a

Facebook

Twitter

Copyright 2015 Libero Themes.
All Rights Reserved.

9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Twitter

Search
Menu

Onaizorim hayqirig‘i

Onaizorim hayqirig‘i
Bolalikda onaning erkalashlari, mehr bilan urishishi, tanbeh berishlari bilan voyaga etganimiz rost. Ba’zilari esda qolsa, ba’zilari xotiradan ko‘tariladi. Lekin bir daf’a onaizorimning hayqirig‘iday kuchli qo‘rquv va hayajonli sadoni eshitmaganman. Xivada yashaydigan qarindoshlarimiz Oyjon enaning uyiga borgandik. Kuz oylari tushlikkacha quyosh charaqlab turganda, tushdan keyin shamol bulutlarni ergashtirib keldi-da osmonni qopladi.

Bu shamol emas, go‘yoki bo‘ron, dovul edi. Ko‘kka bo‘y cho‘zgan daraxtlarning ayrimlari ham bunga bardosh berolmasdan, sinib yo‘lni to‘sib qo‘ygani etmaganiday, sim yog‘ochlar bilan tortilgan elektr simlari ham ham uzilib erga tushdi. Qiy-chuv, to‘s-to‘polon birov u tomonga, birov bu tomonga yugurardi. Nimadir yumush bilan ko‘chaga chiqqan edim, 7 yashar paytim edi. Men ham pastqam yo‘ldan qarindoshlarning uyi tomon eldek ucha boshladim. Eshik oldida onaizorim mening kelishimni ko‘rib kutib turgan ekanlar. Bir payt ularning “To‘xta, to‘xta! Orqangga qayt”- degan shiddatli sadosi, qo‘rquvli ovozlari yangradi. Go‘yoki, bu sado tog‘ tepasidan eshitilgandek hamon qulog‘im ostida. “Oldingda tok bor, qayt orqangga!”

Bu shamol emas, go‘yoki bo‘ron, dovul edi. Ko‘kka bo‘y cho‘zgan daraxtlarning ayrimlari ham bunga bardosh berolmasdan, sinib yo‘lni to‘sib qo‘ygani etmaganiday, sim yog‘ochlar bilan tortilgan elektr simlari ham ham uzilib erga tushdi. Qiy-chuv, to‘s-to‘polon birov u tomonga, birov bu tomonga yugurardi. Nimadir yumush bilan ko‘chaga chiqqan edim, 7 yashar paytim edi. Men ham pastqam yo‘ldan qarindoshlarning uyi tomon eldek ucha boshladim. Eshik oldida onaizorim mening kelishimni ko‘rib kutib turgan ekanlar. Bir payt ularning “To‘xta, to‘xta! Orqangga qayt”- degan shiddatli sadosi, qo‘rquvli ovozlari yangradi. Go‘yoki, bu sado tog‘ tepasidan eshitilgandek hamon qulog‘im ostida. “Oldingda tok bor, qayt orqangga!”

