9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Davr da’vati

notiq.uz > Arxiv  > Davr da’vati

Davr da’vati

Har bir davr, har bir davlatning ham o‘ziga yarasha muammolari va talablari bo‘lishi muqarrar.  Xalqaro munosabatlar, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, iqtisodiy va madaniy aloqalar uchun jahoniy tillarni o‘rganish va o‘rgatish muhim masalalardandir. Busiz taraqqiyotni tasavvur etish mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1875 – sonli qarori xuddi shu mazmundagi bo‘shliqni to‘ldirishga asos bo‘lgani sir emas. Ana shu qarorning ijrosi yuzasidan Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi maktablarda ham jadal sur’atlarda ish olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 25 martdagi “Umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari malakasini va kasb mahoratini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 67-sonli qarori hamda Xalq ta’limi vazirligining 2015 yil 3 avgustdagi “Umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslari 2-bosqichini tashkil etish to‘g‘risida”gi 222-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2015 yil sentyabr oyidan boshlab tuman (shahar)lardagi tayanch maktablarda maxsus tayyorlangan trenerlar yordamida umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari kasb mahoratini oshirish bo‘yicha 2-bosqich har haftalik kurs mashg‘ulotlarini qay tarzda o‘tkazilayotganligini bilish va kuzatish maqsadida Toshkent viloyati tumanlari bo‘ylab TVXTXQTMOI ning professor-o‘qituvchilari jalb etilgan. Xuddi shu maqsad bilan biz bir paytlari kimyogarlar shahri deya e’tirof etilgan CHirchiq shahriga etib keldik. Soat 9.00.da ijtimoiy fanlar metodisti Beruniy Xalillaev bilan CHirchiq shahar XTMFMT va TEB tasarrufidagi 5 — sonli tayanch maktabga kirib bordik. U erda “Ingliz tili o‘qituvchilarining  kasbiy mahoratini oshirish” haftalik kursida trenerlik qilayotgan 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Botirova Mashhura Rasulovna dars mashg‘ulotlari olib borardilar. Trenerning tilni tez va oson egallash, o‘quvchi ongiga ma’lumotni singdirish yo‘llari va xotirada saqlash hamda o‘z fikrini etkazish usullari borasidagi tajribalari tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi. Guruhda jami  16 nafar tinglovchi bo‘lib, ular 4, 5, 6, 12, 17, 18, 26 — umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan o‘z mahoratlarini oshirish uchun kelgan o‘qituvchilardan tarkib topgan.

Xuddi shu  maktabda tashkil etilgan 2 — guruhda esa 14 — maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Ishanova Gavhar Jambulovna  jami 18 ta tinglovchiga dars berardi. Mashg‘ulotda audiovizual imkoniyatlardan foydalanish dars sifati va samarasiga xizmat qilishi tayin. O‘qituvchi o‘quvchini qiziqtira olishi uchun o‘zi ham qiziquvchan bo‘lishi kerak. O‘qituvchining o‘zi dars berishdan zavq olmas ekan, o‘quvchida ham fanga qiziqish susayishi aniq. Ayniqsa, til o‘rgatish jarayonida bu faoliyat nihoyatda muhimdir.

Keyin esa 15 — sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga o‘tdik.  U erda bitta guruh tashkillashtirilgan bo‘lib trener o‘qituvchi 5 — sonli maktabda dars beruvchi Elmurodov Ulug‘bek YArashovich edi. Bir zum dars jarayonini kuzatib turdik. Bu erda esa 3, 15, 20, 22, 24 – maktablarning ingliz tili fani o‘qituvchilari biriktirilgan bo‘lib, 16 ta tinglovchi mavjud edi.

Til o‘rganish ham, o‘rgatish ham insonning temperament tiplari bilan bog‘liqligini his etdik. Ichida olovi bor insonlar bir ishni amalga oshiradigan bo‘lsa, xalqimizda bu odam o‘tdek deb turishadi. Ana shu ichki potensial imkoniyat va shijoat o‘qituvchini “yondirishi” kerak. O‘quvchilarning diqqat-e’tiborini tortishning boshqa imkoniyati yo‘q. O‘quvchi diqqati boshqa narsaga chalg‘isa u til o‘rganolmaydi, fanni ham o‘zlashtira olmaydi. Buning uchun o‘qituvchi turli audio va video texnika vositalardan, har xil ko‘rgazmali qurollardan foydalana olishi zarur.

So‘ngra trener o‘qituvchi sifatida Djalilova Nilufar CHarievna mashg‘ulotlar olib borayotgan 10 — sonli o‘rta maktabga etib keldik. Ushbu ta’lim maskaniga 7, 9, 10 — sonli maktab o‘qituvchilari jamlangan bo‘lib ularning soni 17 ta edi. Ikkitasi uzrli sabab bilan ishtirok eta olmayotgandi. Nilufar dars jarayonini qiziqarli tarzda olib borishi, har bir tinglovchining diqqat-e’tiborini sinchkovlik bilan kuzatib borishi bilan ajralib turardi.

SHu maktabdagi ikkinchi guruhga trener o‘qituvchi Saidova Nodira Farhodovna bo‘lib, u asosan 25 – maktabda ingliz tilidan dars berarkanlar. Ularga 8, 13, 21 – maktablarning ingliz tili fani o‘qituvchilari biriktirilgandi. Bir karra ta’lim berish, aslida ikki karra ta’lim olishdir. Fransuz ma’rifatparvari Fusherning bu fikri bejiz emas. Haqiqiy o‘qituvchi o‘rgatib turib o‘rganadi. U shablon ifodalardan, dogmatik, ya’ni qotib qolgan metodlardan qochishi kerak. Har gal o‘qituvchi yangi bir usul va vositalardan foydalansa, o‘quvchi beixtiyor ustoziga ergashaveradi. Biz tilni o‘rgatishda o‘z tilimizga bo‘lgan mehrni ularda saqlashimiz zarur. Biz ingliz tilini o‘rganayotgan xorijlik emas, balki ingliz tilini o‘rganayotgan o‘zbek bo‘lib qolishimiz kerak. Til talaffuzidan tortib, tilda so‘zlashuvgacha bo‘lgan jarayonda o‘zimizning mentalitetimizga sodiq qolishimiz kerak. Ko‘r-ko‘rona taqlid va ergashishda esa o‘zimiz istamagan va sezmagan holda, “ommaviy madaniyat”ga yo‘l ochish xavfi borligini unutmaslik kerak. Tushdan so‘ng barcha trener o‘qituvchi va tinglovchi pedagoglar ishtirokida 8 — maktabda umumiy majlis o‘tkazildi. Unda men o‘qituvchi kasbiy kompetentligining muhim mezoni nutq mahorati ustida ko‘proq ishlash zarurligi borasida so‘z ochib, o‘zimning hayotiy va pedagoglik faoliyatimdagi ayrim misollarni keltirib o‘tdim. Jonli ravishda o‘tgan savol-javoblardan so‘ng o‘qituvchilar o‘z  minnatdorchiliklarini izhor qilib kaminani shod etishdi. Jamiyatning kelajagiga mezon bo‘lguvchi o‘quvchilarning tarbiyasiga mas’ullik ularning umr yo‘liga asos bo‘lganligini qayd etib ular bilan xayrlashdim.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.