9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

IQLIM O’ZGARISHI SHAROITIDA SUV RESURSLARINI BOSHQARISH LOYIHASI AMALGA OSHIRILMOQDA

Toshkentda «Zarafshon daryosi havzasining iqlimga chidamli kompleks suv resurslarini boshqarish» loyihasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Loyiha Shveytsariya hukumati ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Shveysariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.  Tadbirda Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov, Shveysariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Konstantin Obolenskiy, vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, ilmiy jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirning ochilishida A.Abduhakimov davlatimiz rahbari tashabbusi bilan e’lon qilingan «Atrof-muhitni asrash va «yashil» iqtisodiyot yili»da loyihaning ishga tushirilishi ramziy ma’noga ega ekanligini va uning ahamiyatini ta’kidladi. «Iqlim o‘zgarishi va suv resurslariga talab ortib borayotgan sharoitda Zarafshon daryosi havzasida suv...

Continue reading

DXX VA IIV TEZKOR TADBIRLARIDA 42 TA JINOIY GURUH TUGATILDI

DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 27-31 yanvar kunlari mamlakatimiz miqyosida “Antiterror-tozalash” keng ko‘lamli tadbirlari olib borildi.Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash maqsadida jami 946 ta maxsus tadbirlar o‘tkazildi.Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishga moyil, respublikadagi kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 418 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.Jinoyat ishlari doirasida 169 nafar shaxslar qamoqqa olinib, 42 ta jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yildi. 399 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 270 nafari ma’muriy qamoqqa olindi. 109 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 536 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 402 nafari...

Continue reading

SHAVKAT MIRZIYOYEVNING YANGI QARORI QABUL QILINID

“Chorvachilik va parrandachilikni qo‘llab-quvvatlash, sohada yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-34-son, 30.01.2025-y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi: - 2025-yilda go‘sht va sut ishlab chiqarish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari; - 2025-yilda parranda go‘shti va parranda tuxumi yetishtirish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari; - 2025 yilda hududlarda parrandachilik kooperatsiyasi tizimi asosida aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari; - 2025-yilda parranda mahsulotlarini eksport qilishning prognoz ko‘rsatkichlari. 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan Davlat budjetiga to‘langan QQSning 50 foizini har oyning 25 sanasigacha qaytarish tartibi joriy etiladi.  Parrandachilikning go‘sht va tuxum yo‘nalishida kooperatsiya tizimi asosida 1 million aholini ish bilan ta’minlash bo‘yicha “Parranda boqish – daromad topish”...

Continue reading

O’ZBEKISTON VA GERMANIYA O’RTASIDA AGRAR SOHASIGA DOIR MEMORANDUM IMZOLANDI

27-yanvar, dushanba kuni Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hamda Germaniyaning Leybnits qishloq xo‘jaligini rivojlantirish instituti (IAMO) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Memorandum Markaz rahbari doktor Obid Xakimov va IAMO direktori, professor Tomasom Xersfeld tomonidan onlayn tarzda imzolangan. Shartnoma ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, bilim almashish va agrar sohadagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Obid Hakimov o‘z nutqida O‘zbekistondagi amalga oshirilayotgan faol islohotlar sharoitida mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishishni ta’minlashda qishloq xo‘jaligi sohasidagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish va bu borada ilmiy izlanishlarni kengaytirishga zaruriyat ortib borayotganligini ta’kidladi. Respublikada qishloq xo‘jaligini raqobatbardoshligini oshirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Professor Tomas Xersfeld ushbu hamkorlik Yevropa va...

Continue reading

VAZIR BILAN UCHRASHUV

 Har bir davrning va har bir sohaning dolzarbmuammolari bo’ladi. Unga munosabat esa ilm-fan orqali bo’lishi tayin. Bugun universitetimizda Suvxo’jaligi vaziri Xamrayev Shavkat Raximovich bilanuchrashuv fonida tashkil etilgan tadbir ham kattaahamiyat kasb etdi. Uchrashuvni milliy tadqiqot universitetimizrektori, professor Bahodir Mirzayev kirish so’zi bilanochib vazirga so’z berdi. Vazir o’z bilimi vatajribalarini o’rtoqlashish mazmunidauniversitetimizda dars berib kelayotgani ham quvonarli, albatta. Shuningdek, talabalarning ish bilanta’minlash masalasida ularning hissasi katta bo’lishianiq.Vazir 2030 - yilgacha bo’lgan strategik vazifalarniamalga oshuvida suv bilan bog’liq muammolarniyechish ham muhimligini misollar asosida taqdimotorqali tusuntirib berdi. Talabalarning savollariga aniq, lo’nda javob berdi. Xorijda ta’lim olib bir nechta tilnibilishini ro’kach qilib g’o’dayib yurganlar...

