9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Multimedia xizmati

notiq.uz > Arxiv  > Multimedia xizmati

Multimedia xizmati

Bugungi kunda, turli axborotlar quyundek yopirilib kelayotgan ayni damda o‘quvchi yoshlarning ongu shuuriga asl ma’lumot va sog‘lom fikrni etkazish uchun ta’lim-tarbiyaga mutasaddi muassasalarning hali amalga oshiradigan ishlari ko‘p. Ta’limu tarbiyaning, targ‘ibotu tashviqotning ta’sirchanligiga taalluqli talablar, tegishli tavsiyanomalar taraqqiyotimiz tarziyu tarhi, tinchligimizning tayanchi ekanligini bilish zarur. SHunday ekan, aksariyat o‘qituvchilarning bilimi kuchli, lekin uni etkazishda san’atkorlik mahoratiga unchalik ega emas. Ayrimlari esa fanni o‘qitishda AKTdan foydalanish malakasini to‘la egallamagan. O‘quvchilar internet orqali etarli ma’lumotlarni olib biladi, o‘qituvchi esa yo‘q. Dars mashg‘ulotlarini ta’sirchan etkazish uchun o‘z fanining bilimdoni bo‘lgan, aktyorlik mahoratiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni saralab, ularning o‘z fanlari yuzasidan, turli mavzular bo‘yicha o‘tgan darslarini yozib, ommalashtirish, o‘quv muassasalariga tarqatish zarur. Toki, o‘quvchilar fanlarni tez, oson va chuqur o‘zlashtirishsin, kengqamrovli bilimga ega bo‘lishsin.

“Bu masalani hal etishda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi yaxshi, ibratli tashabbus bilan chiqayotgani e’tiborga molik, – deydi markazning bo‘lim boshliqlaridan biri Sarvar Mo‘minov. – YAqindan boshlab 5-9 – sinflar uchun adabiyot fani bo‘yicha darslikka muvofiq o‘quv mashg‘ulotlarining audio va video variantlarini yozib olishga kirishdik. Bu esa shu fan bo‘yicha dars beruvchi o‘qituvchilarga qo‘shimcha, yordamchi, tayanch ma’lumot, aniqrog‘i, dasturulamal bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz”.

To‘g‘ri, mumtoz adabiy merosni, xususan she’riy janrlar, qofiya va ma’naviy-lafziy san’atlarni, aruz vazni qoidalarini chuqur bilmaslik ayrim o‘qituvchilarimizga xosligidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. SHuningdek, ta’sirchan shaklda, aruz vazni talablariga mos holda, so‘z va iboralarning ma’nolarini tushunish asnosida diksiya, intonatsiya qoidalariga rioya etib ifodali o‘qish, didaktik va rolli o‘yinlarning mohiyatini etkazish, tilning adabiy me’yorlari va erfoepik xususiyatlariga amal qilish kabi masalalarda o‘qituvchilar ham oqsashlari tayin. SHuning uchun ham, badiiy asarlarni rolga bo‘lib o‘qishlarida aktyorlik mahorati zarur. Xuddi shular e’tiborga olingan holda, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutining rejissyorlik, drama va kino aktyorligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarni jalb etish rejalashtirildi. Bu tashabbus esa yaqin kunlarda o‘zining samarasini berishi tayin. Ta’lim samarasi va sifati Multimedia xizmati bilan ekan, bu tashabbusga befarq qarash, aslo mumkin emas. CHunki, Prezidentimiz iborasi bilan aytganda, “Xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim — tarbiya olishiga bog‘liq. Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib ularni vatanga fidoyi qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir… Sog‘lom avlod deganda, biz faqatgina jismonan baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni ko‘zda tutganmiz. CHunki har tomonlama boy avlodga ega bo‘lgan xalqni hech qachon  engib bo‘lmaydi.”

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.