«MANCHESTER SITI» 10 TA GOL URGAN O’YINDA HUSANOV TO’LIQ HARAKAT QILDI

Angliya kubogi 3-bosqichida o‘z maydonida «Ekseter»ni qabul qilgan «Manchester Siti» raqibni 10:1 hisobida tor-mor etdi.
Gvardiola jamoasi kubokdagi yurishini davom ettiradi.
G‘alabaga katta hissa qo‘shgan Abduqodir Husanov maydonda to‘liq harakat qildi.
Angliya Kubogi. 3-bosqich
Manchester Siti – Ekseter 10:1
Gollar: Alleyn 12, Rodri 24, Doyl-Hays 42 (avtogol), Fitzvoter 45+2 (avtogol), Lyuis 49, 90+1, Semenyo 54, Reynders 72, O’Rayli 79, Makeydo 86 — Berch 90
Manchester Siti: Trafford, Lyuis, Abduqodir Husanov, Alleyn, Ake (Mfuni, 46), Rodri (O’Rayli, 46), Reynders, Makeydo, Sherki, Semenyo, Holand (Mukasa, 46).
(Xabar.uz)