Rahimboy JUMANIYOZOV

Filologiya fanlari nomzodi

Ibrat ko‘ngilgohi

Shunday insonlar borki, ular haqida hamisha hammadan yaxshi fikrlarni eshitasiz. Bironta insonni ular haqda norozi bo‘lib gapirganini bilmaysiz. Hammaning roziligini haqning roziligi deb bilgan, imkoni boricha barchaga yaxshilik ulashuvchi ustozlardan biri teran olim, xokisor, vazmin, olijanob ustoz, akademik Matyoqub Qo‘shjonovdir.
Xotirlash insonning jamiyatdagi o‘rni va xizmatlariga munosabat demakdir. Qo‘lga qalam olib, u zoti sharif haqida nimadir yozmoqchi bo‘lsam, baribir ko‘ngil to‘lmagandek bo‘laveradi. U inson ta’rifu tavsifida qalam ojizlik qiladigandek.
Respublikamizning sobiq rahbarlaridan, iqtidorli adib Sharof Rashidov bilan muloqotlaridagi bir hikoyasi hamon yodimda. Ustozning o‘sha paytlari “Talant saxovati”(Щedrost talanta) nomli kitobi chop etilgandi. Kitob Sharof Rashidov ijodiyning ayrim qirralari bilan bog‘liq edi. Bir kuni Sharof aka ularni huzurlariga chorlaydi. Adabiy jarayon va til va adabiyot instituti faoliyati haqida dildan suhbatlashadilar. Suhbatdan qoniqish hosil qilgan Sharof Rashidov “Bizdan nima xizmat, tortinmay aytavering”, — deydilar.
“Hech qanday xizmat yo‘q, sog‘u omon bo‘lsangiz bas”, — deb xayrlashadilar. O‘sha paytda qizlari kuyovi bilan ijarama-ijara yurishganini bilsa ham, tama’ qilishni o‘ziga ep ko‘rmaganlar. Sharof aka qanchadan qancha iste’dodlarga “Muallifning birinchi kitobi” ruknida chop etilgan kitoblari uchun yosh shoir va yozuvchilarga davlat hisobidan uy-joylar ajratganini ustoz juda yaxshi bilardi. Keyinchalik, “bir og‘iz uy masalasida so‘z ochsangiz. hal qilib berishardiku”,- deb uydagilar ulardan gina qilishganini ham eshitganim bor. Chinakam olim tama’dan yiroq bo‘lishi zarurligi haqidagi ustoz hikmatini o‘shanda biz shogirdlar quloqqa ilgandik.
Ustozning o‘zlari rahbarlik qilayotgan institutga bizlarni chorlashlari ham qiziq.
Toshkent Davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetining oxirgi kursida o‘qirdik. Arab alifbosidagi turkiy bitiklarni ravon o‘qiydigan talabalarni izlashayotganidan xabar topdik. Kursda marhum do‘stimiz Habibullo O‘zganboev bilan birga o‘sha paytlari iqtidorli olim Subutoy Dolimovdan eski o‘zbek yozuvidan, aniqrog‘i matnshunoslikdan saboq olardik. Durbek, Navoiy, Bobur, Hamzaning qo‘lyozma asarlarini muqoyasa va mutolaa etish, tahlil etish kundalik mashg‘ulotimiz edi. “Yaxshilab o‘rganib olinglar, men o‘tib ketsam, qo‘lyozma kitoblarni o‘qish sirlarini kimdan o‘rganasizlar,” — deb kuyunardi ustoz Subutoy domla. Ularning saboqlari keyinchalik murakkab xat turlarida bitilgan asarlarni o‘qishimizda qo‘l keldi.
Yirik adabiyotshunos olim, nozik did munaqqid Matyoqub Qo‘shjonov o‘sha paytlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot institutining direktori lavozimida ishlardi. Matnshunoslik bo‘limiga ishga qabul qilinadiganlar orasida kursdoshim Habibullo bilan biz ham bor edik. Ichki bir imtihondan o‘tgach, ikkalamiz ishga joylashish uchun hujjatlarni to‘plashga kirishdik. Muhtaram ustozlarimizdan filologiya fanlari doktori Sodir Erkinov ana shu bo‘limga mudirlik qilardilar. “Matyoqub aka ishonch bildirdilarmi, demak, sizlarning iqtidoringiz bor” — deb bizni iliq qabul qildilar.

