Mardlar qo’riqlaydi vatanni

Targ‘ibotning mohiyati katta. Xizmat safari bilan viloyatlar bo‘ylab uyushtiriladigan ma’naviy va ma’rifiy uchrashuvlar hammamizga zavq bag‘ishlaydi. Notanish insonlar bilan tanishasiz, tanish bo‘lgan insonlar bilan yaqindan muloqotda bo‘lasiz va yanada yaxshi tanishasiz. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining tashkil etilganiga 26 yil to‘lishi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining tashabbusi bilan har yili uyushtiriladigan xizmat safarlarida bo‘lish chinakam ma’noda sharafdir.

Tafakkur strategiya bo’lsa, til taktikadir

Bugungi kunda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, hatto, xalqaro maydondagi munosabatlarning ham kaliti til taktikasi bilan bog‘liq ekani oynadek ravshan. Nega biz chuqur bilimga, teran tafakkurga egamiz-u, lekin fikrimizni sodda, ravon va ta’sirchan ifoda etishdan yiroqmiz?  Bo‘yi barobar kitoblar yozgan ayrim olimlar ham minbarga chiqib, mikrofonni ushlab jamoaga yuzlangani hamonoq, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Buning boisi nima? Bir so‘z bilan aytib bo‘lmaydi buni.

Murojaatnomaga munosabat

Odatda, vatan va xalq oldida katta va mas’uliyatli, zalvorli va buyuk ishlar turganida davlat rahbari murojaatnoma e’lon qiladi. Bu tarixda bor bo‘lgan haqiqat. O‘zbekistonning rivojlangan demokratik davlatlar qatoridan o‘rin egallashiga erishish asosiy maqsadimiz bo‘lganidan keyin boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. 

Libos-nomus, libos-or

Libos — nomus, libos – or, yo’qsa barisi bekor. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida talaba-yoshlarning diniy va dunyoviy bilimlarini yanada oshirish, milliy qadriyatlarga bo’lgan hurmatini yuksaltirish, insonlar o’rtasida muomala madaniyati va ayniqsa, institutning o’rnatilgan tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati borasidagi bilim, ko’nikmalarini oshirish va uni targ’ib qilish maqsadida xuddi shu nom ostida ma’rifiy-tarbiyaviy tadbir bo’lib o’tdi.

O’zLiDeP bilan birga

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati va O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining turli viloyat va tumanlaridagi siyosiy ta’lim rahbarlari notiqlik san’atining sir-asrorlari bobida muayyan bilimga ega bo‘lishdi.

Moziy muhrdorlari

Har dushanba kuni TIQXMMIda «Ibratli-ijodkor insonlar» bilan ijodiy muloqot o‘tkazilishi an’ana tusini olgani quvonarlidir. Bu galgi mehmonlar — tarixchi olimlarimiz professor O‘ktam Mavlonov va dotsent Ne’mat Polvonovlar bo‘lishdi.

Jasorat timsoli

Vatanparvar insonlarning tabiatida o‘zini qiynash, yurt manfaati uchun astoydil ter to‘kish hissi ustun bo‘ladi. Allomalardan birining “Ozodlik daraxti vatanparvarlarning qoni bilan sug‘orilgan bo‘ladi”- degani bejiz emas. Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash vatan fidoyilari va qahramonlarining jasoratini unutmaslikdan boshlanadi. 

Film — bilim — ilm

“San’atlar ichida biz uchun eng muhimi, kinodir” — degan edi bir paytlari rus pedagogi Lunacharskiy. Kinoning ta’sir kuchi, insonning his-tuyg‘ulariga ta’siri beqiyos ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz. Shunday ekan, film namoyishi ham talabalarga qaysidir ma’noda estetik zavq baxsh etibgina qolmay, balki ularning dunyoqarashi va ongini o‘stirishga ham xizmat qiladi.

Individ-inson-shaxs

Ibratli, ijodkor, iste’dodli, ilmparvar, iqtidorli insonlarning ishtirokida Irrigatsiya institutidagi ijodiy iqlimga ilhaq, intiq, intizormiz. Olam va odam falsafasi zamonlarning ham, makonlarning ham, insonlarning ham muammosi bo‘lib kelgan. Mag‘ribzaminu mashriqzamindan etishib chiqqan barcha mutafakkirlar bu haqda bosh qotirishgan.