9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Notiqlar taqdirlandi

notiq.uz > Yangiliklar  > Notiqlar taqdirlandi

Notiqlar taqdirlandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va jadal bunyodkorlik ishlari, ma’naviy va ma’rifiy sohadagi tub o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini xalqimizga aniq, ravon va ta’sirchan usullarda yetkazish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu tarixiy jarayonlarni ta’lim va tarbiya, kasbiy mahorat uyg‘unligini ta’minlab, aholi qatlamlariga va xalqaro hamjamiyatga faol targ‘ib etib kelayotgan, xalq bilan muloqot jarayonlarida notiqlik san’ati usullaridan mahorat bilan foydalanayotgan jonkuyar, fidoyi va iste’dodli ijodkorlar doimiy ravishda rag‘batlantirib borilmoqda. 

Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi va “Notiqlik san’ati akademiyasi” ta’lim markazi bilan hamkorlikda turli vazirlik va idoralar, madaniyat va ma’naviyat tizimlarida, jurnalistika sohasida samarali mehnat qilayotgan va nutqiy faoliyati bilan ibrat-namuna bo‘layotgan bir guruh kasb egalarini taqdirlash maqsadida tadbir o‘tkazildi. 

– Ijtimoiy-ma’rifiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda og‘zaki va yozma nutqni yaxshi o‘zlashtirishni rag‘batlantirish, bunday ma’rifiy maqsadga qaratilgan tadbirlar samaradorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlash ushbu marosimning muhim shartidir, – deydi ta’lim markazi rahbari Rahimboy Jumaniyozov. 

Tadbirda markaz mutaxassislari tomonidan yil davomida olib borilgan turli tadqiqotlar va o‘rganishlar tahlillari orqali ona tilimizning betakror nafosati va boy imkoniyatlarini kreativ muloqot usullaridan unumli foydalangan holda samarali qo‘llab kelayotgan bilimdon notiqlar 16 ta nominatsiya bo‘yicha taqdirlandi. 

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.