Shahar propiskasisiz ishga kirish mushkul. Oilamiz bilan ijarada turardik. Ro‘yxatga qo‘yish masalasida boshimiz qotib yurgan paytlari qadrdonimiz Ganja Yoqubov (O‘zteleradiokompaniyaning sobiq raisi) “Matyoqub akaning bag‘ri keng, samimiy inson, shu haqda maslahat solgandim, borib uchrashgin,”- dedilar. Iymanib ustoz xonadoniga bordim. Rafiqalari Rahima opa tajribali vrach, o‘z sohasining etuk bilimdoni bo‘libgina qolmay, adabiyot va san’atni nozik his etadilar. Ustozning sog‘lig‘ini muntazam nazorat qilib borardilar. Rima (Rahima) opa meni ichkariga boshladilar. Ustoz navbatdagi ilmiy maqolalardan biriga material yig‘ish bilan mashg‘ul edilar. Salom-alikdan so‘ng uy hujjatlari va rozilik xatini berib tezroq ro‘yxatdan o‘tishga kirish, dedilar. Ko‘p o‘tmay, doimiy propiskaga o‘tib, biz ham ustoz oilasining a’zolaridan biriga aylandik. Matnshunoslik bo‘limida Naziraxon, Dilbarxon, Saidaxon opalar va SHarofiddin aka bilan Sodirxon Erkinov rahbarligida ish boshladik. Navoiy, Bobur asarlaridan tortib, Hamza, G‘afur G‘ulom, Oybek, Hamid Olimjon va Sadriddin Ayniylarning arab yozuvidagi qo‘lyozmalarini kiril alifbosiga transliteratsiya qilish ishiga unnab ketdik.
Ilmiy rahbarim, navoiyshunos olim marhum Abduqodir Hayitmetov institutda o‘tkaziladigan navoiyxonlik kechasida g‘azal o‘qishimni aytdilar. «Ertalab soat 6.10 da O‘zbekiston radiosi orqali “G‘azalxonlik” eshittirishida sizni tingladim». Aruz vazni qoidalariga rioya etib o‘qiganligimni qo‘shib alqab qo‘ydilar. Ularning iltimoslarini bajo keltirdim. O‘shanda navoiyxonlik ko‘ngildagidek o‘tgandi. Tadbir tugagandan so‘ng, direktor yo‘qlayotganligini aytishdi. Katta ko‘zoynaklarini taqib, nimanidir ko‘zlariga yaqin keltirib o‘qishga qiynalib o‘tirgan ustoz Qo‘shjonov huzurida hozir bo‘ldim.
“Yaxshi diksiyang bor ekan, menga yordam qilishingni so‘rayman”,- dedi ustoz. “Tayyorman, nima xizmat domla? — dedim yutoqib. “Eshitgandirsan, urush asoratimi bilmadim, ko‘zim xiralashgan, kitob, gazeta, jurnallarni o‘qishga qiynalayapman. SHuni magnitofonga ovoz yozib tushirsang, devdim.” Urush davrida jonbozlik ko‘rsatgan, mergan bo‘lgan ustozga dildan rahmim keldi.
— Bajonidil, bu mening qiziqishim, sevimli mashg‘ulotimku, — dedim.
Hamza va Ayniyning asarlar to‘plamini stol ustiga qo‘yib, cho‘chima, bu yarmisi hali yana bor, deb miyig‘ida kulimsiradilar. CHo‘chiyotganim o‘qiladigan matn salmog‘i uchun emas, balki uni yozdirishga ketadigan, audio kassetaga sarflanadigan xarajatingiz uchun, dedim. Mayli, bir iloji bo‘lar, deb qo‘ydilar. Domlaning yonida hamisha “Legenda” nomli magnitofon bo‘lardi. Bu shogirdlarining ovozi bilan yozilgan o‘zbek adabiyoti namoyandalarining asarlarini eshitish va shu asosda tadqiq qilish uchun xizmat qilardi. 90 daqiqalik kassetalarning soni yuzdan ziyod edi. Bir kuni domladan hazilomuz so‘radim. Oladigan gonoraringiz aqalli kassetalarning pulini qoplaydimi? Domla uzoq so‘zlashni, so‘zamollikni yoqtirmasdi. Qisqa qilib shunday deganlari hamon yodimda. “Tadqiqotlar faqat gonorar uchun qilinmaydi.” Boshqa hech narsa demadim.
“Talaffuzning tiniq, nutqning aniqligida hikmat ko‘p”, — dedilar bir kuni ovoz tushirilgan yangi kassetalarni olib kelganimda. “Tadqiqot sifati va mazmunida sening ham xizmating bor. Sen qanday o‘qisang, men qanday eshitsam tahlil ham shunga yarasha bo‘ladi. SHuning uchun bu mas’uliyatni yoddan chiqazma.” Xo‘p, — dedim itoatkorona.

