Tilimizni «tilshunoslik»dan qutqaraylik

“Ish quroling soz bo’lsa, mashaqqating oz bo’lar”- degan naqlni ko’p bor eshitganmiz. Ish qurolimiz soz bo’lsa-yu, lekin uni ishlatolmasak, amalda to’la va to’g’ri qo’llay olmasak nima bo’ladi. Gap uquvda. Gap ijtimoiy vosita quroli til haqida. Maqsad undan unumli va uquvli foydalana olishda. Harqanday manfaat manbai muloqot talabi bilan ekan, demak tildan unumli foydalana olish masalasi har qachongidan ham dolzarbligicha qolaveradi.