuddi o‘zbekchadagi kabi omonim ekanligi ma’lum bo‘ladi: — 1. Russkiy yazыk – Rus tili. 2. YAzыk cheloveka – Odamning tili. «Til» so‘zi arab va ingliz tillarida esa, aksincha, sinonim hisoblanadi.  Masalan, arabchada «lug‘atun» — «o‘rganiladigan til»ni ifodalab kelsa ,«lisaanun» — «tirik mavjudotning tili»ni anglatadi. Ingliz tilidagi «language» —«o‘rganiladigan til»ni bildirsa, «tongue» — tana a’zosi bo‘lmish «til» deb tarjima qilinadi.

Eng kambag‘al til:  Gvineya (poytaxti –Bisau shahri, Afrika.)da mahalliy  Taki tilida bor yo‘g‘i 340 ta so‘z bor.

Bir kishilik til: Ayni kunda ingliz, rus, nemis, arab va ispan tillarida so‘zlashayotgan insonlarning hisob-kitobini qilish amri mahol ish. Ammo ba’zi bir tillar borki, ularni o‘sha tilda suhbatlashayotganlar o‘zlari bilan olib ketishi mumkin. Xullas, siz hozir eng kam insonlar muloqotda bo‘ladigan tillar haqidagi bilimga ega bo‘lasiz degan umiddamiz.

YAngi Gvineyada atigi 4 million aholi istiqomat qilsa-da, ular 800 tilda suhbatlashishadi. SHuningdek, ana shu tillarning birortasidayam 100 ming kishi bir-birlari bilan muloqotda bo‘lolmaydilar.

Dunyodagi eng kam odam gaplashadigan til bu – bikya tilidir. Bu til faqatgina Afrika qit’asining Kamerun va Nigeriya davlatlari o‘rtasidagi qishloqda yashaydigan 87 yoshli kampirshoga tegishli. Susami tilida esa Miroviya provinsiyasida istiqomat qiladigan ikki oila a’zolari bir-biri bilan hol-ahvol so‘rashadi, xolos. Latviyada esa yana shunday til borki, uni 200 kishi tushunadi. Bu – livon tilidir. Oun g‘arbiy septik tilida hozircha 384 kishi muloqotda bo‘lsa, alfendio sharqiy septik zaboni esa 633 insonga tegishli ekan. Lilau va seymit tillarida zamonamiz kishilaridan 450 kishi suhbatlashar ekan. Kandas tilida YAngi Irlandiyada qo‘nim topgan 480 kishi o‘zaro «g‘idi-bidi» qilishadi. Eng kam uchraydigan hind tillaridan biri maratidir. Bu til Maxarashta shtatiga tegishli. Orissa shtatida esa oriya tili rusum bo‘lgan. Telugu tilida Andxra Pradesh shtatidagilar va tamil tilida Tamil Nadudagi aholi o‘zaro muloqot qiladi. Garchi Tailanda asosiy til tay lahjasi bo‘lsa-da, aholining ko‘p qismi shevada suhbatlashadi. Tilshunoslar ularning ichida lao, kammuang va paktay tillarini mustaqil,  deb hisoblaydilar.

Marhum tillar: Jahonda keng iste’moldan chiqib ketgan hamda butunlay yo‘qolib ketgan tillar benihoya ko‘p. Ularni tilshunoslar ikkiga bo‘lib o‘rganadilar ya’ni, yozma nutqqa ega bo‘lgan «o‘lik» tillar hamda faqat og‘zaki shakli bor «o‘lik» tillar. Og‘zaki nutqqagina ega bo‘lib, hozirda butunlay yo‘qolib ketgan tillarning son-sanog‘i deyarli yo‘q. Ham yozma, ham og‘zaki nutq shakliga ega, biroq hozir amalda mavjud bo‘lmagan qadimiy tillar ham talaygina. Tilshunoslik fanida bu kabi tillarni «o‘lik tillar» deb ataydilar. O‘lik tillarning eng buyuglaridan ikkitasi fan olamida juda mashhur hisoblanadi. Ulardan biri Hindistondagi qadimiy sanskrit tili bo‘lsa, ikkinchisi zamonaviy tibbiyot xodimlari keng iste’foda etadigan lotin tili hisoblanadi. O‘lik tillar ro‘yxatiga qadimiy xitoy va ingliz tillarini kiritsa ham hech xato bo‘lmaydi. CHunki zamonamiz kishilari ana shu ikki tilda bitilgan tarixiy asarlarda muhrlanib qolgan mumtoz so‘zlarni tushunishlari amri maxoldir. Ko‘hna xitoy tilidagi manbalarni tushunmaslik o‘z-o‘zidan ma’lumki, ular eramizdan avvalgi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Biroq XVI-asrning oxirlari XVII-asrning o‘rtalaridagina yashab o‘tgan buyuk ingliz yozuvchisi Uilyam SHekspirning tilini bugungi kun inglizlari asl manbadan o‘qib mutlaqo tushunmasliklari ilmiy isbotlangan voqeadir.

Eng ko‘p tarqalgan til: Siz darhol: — Bu xitoy tili, deb o‘ylashingiz tabiiy hol. To‘g‘ri er kurrasidagi eng ko‘p aholi yashaydigan Xitoy Xalq Respublikasidek davlatda 1 yarim milliarddan ortiq odam xitoy tilida gaplashgan bilan, lekin u butun jahon bo‘ylab keng yoyilmagan-da! Afsuski, bu baxtli til ispancha ekanligidan ko‘pchilik, hatto, aksariyat tilshunoslarning o‘zlari ham bexabardirlar. Ispan tilini bu qadar ommalashib ketishiga avvalo mashhur sayyohlar, dengiz qaroqchilari hamda ispaniyalik mustamlakachilar sabab bo‘lib qolganlar. SHunisi qiziqarliki, Amerika Qo‘shma SHtatlarining 50 ta shtatidan 23 tasida davlat tili ispan tili hisoblansa, bor-yo‘g‘i 21 tasidagina ingliz tili amaldagi til va qolgan shtatlarda esa fransuz tili hukmronlik mavqeini saqlab turmoqda.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.