Keyinchalik, domla meni nihoyatda o‘ziga yaqin tuta boshladilar. Faxr bilan aytishim kerakki, men ustozning “shaxsiy piser”iga aylangandim. Kassetalarni tushdan keyin keltirib bersam, ustoz uni ertalabgacha tinglab, shu asnoda qog‘oz yuziga katta harflar bilan nimalarnidir yozib, chizgilar qilib qo‘yardilar. Ertalab soat to‘qqizdan boshlab fikrlarni qog‘ozga tushirishga shay bo‘lib mening kelishimni kutardilar. Ular aytib turar, men esa yoza boshlardim. Domlaga yordam qilgandek bo‘lsamda, aslida ular menga yordam qilayotganlarini anglab etdim. Maqola mavzusini belgilash, fikrni qog‘ozga tushirish shakli, kompozitsiyasi uni yoritish usullarini ustozdan o‘rganib borardim. Ustozning ish uslubi meni hayratlantirardi. Umrining so‘nggi daqiqalarigacha ijoddan fikrlashdan to‘xtamadilar, hisobi. Urush qatnashchisi, faxriysiman deb tashvishli yumushlarni, ijodni chekkaga qo‘yib keksalik huzur-halovatini surib yurishlari mumkin edi. Lekin, ustoz o‘zlarining iborasi bilan aytganda “qattichiliqni ko‘rgan”, mehnatda huzur-halovat topadigan insonlardan edi. Ba’zi kunlari bir soatga qolmasdan 10 sahifalik maqolani yozish mumkin edi. Ayrim kunlari domla jumlalarni tuzish, fikrni ifodalashga qiynalib o‘tirardilar.
“Domla, “ilhom” kelgan paytda yozsak, yaxshimasmi,” — deb hazillashardim.
“Yo‘q, — derdilar. — CHinakam olim har kuni besh bet yozib turishi kerak, aks holda qo‘l qalamdan chiqib ketadi. Fikr silliq va ravon bo‘lmasada, qog‘ozni qoralab turishni kanda qilmaslik zarur. Ertasiga yana tahrir qilish mumkin”. Nazmdagina emas, nasrda, tanqidda ham ohang bo‘lishini domla bot-bot aytardilar. Ba’zi so‘zlarning ma’nodoshlarini topishga qiynalib o‘tirgan chog‘larida aytib yuborsam, xursand bo‘lib, “endi qolganini o‘zing tugatib qo‘ysang ham bo‘ladi,” deb hazillashardilar. Keyinchalik bildimki, so‘zlash tillarda, fikrlash tilda bo‘larkan. Qaysi tilda so‘zlasak ham, o‘zimiz bilgan va o‘rgangan tilda fikrlaymiz va jumlalarni shunga mos tuzib chiqamiz. Fahmlashimcha, ustoz asosan, rus tilida fikrlar va uni o‘zbek tiliga tarjima qilarkanlar. Ba’zan “rus tilida shunday bo‘ladi, o‘zbek tilida qanaqa ifoda shakllari bor ekan,” — deb o‘ychan o‘tirgan paytlari yodimda. Domlaning tadqiqotlari soddaligi, ommaviyligi, lekin chuqur mantiqiyligi bilan ajralib turardi. Ularning asarlarini badiiy asar mutolaa qilgandek o‘qiysiz va tushunasiz. Akademizm uslubini domla unchalik xush ko‘ravermas edilar.
Domla o‘ziga, so‘ziga talabchan va qat’iyatli bo‘lishlari bilan birga shogirdlariga g‘amxo‘r va mehribon ham edilar.
Palto voqeasi hech yodimdan chiqmaydi. Oqlon mahallasida bir xonalik uyda ijarada turardik. Pechkaga o‘t qalasangiz ertalabgacha tag‘in sovib qolardi. Uyda bitta eshik bo‘lib, u to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chaga chiqardi. Mabodo, qalin qor yog‘sa, ertalab eshikni ochish amri mahol bo‘lardi. Qahraton qish paytlarida to‘ng‘ich farzandimiz Alisherning burun teshiklarida muz qotardi. Qalinroq, issiq kiyimim bo‘lmagani sababli o‘zim ham sal shamollagan bo‘lsam kerakki, ertalabdan tadqiqotni davomini yozishlari uchun ustoz uylariga yo‘l oldim. Odatdagidek, besh — olti sahifa yozib bo‘lganimizdan keyin menga yuzlanib dedilar:
“Shamollabsan-da, ichkari uyda ilmoqqa ilib qo‘yilgan paltoni ol, kiyib yurgin, qish o‘tgandan keyin keltirasan. Yozish jarayonida bot-bot burnimni tortib qo‘yayotganimni sezib shunday degan ekanlar. Meni e’tiroz bildirishimni bilib, qishdan keyin keltirasan, — deb qo‘ygandilar. Qish tugagach, palto uchun minnatdorchiligimni bildiray deb borsam, “qo‘yaver, hali ko‘p qishlarda eslab yurasan,” dedilar. SHu-shu bo‘ldi-yu, palto haliyam bizning xonadonda. Otam hamqishloqlarimizga “o‘g‘limning ustozining paltosi, bu tabarruk xirqa, “qo‘sh payg‘ambar nomin olgan ” — Muhammad Yoqubdan yodgorlik” — deb umrlarining oxirigacha kiyib yurdilar.

