Prokuratura xodimlari bilan uchrashuv
Kabinetda o‘tirib ish yuritish davri o‘tdi. Xalq bilan muloqotning mohiyati davlat bilan xalq orasidagi «Ko‘prik»ning mustahkamligini ta’minlash, barcha muammolarga yechim topish orqali amaliy natijadorlikka erishishdir. Bu harakatning uzviy davomi sifatida mutasaddi rahbarlarning yoshlar bilan uchrashuvini tashkil etish va shu asnoda ularning talab hama manfaatlarini qondirishga qaratilgan harakat ayniqsa, olqishga sazovor.[/vc_column_text]
Bugun «Yer resurslarini boshqarish» fakulteti talabalari bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi hamda Toshkent shahar prokuraturasi rahbarlari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Ularning Mirzo Ulug‘bek tumani yoshlari bilan uchrashuvi dasturi puxta ishlab chiqilgan bo‘lib, ana shu tadbirlardan biri bizning institutda Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari Abduvaliev Bahodir Abdulhaevich boshchiligida o‘tkazildi. Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori R. Choriev olib bordi.
B. Abduvaliev uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun sharoit va imkoniyat yaratish, ularni kasbga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish ekanini e’tirof etdi. Shuningdek, yoshlarning bandligi, uy-joy ta’minoti, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, ta’lim olishga va kasb o‘rganishga bo‘lgan talabini doim o‘rganib, yechim topish ham uchrashuvlar zamiriga singdirilgan. Yoshlarimizning xulq-atvori, yurish-turishi, ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanish, yoshlarning murojaatlarini qayd etish va tahlilini yuritish, talabalarning huquqiy savodxonlik va madaniyatini oshirish kelajakdagi maqsadlarning ro‘yobini ta’minlaydi.
Shuning uchun ham Yoshlar ittifoqida prokuror uchun alohida xona ajratilgan bo‘lib, bundan yoshlarga huquqiy ko‘mak berish maqsad qilinadi.
Institutimizdagi «Prokuror va yosh talabalar» uchrashuvi bevosita sport zalida davom etdi. Savol va javoblar Institutdagi milliy kurash bilan shug‘ullanuvchi yoshlar bilan samimiy suhbat tashkil etildi. Mini-futbol bo‘yicha 15-17 fevral kunlari o‘tkazilgan «Prokuror kubogi»ning final bosqichi yuzasidan institutimiz talabalarining «Irrigator» futbol jamoasini taqdirlash tadbiri ham o‘tkazildi.
Bunday uchrashuvlarning tez-tez tashkil etilishi yoshlar tafakkuri va axloqiga ijobiy ta’sir o‘tkazmasdan qolmasligi aniq.
Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov