9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Targ‘ibot rag‘bati

notiq.uz > Arxiv  > Targ‘ibot rag‘bati

Targ‘ibot rag‘bati

RMTM tomonidan maxsus ijodiy xizmat safari bilan kino va teatr san’atining taniqli aktyorlari Abduxalil Mingnorov, Umid SHodmonov, Ma’rifat Ortiqovalardan tarkib topgan ma’naviyat targ‘ibotchilari guruhi “Aerobus-350” samolyoti orqali Urganch shahriga kelib tushishdi. Xorazm viloyati ma’naviyat targ‘ibot guruhi rahbari Qudratbek SHaripov bir guruh mezbonlar bilan bizni iliq kutib olishdi.

YAngiariq tuman hokimi Kamolbek Sobirov o‘z xodimlari bilan targ‘ibotchilarni bayram bilan tabrikladi va guruhlarga bo‘linib joylarda uchrashuvlarni boshlashimizga imkon yaratdilar.

YAngiariqdagi CHiqirchi maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejidan faoliyatimizni boshladik. Birinchi guruhga hamrohlik qilgan Doniyor Atajanov hamda Xorazm viloyati ma’naviyat targ‘ibotchilaridan shoir Ismoil Ollaberganov, UrDU tarix fakulteti o‘qituvchisi Umid Abdalov, yosh, umidli san’atkor SHodiyor Abdurasulov bilan hamkorlikda o‘z faoliyatimizni boshladik.

Qiziqarli tarzda, ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbirda shoir Ismoil aka Ollaberganov quyidagi o‘zining hazil she’rini o‘qiganda, qarsak ustiga qarsak bo‘lib ketdi. O‘sha kungi janjal tafsilotini, Ko‘ngil ko‘zgusidan o‘chirolmayman, Ketib qolganingni kechirdim, xotin, Qaytib kelganingni kechirolmayman. Savol-javoblar bilan o‘tgan tadbir ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. 23 yil O‘zbekiston tarixida asrlarga tatigulik vaqt va voqealarga, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalardagi yutuqlarga boy davr bo‘lgani sir emasligi ishtirokchilar tomonidan e’tirof etildi. Buning boisi xalqimizning ertangi kunga ishonchi va dilidagi shukronalik, qanolat hissining ustuvorligi ekani ko‘p bor ta’kidlandi. Kayfiyatning ko‘tarinkiligi, ruhiyatning tetikligi ish unumi va umr mazmuniga garov ekanligini hammamiz yaxshi tushunamiz.

Tushdan keyin Kattabog‘ qishlog‘idagi 32 sonli o‘rta maktabi hovlisida o‘tkazilgan tadbir ham ishtirokchilarning zavqu shavqiga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, SHodiyor Abdurasulovning jozibador qo‘shiqlari davraga fayz kiritdi. Tuman imom xatibi Olimjon hoji o‘z so‘zida yurtimiz tinchligi xalqimizning osoyishtaligi barcha yutuqlarimizning asosi ekanligini  uqtirdi. Bugungi  kunga shukronalik hissi kelajagi buyuk yurtimizning ertasiga ishonch demakdir. Iqbol va istiqbol mohiyati istiqlol yo‘li bilandir. Ayniqsa, maktab direktori Anorgul opa o‘zining harakatchanligi, tashkilotchiligi bilan bizning e’tiborimizni qozondi.

Kechqurun tuman hokimi ishtirokida tuman ahli uchun amfiteatrda o‘tkazilgan viloyat miqyosida o‘z san’ati bilan ajralib turgan SHohruh, Matsafo, Artur kabi umidli san’atkorlarning bayramga baxshida konsert dasturi barchani raqsga chorladi. Jo‘shqinlik, xushnudlik va mamnunlik davra ahlining yuzu ko‘zlarida, qalbu qiyofatlarida, to‘yu ziyofatlarida aks etib turganligini e’tirof etmaslik va bundan xursand bo‘lmiaslik, aslo mumkin emas.

