9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Rahbar xodimlarning malakasini oshirish

notiq.uz > Yangiliklar  > Rahbar xodimlarning malakasini oshirish

Rahbar xodimlarning malakasini oshirish

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish” tarmoq markazida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazning “Вода образование и сотрудничество в Центральной Азии” (Smart Waters) loyihasi doirasida joriy yilning 10 mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Suv xo‘jaligi rahbar xodimlarining malakasini oshirish kurslari boshlandi.[/vc_column_text]

(Smart Waters) loyihasi doirasida tashkil etilayotgan malaka oshirish kurslari ochilishi marosimida suv xo‘jaligi vazirligi, suv resurslari va suvdan foydalanish boshqarmasi bosh mutaxassisi N.Madiboev TIQXMMI Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Saloxiddinov, “PKQT va UMO” TM derektori G‘.Bekmirzaev xamda Qirg‘iziston Respublikasidan tashrif buyurgan suv xo‘jalik rahbar xodimlari loyiha doirasida tashkil etilayotgan ushbu kurslarning ahamiyatga to‘xtalib loyihani amalga oshirish bilan O‘zbekiston va Qirg‘iziston suv xo‘jaligi sohasi mutaxasislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishi, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyatiga alohida urg‘u berildi. Malaka oshirish kurslari 10-aprelgacha davom etadi. Malaka oshirish jarayoniga institutning tajribali professor-o‘qituvchilari sohaning yetuk mutaxassislari jalb etilgan. Kurs davomida mamlakatimizning suv xo‘jaligi ob’ektlariga ko‘chma mashg‘ulotlar Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari, madaniyat va ma’rifat o‘choqlariga tashrif rejalashtirilgan.

[/vc_column][/vc_row]

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.