Ustoz obdon o‘ylab har bir ishni pishiq qilishni yaxshi ko‘rardilar. Shoshilib so‘zlagan, shoshilinch ish qilganni xush ko‘rmasdilar. Unday holda toshovuzliklar shevasiga mos holda “shashilma, shashilma” — deb tanbeh berardilar. Ayniqsa, kenja shogirdlaridan Aminboy shu dakkini eshitishga odatlanib qolgandi. Bir kuni Norboy Xudoyberganov, Botir Norboev, Baxtiyor Qurbonboev kabi shogirdlari, rafiqalari Rahima opa, o‘g‘li Qudrat bilan domlaning dala hovlisiga boradigan bo‘ldik. Kerakli osh masalliqlarini olib, ikkita mashinada yo‘lga chiqdik. Domla o‘tirgan mashinani Qudrat boshqarib borardi. Sal tezligini oshirib haydadimi, domla so‘z qotdi:
-Biz shashayotganimiz yo‘q, sekinroq hayda.
“Papa, yaxshi haydashimni bilasanku, nimadan xavotir olasan? (Toshovuzliklarning aksariyati samimiyat ifodasi o‘rnida ota-ona va bolalar o‘zaro sensirab gapirishadi)
Domla: «Yaxshi haydashingga shubham yo‘q. Lekin, yo‘lda mashinani endigina o‘rgangan yoki mast-alast uni boshqarib kelayotgan odamlar ham bo‘lishi mumkinligini o‘ylab haydaganing ma’qul. SHashilish shaytonning ishi».
Qudrat jimib qoldi va tezlikni pasaytirdi.
Bir kuni o‘ychan o‘tirgan holda dedilar. “Boshlovchilik qilgan kishi notiqlikdan ham xabardor bo‘lishi kerak. Vaziyatga mos so‘zni topib ayta biluvchilarni badihago‘y notiq deyishadi. Ba’zi davralarda boshlovchilik qilganingni ko‘rib aytayapman-da. Davra raisi yoshi katta, hayotiy tajribaga ega bo‘lsa, gaplari ham samimiy bo‘ladi. Hamma “izm-izm”lar so‘z, nutq, notiqlar orqali targ‘ib-tashviq qilingan. Bizda ham so‘z xosiyati va nutqning mohiyatini to‘g‘ri etkaza oladigan notiqlik maktablari ochilsa, durust bo‘lardi.” So‘ngra xo‘rsinib qo‘shib qo‘ydilar. — Afsuski, ko‘pchilik minbarda quyon, yozuv stolida arslon yoki aksincha. Minbarda ham, yozuv stolida ham sherdek bo‘lishga erishish mumkin. Insonning so‘zligi o‘zligi uchun ko‘zgu. O‘zingga qarab kutarlar, so‘zingga qarab kuzatarlar degan naql bejiz aytilmagan.
Keyin bilsam, domla shu lutfi bilan nutq madaniyatining har ikkala ko‘rinishi og‘zaki va yozma nutqning qoidalariga amal qilgandagina mahorat qozonish mumkinligini ta’kidlayotgan ekanlar. Domla nimaga erishgan bo‘lsalar kamsuqumligi, fidoyiligi, kasbiga, yurtiga sadoqati sabab bo‘lgani yoshlarga katta ibratdir.

