“Yоt g‘oya – yov g‘oya”
“Yоt g‘oya – yov g‘oya”
Xuddi shu nom bilan O‘zMUning madaniyat saroyida o‘tkazilgan ma’rifiy tadbir yig‘ilganlarning ongli va faol ishtiroki bilan ajralib turdi. Unda O‘zMU qoshidagi 2 – sonli akademik litseyning o‘quvchi yoshlari qatnashishdi. Tadbirda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutining rektori Haydarxon Yo‘ldoshxo‘jaev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzo Azizov va iqtidorli aktrisa. O‘zDSMI “Sahna nutqi” kafedrasining o‘qituvchisi Rayhona Ulasenovalar ishtirok etishdi. Millat tanlamas illatlardan hisoblangan har xil g‘ayri oqimlarning ta’siri va tahdidi insoniyat hayotiga qutqu solayotgani, shulardan biri ISHID ekani borasida H. Yo‘ldoshxo‘jaev o‘z mulohazalarini bildirdi. “Iroq SHom islom davlati” nomi bilan ish tutishning zararli oqibatlari, unga qarshi turish va befarq bo‘lmaslik, ayniqsa yoshlar uchun bunday salbiy ta’sirlarga berilmaslik kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Olim o‘z fikrini maxsus taqdimot tarzida tayyorlangan slaydlar orqali ifodaladi. YUrt tinchligi va farovonligi, bunyodkorlik va el taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini his etgan har bir fuqaro bunday harakatlarga befarq bo‘lmasligini uqtirdi.
So‘ngra taniqli rejissyor Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan “Tubanlik”, “Odnoklasnik.ru”, “Gumrohlar”, “Sotqin” kabi badiiy filmlarda o‘z mahoratini namoyish etgan Mirza Azizov vatan ravnaqiga qarshi har qanday g‘oya yot va yov g‘oya ekanini alohida uqtirdi. YUqorida qayd etilgan filmlarning suratga olinish jarayoni bilan bog‘liq ba’zi fikrlarni aytib berdi.
“Aldangan ayol” badiiy filmidagi roli bilan ayniqsa, keng tomoshabinlar ommasining e’tiboriga tushgan Rayhon Ulasenovaning chiqishi ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. U o‘ziga topshirilgan rolni ijro etishda diniy oqimga bilib bilmasdan aralashib qolgan ayollar bilan uchrashganlarini, suhbatlasha turib ularning chekkan afsus nadomatlarini o‘z qalbidan o‘tkazgani borasida so‘zladi. YOshlarni bunday g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi ayanchli ekanini ta’kidlab, ularni ogohlikka va hushyorlikka chorladi.
Milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasini talaba yoshlar qay darajada egallaganini sinashga qaratilgan “G‘oyamiz himoyamiz” nomli intellektual ma’rifiy loyiha ancha jonli, musobaqaviy tarzda qizg‘in bahslar og‘ushida o‘tdi. Bilimi va ijodiy qobiliyati bilan ajralib turgan yoshlarga sovg‘alar ulashildi. Ulardan bir nechtasi Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi huzuridagi “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” ta’lim muassasasida o‘qish uchun imtiyoznomalarni qo‘lga kiritishdi.