Continue reading

TRAMP ISROILGA QO’YILGAN TAQIQNI BEKOR QILDI

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilga havo bombalari yetkazib berishni tiklashni buyurdi.  AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylarga o‘zidan oldingi prezident Jo Bayden tomonidan Isroilga 2000 funtlik bomba yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni buyurdi, deb xabar berdi Oq uydagi manba Reuters agentligiga. Axios, shuningdek, shanba kuni AQShning yangi prezidenti ma’muriyati Isroilga 2000 funt (taxminan 907 kilogramm) bomba yetkazib berish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlashga qaror qilgani haqida xabar berdi. Reuters bu harakatni kutilgan deb atadi. O‘tgan bahorda Bayden Isroil urush paytida bombalarni tinch aholiga, xususan, G‘azo sektoridagi Rafahga qo‘llashi mumkinligidan xavotir olib, bomba yetkazib berishni to‘xtatgan edi. Endi Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib...

Continue reading

SHAVKAT MIRZIYOYEV AMIRSOYDA SADIR JAPAROV BILAN UCHRASHDI

25 yanvar kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi «Amirsoy» kurort majmuasida Qirg‘iziston Prezidenti bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar.Qirg‘iziston Prezidenti tog‘-chang‘i majmuasida yaratilgan sharoitlar va uning jahonning yuksak standartlariga mos zamonaviy infratuzilmasini yuqori baholadi.O‘zbekiston va Qirg‘izistonda mamlakatlarimizning noyob geolandshafti va xilma-xil tabiatini hisobga olgan holda kurort-rekreatsiya markazlarini tashkil etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ilgari surishga kelishib olindi. ...

Continue reading

SOBIQ DEPUTATGA OZODLIKDAN MAHRUM ETISH JAZOSI BELGILANDI

Bo‘stonliq tumani sobiq deputati, bloger Qobul Do‘sovga belgilangan ozodlikdan cheklash jazosi ozodlikdan mahrum qilishga almashtirildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi.  Ma’lum qilinishicha, Do‘sov ozodlikdan cheklash jazosi qoidalarini buzib, internetdan foydalanib kelgan.  Joriy yilning 24 yanvar kuni IIV TQD Kiberxavfsizlik tomonidan K. Dusovga ogohlantirish intizomiy jazosi e’lon qilingan vaqtida xam, undan keyingi kunlarda ham internetdan faol foydalanib kelganligi aniqlangan.  Sud taqdimnomani muhokama qilib hamda ish hujjatlarini tekshirib, taqdimnomani qanoatlantirishni lozim topdi. Jinoyat kodeksining 48-1-moddasi 6-qismiga asosan agar shaxs ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan, shuningdek sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo...

Continue reading

JORIY YILDA KAMIDA 500 NAFAR AMALDORNING KORRUPSIYAGA MOYILLIGI O’RGANIB CHIQILADI

2025-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi loyihasida «davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga «halollik vaksinasi»ni singdirish hamda ushbu borada preventiv mexanizmlarni joriy etish» nazarda tutilmoqda. Bunda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Rahbar kadrlarni baholash markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining buyurtmasi asosida 2025-yil davomida kamida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanadi. Shuningdek, Aksilkorrupsiya agentligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga davlat xizmatchilarida «korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni singdirish bo‘yicha qadriyatlar tizimini shakllantirish yuzasidan tadqiqotlar olib borish asosida ta’sirchan chora-tadbirlarni joriy etishga oid takliflar»ni yiliga kamida bir marta kiritib borish vazifasi yuklangan. Ma’lumot uchun, ushbu...

Continue reading

SAMARQANDDAGI SUV OMBORI BILAN BOG’LIQ YOLG’ON XABAR TARQATGANLAR JAZOLANDI

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi Oqdaryo suv ombori devorlarida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida xabar tarqalgan edi. Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Rustam Qarshiyevning bildirishicha, mazkur suv ombori 130 mln kub metrgacha suv yig‘ish imkoniga ega bo‘lib, bugungi kunda 105 mln kub metr suv to‘plangan. Oqdaryo suv omboriga yana 15-20 mln kub metr suv yig‘ish mumkin. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida esa hozirda suv omboriga suv kirish va chiqish miqdori bir xil (tranzit) holatga keltirilgan. «Ishonch bilan aytamizki, hozirgi paytda barcha suv omborlarida xavfsizlik choralari ko‘rilgan, navbatchilik kuchaytirilgan, zarur moddiy-texnik materiallar zaxiralari yaratilgan. Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q», – deydi vazirlik rasmiysi. O‘z navbatida, jinoyat ishlari bo‘yicha Ishtixon tuman sudida...

Continue reading