9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Xotira muqaddas

notiq.uz > Arxiv  > Xotira muqaddas

Xotira muqaddas

Inson aziz, xotira muqaddas. Hech kim, hech narsa, hech qachon unutilmaydi. Bular yaxshi shiorlar. Haqiqatan ham, inson ezgu ishlari, qilgan xayrli amallari bilan doim yodlanadi. Xalq qalbidan joy oladiganlar chinakam vatanparvar, elsevar bo‘lishadi. Tinchlik sharoitida bo‘lsin, urush sharoitida bo‘lsin, o‘z vatani uchun labbay, deb xizmatiga kamarbasta bo‘lish oqibatli insonlar tiynatiga xosdir. Har yili 9 may Xotira va qadrlash kuni bayram sifatida nishonlanib kelinadi. E’zozga, qadrlanish sharafiga loyiq bo‘lgan insonlar ikkinchi jahon urushida jonga jon, qonga qon deya jonbozlik, fidoyilik namunalarini ko‘rsatganlar. Ular xotirasi uchun gulchambarlar qo‘yish an’ana va odatimizdir. Urushda bedarak yo‘qolgan, shahid bo‘lganlarning xotirasini muqaddas tutib, ularni yodlash, noma’lum soldat poyiga gulchambarlar qo‘yish maqsadida biz faoliyat ko‘rsatayotgan TVXTXQTMOI  jamoasi ham Olmaliq shahriga borishdi. Toshkent viloyati bo‘yicha turli tashkilot idora va muassasalardan kelgan xodimlar turnaqator bo‘lib tizilib turishdi va o‘z farzu burchlarini ado etishdi.

Darhaqiqat, eslash eslilarning ishi. E’zozlash, eslash ularning shonu sharafiga, xizmatlariga bildirilgan yuksak ehtiromning ramzidir.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.