Bobomurod Hamdamov

O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti

“Avval o‘z tilingda qo‘shiq ayt”

Komiljon Otaniyozov men uchun g‘amxo‘r ustoz, mehribon murabbiygina emas, balki hayotda ham, ijodda ham birdek mukammal, ideal inson edilar. U kishining dilbar qo‘shiqlari, huzurbaxsh kuylari yoshligimdanoq, murg‘ak qalbimda san’atga mehr uyg‘otganligi sir emas. O‘n yoshimdan boshlab to hanuzgacha ustoz qo‘shiqlari ruhi bilan yashayman, hamon undan ma’naviy qudrat, saboq olaman. U men uchun bamisoli etib bo‘lmas jonli qoya.
Ustoz bilan ilk daf’a uchrashuvim xotiramda bir umrga muhrlanib qolgan. 1961-yili Komiljon Otaniyozov CHorjo‘y shahriga (hozirgi Turkmanobodga) gastrolga keldi. Ko‘pdan buyon niyat qilib yurgan orzularim ro‘yobga chiqdi. Komiljon Otaniyozov bilan uchrashish va suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘ldim.
— Komiljon aka, meni shogirdlikka olsangiz, balki yaxshi ashulachi bo‘larman, — dedim. Ular menga ma’noli qarab shunday dedilar:
— Qani, bir juft qo‘shiq eshitaylik-chi?
Men ikkita hindcha ashula aytdim. Jimgina tinglab o‘tirgan ustoz bir ozdan so‘ng qaddini rostlab dedilar:
— YAxshi, o‘zbekcha qo‘shiqlar ham bilasanmi?
— Hali o‘zbekcha qo‘shiqlar o‘rganganim yo‘q.
— O‘zga xalqlarning tillarida qo‘shiq aytish ham fazilat. Lekin, dastavval, o‘z tiling qadrini bilishing, o‘z tilingda qo‘shiqlar aytishing zarur.
— O‘sha kundan boshlab o‘z ona tilimda qator qo‘shiqlar o‘rgana boshladim. SHu xususda ustozdan maslahatlar olib turdim.
— Komiljon Otaniyozov asl ma’nosi bilan san’at farzandi, serqirra talant sohibi edi. Men u kishiga – mehridaryo insonga shogird bo‘lganligim bilan faxrlanaman. Komiljon Otaniyozov san’ati Xorazm musiqasi va madaniyatini, umuman olganda, o‘zbek san’atining eng yaxshi an’analarini o‘zida to‘la namoyon etgan san’atdir. Eng muhimi, u o‘z maktabini yaratdi. El-yurtga sidqidildan, beminnat xizmat qilayotgan ko‘pgina taniqli hofizu mashshoqlar, sozandayu xonandalar Komiljon Otaniyozov maktabining o‘quvchilari ekanligi bilan faxrlanadilar. SHuning uchun ham ustodni haqiqiy san’at bog‘ining mirishkor bog‘boni, degim keladi. Ba’zan radio va televizorda ayrim paytlarda to‘yu ma’rakalarda aytilayotgan kuy va qo‘shiqlarni tinglarkanman, beixtiyor ustoz o‘gitlarini eslab ketaman. Komiljon akaning qo‘shiq ustidagi sermashaqqat mehnati ko‘z oldimga keladi. San’atga nopisandlik bilan qarab, engil-elpi ashulalar to‘qib davralarda “olqishlar” olib yurgan san’atkorlarga achinaman. Ustoz ana shunday