9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

SOHIR SUHBATLAR YOXUD DILDAGI GAPLAR

notiq.uz > Suhbatlar  > SOHIR SUHBATLAR YOXUD DILDAGI GAPLAR

SOHIR SUHBATLAR YOXUD DILDAGI GAPLAR

Olam va odam muammosi davrlar osha inson ongu shuurini band etib keladi. Har bir avlod unga javob izlaydi. Lekin mukammal javob topa bilmaydi. Bu o‘n sakkiz ming olamning sir — sinoatli va jumboqlarga to‘la ekaniga dalil. Ajdodlar zikri avlodlar fikri bilan ba’zi hollarda uyg‘un kelsa, ba’zan esa aksincha. Har bir davrning o‘z so‘zi, qarashi bor. Ijtimoiy hayot, voqelik insonni yashashga, ma’lum bir tuzum tizginlariga, axloqiy me’yorlariga bo‘ysunib yashashga o‘rgatadi. Aslida, bu insonning o‘z — o‘zini anglashi bilan bog‘liq. YAshash qarash va kurashlarning birligidan iborat. Demak, har kim o‘z ishini, qarashini to‘g‘ri deb biladi va hayot tarzini ana shu mezonga quradi. Vaqt esa uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yo‘ldan yurganligini keyinroq oliy hakam sifatida tasdiqlaydi, inkor qiladi yoxud jazolaydi, xullas baholaydi. SHoir o‘z she’rlaridan birida shunday yozgan edi.

Dono o‘zini dono deb bilmagani kabi,

Telba ham o‘zini telba deb bilmaydi,

SHuning uchun ham bu yorug‘ dunyoda

Ularning haqiqati o‘lmaydi,

Egrining ham, to‘g‘rining ham o‘z haqiqati bor

Agar etsang inkor, etishar inkor

SHunday bo‘lgach bo‘lishi mumkin

Har ne haqda tushunchang bekor. (SH. Sodiq.)

 

Olam va odamning birligi ushbu uch tushunchaning uyg‘unligida  o‘z ro‘yobini ko‘rsatadi. Bu — fikr, zikr, shukr. Ular muvozanatining buzilishi inson hayotining izdan chiqishiga asosdir. Diniy va dunyoviy ta’limot moyasida ham xuddi shu asosga ishora borligini inkor qilib bo‘lmaydi: jim turganim fikr qilganim, so‘zlaganim zikr qilganim, ma’rifat va ibodatim shukr qilganim. Olam va odam haqida fikri, zikri va shukri bo‘lmagan inson oxir ul-oqibat gumrohdir.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.