9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Jim o‘tirgan bilimsizmi?

notiq.uz > Arxiv  > Jim o‘tirgan bilimsizmi?

Jim o‘tirgan bilimsizmi?

Jim o‘tirgan bilimsizmi?

Biron narsani bilgan bilan bilimdon, bilmagan bilan bilimsiz bo‘lib qolmaydi kishi. Bilim boshqa ishonch boshqa, sevgi boshqa unga sadoqat boshqa. Insonning bilganidan bilmagani ko‘p. Suqrot huda-behuda “Ko‘p narsalarning bilmasligimning bilimdoniman”, — demagan. SHunday insonlar bo‘ladiki, ular ko‘p narsani biladiyu, aytishga jur’at qilmaydi andisha qiladi yoxud istihola qilib indamaslikni odobning ulug‘i sanaydi. Ko‘pchilik o‘z fikrini bemalol aytishga iymanadi. Go‘yoki, noto‘g‘ri aytsa xijolat chekib qoladigandek. Bu esa insonni fikrsizlikka etaklaydi. Nemis klassigi Lessingning bir fikriga e’tiboringizni qaratmoqchiman: “Mayli adashing, mayli fikringiz noto‘g‘ri, asossiz bo‘lsin, mayli xato qiling, eng muhimi o‘z fikringiz bo‘lsin.”  Fikrni emas, fikrlashni o‘rganish va o‘rgatish muhim muammo. Bilsa ham jim o‘tirish, o‘z bilganini aytib bera olmaslik istihola emas, balki bu illatga aylanishi mumkin. “Bilmaganin so‘rab o‘rgangan olim, orlanib so‘ramagan o‘ziga zolim” — deya Navoiy hazratlari bejiz aytmagan.

Har gal dars jarayonida tinglovchilarga mavzu bo‘yicha ma’lumotlar berish asnosida savol-javoblar yo‘sinida intellektual darajalarini belgilash va ularni nima bilandir rag‘batlantirishni ishimning mohiyatiga daxldor. Bu ishni o‘zimning xobbim deb bilaman. Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Muxlisa ikkilanish, ehtimolliklardan xoli holda o‘z bilimiga ishonchi orqali berilgan savollarning aksariyatiga o‘ylab to‘g‘ri javob topish orqali kasbdoshlari orasida birmuncha yuqori ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Sovg‘a sifatida mumtoz adabiy merosimizning salkam ming yillik davrini o‘z ichiga olgan, o‘zbek adabiyoti namoyandalarining hayoti va ijodiyoti namunalari aks etgan, institut dotsenti Rahimboy Jumaniyozov tomonidan o‘qib yozdirilgan audiodiskni qo‘lga kiritdi.

Fanni o‘qitishda axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalana olish har bir o‘qituvchining kasb-skoriga aylanib ketgani rost. Microsoft Office Power Point dasturi yordamida o‘quv materiallarini, dars taqdimotlarini tayyorlash va filmlar to‘plamidan dars jarayonida foydalanish metodikasini egallamagan o‘qituvchining ish unumi ham bo‘lmaydi, sifati va samarasi ham bo‘lmaydi. TVXTXQTMOI tinglovchi pedagoglari bu masalaga alohida e’tibor bilan qarashayotgani ham bejiz emas. Bu davrning talab va taqozosidir. Bugungi ta’lim jarayoni zamonaviy o‘qituvchidan ana shu vazifalarni bilish va uddalashni talab etayotgani sir emas.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.