a

Facebook

Twitter

Copyright 2015 Libero Themes.
All Rights Reserved.

9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Twitter

Search
Menu
 

TIL — TARIX VA TAQDIR MASALASI HAM

Notiqlik san'ati - Rahimboy Jumaniyozov rasmiy sayti > Yangiliklar  > TIL — TARIX VA TAQDIR MASALASI HAM

TIL — TARIX VA TAQDIR MASALASI HAM

Davlat tili va rasmiy yozuv masalasining kundalik muammo sifatida yuzaga chiqishining o‘ziyoq, unga bo‘lgan ehtiyojning, qo‘llanilish talabining susayganligi belgisidir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti bilan hamkorlikda tayyorlanib Milliy teleradiokompaniyaning “Madaniyat va ma’rifat” telekanali orqali har yakshanba kuni soat 16.20.da efirga uzatiladigan “Til – taraqqiyot tarozisi” nomli ko‘rsatuvi savodxonligimiz mezoni bo‘lgan og‘zaki va yozma nutq qoidalarini amalda qo‘llanilishi borasidagi nuqsonlarni tahlil qilishga qaratilgan.[/vc_column_text]

Ona tili ta’limi va lotin yozuviga asoslangan alifboning rasmiy yozuv sifatidagi o‘rni va qo‘llanilishi masalalari faqat tilshunoslarning “tomorqa”si emas, balki fuqarolik burchini anglagan, yurt qismati, vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan har bir insonni o‘ylantiradigan masala va vazifadir. Ko‘cha-kuyda, idora peshtoqlaridagi yozuvlar, turli shior va peshlavhalarni qachon davlat tili va yozuvida to‘g‘ri yozishni o‘rganamiz degan savollarning javobi endilikda quruq gap bilan emas, balki amaliy harakat hamda natijalar bilan namoyon bo‘lishi zarurligini davrning o‘zi talab etayapti.

O‘sha ko‘rsatuvning bugungi soni Ravshan Jomonov, Inomjon Azimov, Rustam Tursunov, Bobomurod Odilov kabi mutaxassislarning mulohazalari va Samarqand davlat universitetining O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining professor o‘qituvchilari va Afg‘oniston jumhuriyatidan kelib tahsil olayotgan magistrantlarning fikrlari bilan boyidi. Ko‘rsatuvning galdagi soni 29 mart kuni soat 16.20.da efirga uzatiladi.

[/vc_column][/vc_row]

No Comments

Leave a Comment