9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Go‘zal gurunglar shuuri

notiq.uz > Arxiv  > Go‘zal gurunglar shuuri

Go‘zal gurunglar shuuri

Go‘zal gurunglar shuuri

Maqbul mashvaratlar, bir piyola choy atrofidagi samimiy suhbatlar nimanidir o‘rganish, eshitish zavq-shavqini beradi kishiga. Ayniqsa, ma’naviyat sarchashmasining darg‘alari bor bo‘lgan davrada ko‘p narsalarni bilasiz, o‘rganasiz, bilganlaringizni mustahkamlaysiz. Qadrdon do‘stlarimizdan Safarboy YAngiobod choyxonasiga bir guruh do‘stlarni taklif etdilar. Iste’dodli shoirlarimizdan Erkin Samandarov, ko‘p yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida ishlagan, shoir O‘tkir Jo‘raev, fotograf va san’atkor Erkaboy Jumagaldiev, travmatolog, tibbiyot fanlari nomzodi Ro‘zimboy va boshqa bir qancha do‘stlar jamuljam bo‘lishgandi. Erkin aka “Hazorasp” atamasining asl kelib chiqishi “ming ot” bilan bog‘liq emas, balki qadimgi ajdodlarimiz hazar va os qabila nomlari bilan bog‘liq ekanliklarini aytib o‘tdilar. SHuning uchun ham xalq tilida “hozoris” deyilishi to‘g‘riligini ta’kidladilar.

SHuningdek, “Xorazm” atamasi haqida ham mulohazalar bildirildi. 9-asrda yashab o‘tgan arab sayyohi, geograf YOqut Hamaviy o‘zining “Mu’jam ul-buldon” asarida “xorazm” , “xavarrazm” deyilishining ma’nosi “Quyoshli o‘lka” hamda “Baliq va o‘tin makoni” degan ma’nolarni anglatishini ko‘pchilik bilib oldi.

Bir piyola choy atrofidagi ma’rifiy suhbat chinakam ma’naviyat kechasiga aylanib ketdi. Bugungi tadbirni tashkil etgan do‘stimiz Safarboy Erkin aka Samandarovning 80 yoshlik yubileylari munosabati bilan niyat qilib qo‘ygan zarhal to‘nlarini ustozga taqdim etdilar. Erkin aka va O‘tkir aka o‘zlari yozgan she’rlaridan o‘qib barchani xushnud etishdi. Hofizlarimiz Erkin aka Samandarov va O‘tkir Farmonovich Jo‘raevlarning qalamlariga mansub bo‘lgan she’rlar asosidagi qo‘shiqlarni ijro etdilar. Bu borada SHermat aka Sobirov, yangiariqlik Ergashjon va mang‘itlik Ikromjonlarning xonishlari davraga fayz kiritdi. Nizomiddining doira ohangini maromiga etkazib chalishi Erkin aka tomonidan alohida e’tirof etildi. Xullas, go‘zal gurunglar ruknidagi uchrashuvimiz yurt tinchligi va osoyishtaligiga shukronalik tuyg‘ulari bilan yakuniga etdi. Ma’naviyat – ezgu niyat, buni bilmaslik uyat, gurung zo‘r bo‘ldi g‘oyat!

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.