9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

MUROJAATNOMAGA MUNOSABAT

notiq.uz > Yangiliklar  > MUROJAATNOMAGA MUNOSABAT

MUROJAATNOMAGA MUNOSABAT

Yаngicha qarash, yangi g‘oya va yangi rejalargina davlatning istiqboliga, vatan ravnaqi va xalqimizning farovonligiga daxldor harakatlarni, amaliy natijalarni belgilab berishi aniq. Yаngi O‘zbekiston — yangi saylovlar degan shiorlarimiz zamirida ham ana shu haqiqat bor. Aniq rejalar bo‘lmasa, shunga muvofiq harakat va faoliyat bo‘lmasa, istiqbolli rejalarni amalga oshirish mushkul.
Butun xalqimiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasini intiqlik bilan kutgani aniq. Xuddi startda turgan, marrani ko‘zlagan, yugurishga tayyor turgan sportchiga o‘xshab hammamiz Prezidentimizning nutqiy murojaatini, amaliy natijadorlikka da’vat ruhidagi chaqiriqlarini intizorlik bilan kutdik.[/vc_column_text]

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti jamoasi ham ana shunday yuqori kayfiyat bilan Prezidentimiz murojaatlarini tinglash uchun yaqindagina ta’mirdan chiqqan muhtasham madaniyat saroyiga jam bo‘lishdi. Institut professor-o‘qituvchilari keng sahnaga o‘rnatilgan katta monitor orqali Prezidentimizning Murojaatnomalarini diqqat bilan, mushohada yuritish asnosida tinglashdi.
Murojaatnomada xalqimiz istiqboli hamda mamlakat ravnaqi uchun har bir rahbar, har bir fuqaro qanday ish tutishi va yuritishi bilan bog‘liq vazifalar aniq va keskin ravishda belgilab berildi.
Xalq noiblari va senatorlarga umid va ishonch bilan qaragan xalqimizning istagi va manfaatidan ulug‘ maqsad yo‘q.
Masalaga ongli ravishda yondashish, korrupsiya balosiga qarshi keskin kurashish, ilm-fanni, raqamli iqtisodiyotni to‘la shakllantirib rivojlantirish, barcha sohaviy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, mamlakat taraqqiyoti haqida so‘zlash behuda. Bugungi davrning talabi ham shu.
SHuning uchun ham Prezidentimiz 2020 yilni «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish» yili deb nomlashni taklif qilishlari bejiz emas edi.
Ilm-ma’rifat taraqqiyotning ko‘zi bo‘lsa, raqamlililik aniqlikka yo‘naltirilgan miyasi, iqtisodiyot esa uning yuragi va qo‘l-oyog‘idir.

Murojaatnomada «ilm yo‘q joyda to‘g‘ri yo‘ldan adashish bo‘ladi, ilm bu bizga havodek zarur, eng katta boylik aql-zakovat, eng katta qashshoqlik bu bilimsizlikdir» — degan purma’no o‘gitlar barchamizni jiddiy o‘ylashga majbur etadi. Har bir sohada ilmiy nazar bo‘lmagani bois maktab yaratilmaganini ham davlatimiz rahbari o‘rinli ta’kidlab o‘tdilar. Grantlarni ikki barobar ko‘paytirilishi belgilandi. Barcha jabhalarda raqamlashtirish dasturlarini amalga oshirmagan rahbarning o‘z ishidan ketishi muqarrarligi ham e’tirof etildi.
Institutimiz jamoasi Prezident Murojaatnomasini hayajon bilan tinglab bu shunchaki, chaqiriq emas, balki, hayot uchun yo‘llanma, taraqqiyot uchun qo‘llanma ekanligini chuqur dildan his etishdi.

[/vc_column][/vc_row]

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.