2- KUN

Bog‘ot asli bog‘iobod. Eting ushbu kunni yod. Elu xalqi doimo shod, Hosil bo‘lsin doim murod, degan niyat bilan Bog‘ot tomonga yo‘l oldik.

Bog‘ot tumanidagi Xo‘jalik qishlog‘idagi 4 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi, o‘qituvchi va ota onalar ishtirokida ma’naviyat targ‘ibotchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Urdu o‘qituvchisi Hakimjon Saidov, iste’dodli shoir Otabek Ismoilov va menga berilgan qiziqarli savollar uchrashuvga fayz kiritdi. Farhod Jabborov mehnat faxriysi chiqib o‘zlarining targ‘ibotchilarga bo‘lgan hurmat va minnatdorchiligini izhor etdilar.

3 — KUN

SHovot tumaniga yaqinlashayotganimizda yo‘l chetidagi zamonaviy qurilishlar, binolarni ko‘rib ko‘zimiz quvnab, dilimiz yayrab ketdi. Tuman hokimining muovini SHuhratbek Norboev bizni bir guruh san’atkorlar bilan kutib oldilar. Guruhlarga bo‘lingan holda faoliyatimizni boshladik. Bizga yo‘lboshlovchi sifatida Hilolaxon hamkorlik qildilar. Men 23 yillikning samaralari, iqtisodiy va ma’naviy asoslari haqida so‘zladim keyin esa  UrDU o‘qituvchisi Umid Abdolov qiziq bir fakt keltirdi. Iordaniyadan tashrif buyurgan yirik rahbarlardan biri “menga oldin Imom Buxoriyning qabrlarini ko‘rsating bir ziyorat qilay”, desa hamma hangu mang bo‘lib qoladi. “Kim u?” deb bir biriga qarashadi. Keyin bilishsa, o‘sha ziyoratgoh Samarqanddagi Xartang qishlog‘ida mineral o‘g‘itlar saqlanadigan omborga aylantirib qo‘yilgan joy ekan. Darrov ta’mir qilinib Moskvadan mehmonni poezdda olib kelishga qaror qilishgan. Toki, Iordaniya bosh vaziri kelgunga qadar u erni ta’mirlash kerak bo‘ladi. Afsuski, ulgurishmaydi. Keyin mehmonni tunda olib kelib ziyorat qildirishadi. U 100 metr qolganda emaklab borib duo qilib tong otguncha qur’on tilovatini qiladi. Ko‘zlaridan shashqator yoshlar to‘kildi.

Tuman ahli amfiteatrda “G‘oyamiz-himoyamiz” nomli intellektual musobaqaviy dastur namoyish etildi. Savol javoblardan so‘ng ular uchun “Iqtidor” videostudiyasi tomonidan suratga olingan “Qora ilon” filmi namoyish etildi.

4-KUN

Qo‘shko‘pir tumanidagi kollej va maktablarning ayrimlarida jam bo‘lgan tuman ahli bilan uchrashuvlar ham maroqli o‘tdi. G‘ozovot maishiy xizmat kasb hunar kollejida UrDU o‘qituvchisi Mamlakat Jumaniyozova, Umarbek Xo‘jamurotovlar ishtirok etib qatnashchilarning savollariga javob berishdi. Amfiteatrda o‘tkazilgan konsert dasturi ham hammada ayricha taassurot qoldirdi. SHu kuni elektr tarmoqlari bo‘yicha mutaxassis Og‘abekning farzandi Ko‘palbekning sunnat to‘yi munosabati bilan to‘y marosimida ishtirok etib tabrik so‘z aytib to‘y dasturxonining mehmoni bo‘ldik. So‘ngra safarimiz zafarimizga bois bo‘lganligidan mamnun bo‘lib Toshkentga qaytib keldik.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.