Izlab kelganlarni istab

Qadrdon do’stim folklorshunos olim, filologiya fanlari nomzodi Alijon Bozorov qo’ng’iroq qilib bir payola choyga taklif etdi va kitoblariga muharrirlik qilganim dilkash inson, iste’dodli yozuvchi  Sobirjon akaning tashrif buyurganligini aytdilar. Zum o’tmay “Buxoro” qahvaxonasiga yetib bordim. Dasturxon atrofida Sobir Sayhon, taniqli shoir Shukur Qurbon va Alijonlar meni kutib o’tirishardi. Suhbatimiz adabiyot, san’at va ma’naviyatga bog’lanib ketdi.

Xat mashqiga muhabbat

Bashariyatning bebaho buyuk kashfiyotlaridan biri ma’naviy ehtiyoj sifatida yuzaga kelgan yozuvning ixtiro qilinishidir. Agar u bo’lmaganda o’tmishni bugun bilan, asrlarni asrlarga, davrlarni davrlarga, ajdodlarni avdodlarga bog’lash ham mumkin bo’lmas edi. U moziyning ko’zgusi, madaniyatimiz tarixining ochqichidir. Bu haqiqat o’zligini anglagan, rivoj topgan deyarlik barch xalqlarga ham taalluqlidir. Yozuvlarda xalqqa xos bo’lgan tiynat, donishmandlik va nafosat ham aks etgan bo’ladi.

Boshqarish madaniyati

Rahbar xodim o’zining xulqi va nutqi bilan jamoaga ibrat bo’lsa, ishdagi unum va jamoadagi kayfiyat ham o’zgacha bo’lishi tayin. Shunday ekan, o’zimizga va so’zimizga, xatti-harakatimizga e’tibor doimo zarur. Chunki, rahbar jamoa uchun ibrat va saboq bo’luvchi maslahatgo’y inson bo’lishi kerak. Xo’sh, rahbarlik fenomeni, fazilatlari haqida  nimalar deyish mumkin? Xuddi shu savol bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g’aznachiligi hududiy bo’linma boshliqlariga murojaat qildik.

Xalqaro anjuman

Xalqlarni, mamlakatlarni birlashtiruvhi ijtimoiy vositalar ko’p.  Tinchlik  elchisi sport singari san’at, fan va madaniy munosabatlar ham ana shunday do’stlik, ahillikka asoslangan birdamlik bayrog’idir.
O’zDSMIda tashkil etilgan “O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy merosida san’at va madaniyat masalalari” mavzuidagi xalqaro ilmiy-nazariy va amaliy konferensiya ham ana shunday mohiyat kasb etgani tayin. Ertalabdanoq, institutning muhtasham “O’quv teatri” oldi bayramona bezatilgan, rangorang sharlar va shiorlar institutga alohida fusunkorlik baxsh etib turardi.

O’qituvchi — davr barometri

O’qituvchi har bir davrda jamiyatning aqli, ko’zi va vijdoni bo’lib kelganligi rost. Qanday kasbda, qanday sohada, qanday lavozimda bo’lmasin har birimiz o’qituvchi ta’limidan bahramand bo’lganmiz. Shunday ekan, har doim murabbiyning rutbasi, mavqei yuqori darajada bo’lishi kerak. Globallashuv davrida o’qituvchining o’rni va roli ayniqsa, muhimdir. Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o’z malakalarini oshirayotgan tinglovchi pedagoglarning shu xususdagi mulohazalari bilan tanishamiz.

El erki e’tiqodda

Улуғ юртнинг қутлуғ ниятли халқи юрт тинчлиги ва осойишталигини муқаддас билади, шукроналик ва қаноат ҳисси билан яшайди. Жаннатмакон юртимизнинг кундан-кунга, йилдан-йилга равнақ топа боришининг моҳияти ҳам аслида шунда. Аллоҳ назар қилган улуғ алломалари, илми нужум ва фиқҳ илмининг йирик мутафаккирларининг киндик  қони тўкилган она диёримиз билан ҳар қанчалик фахрлансак арзийди. Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг ташаббуси билан ҳар йили анъанавий тарзда ўтказиб келинаётган қорилар кўрик – танлови миллий ва диний қадриятларимиз эъзозланишининг ёрқин намунасидир.

Boshlovchilik mahorati

Antuk davrlarda ritorika san’atiga katta e’tibor bilan qarashgan. Hatto, shoh Fillip saroyida Aristotel bolalarga nutq bo’yicha dars mashg’ulotlari olib borgan. Inson ma’naviyatining bezagi uning xulqi va nutqi ekani mashriqu mag’ribda nafosat mezoni sanalgan. Shunday ekan, har bir inson o’z fikrini chiroyli shaklda, mantiqli  tarzda ifoda etishga intilishi zarur. Bu masala borasida esa jurnalist va boshlovchilar boshqalarga ibrat bo’lishi zarur. Yosh, umidli jurnalistlarimizning adabiy til me’yorlarini chuqur bilishlari va amalda qo’llay olishlari, so’z boyligini oshirish, mantiqiy mushohada yuritish qobiliyatini shakllantirishlari muhim vazifalardandir. Xuddi shu ma’naviy ehtiyojni inobatga olgan holda, poytaxtdagi o’quv muassasalarida ta’lim olayotgan talabalardan bir qismi boshlovchilik mahoratini oshirishga kirishib dars mashg’ulotlarida qatnasha boshlashdi.

G’oyaviy omil

Турли даврларда, турли маконларда халқи қудрати ва улуғворлигини ўзида мужассам этадиган буюк сиймолари бўлади. Улар ўзи мансуб бўлган халқнинг рамзига, давлатнинг тимсолига айланиши муқаррар.