kishilarga murosasiz edi. San’at mohiyatini anglab etmay, qo‘liga tor oladiganlarni ko‘rib qolsa, “qo‘shiq texnikasi, ritmikasi, qo‘shiq so‘zi, mazmuni, ohangi degan narsalar bor, chinakam ijod, san’at ana shulardan tarkib topadi, — derdi u astoydil kuyunib. – Qo‘shiqning boshlang‘ich nuqtasi, avji, pasayish va tugash nuqtasi bo‘ladi, bularga albatta, rioya qilish lozim. Hozirgi paytda yangicha uslub izlayman, deb tirishayotgan san’atkorlar qo‘shiqchiligimizning sinashta, qadimiy usul va an’analaridan ko‘z yumsa, oqibati yaxshi bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman”.
Komiljon Otaniyozov o‘zbek san’ati ravnaqiga ham amaliy, ham nazariy jihatdan muhim hissa qo‘shgan san’atkordir. Uning nogmi faqat Markaziy Osiyodagina emas, balki xorijiy mamlakatlarda ham keng tanilgan. Qaysi bir yili Rossiya televideniesi orqali berilgan ko‘rsatuvda hindistonlik bir ayol: “Bizga o‘zbekistonlik Komiljon Otaniyozov degan san’atkor kelib “Salom Hind xalqiga” nomli qo‘shiq aytgan deya hayajonlanib gapirgandi. SHuning o‘ziyoq, ustoz dovrug‘idan, shonu shavkatidan dalolatdir.
Men Komiljon Otaniyozov tabiatidagi bir fazilatni, ayniqsa qadrlayman. Bu – kibrga begonalik. Bir voqea favqulodda esimda saqlanib qolgan. Ustoz bilan birga ishlab yurgan kunlarning birida YAngiyo‘l shahriga gastrolga bordik. Borgan kunimizoq, u kishi konsert berish ishqiga tushib qoldilar. YOmg‘irli kun edi. Tushdan keyin zudlik bilan afishalarni ilib chiqishdi. Ko‘p odamlarning bexabarligidan konsertga 30 tacha kishi keldi. Adminstrator qiz kelib, “Komiljon aka, konsertni ertaga qoldiramiz, tomoshabin juda kam”, — dedi.

— Yo‘q, konsert bo‘ladi, — dedi u qat’iy ohangda. Biz ustoz to‘rt-beshta qo‘shiq aytib konsertni tugatsalar kerak, deb o‘ylagandik. O‘shanda Komiljon aka roppa-rosa ikki soatdan ziyod jo‘shib qo‘shiq aytganlari hamon esimda.
El-yurtga xizmati singgan shaxsni e’zozlash, nomii abadiylashtirish bizning azaliy rasmimiz, odatimiz. Butun talantini, iste’dodini xalq manfaati sari yo‘naltirilgan Komiljon Otaniyozov nomini sharaflash biz uchun ham farz, ham qarzdir. Men Xorazmda ustoz nomida katta bir ansambl tuzilishini maqsadga muvofiq deb bilaman.
Inson hayoti mobaynida uchta tushuncha bilan umrguzaronlik etadi. Bular takror, taqlid va ta’sirdir. Kimdandir ta’sirlanish evaziga uning yurish turishiga, so‘zlash yoki ijro manerasiga o‘zi sezmagan holda taqlid qiladi, keyinchalik o‘z yo‘lini topib ketadi.

Otajon Xudoyshukurov

O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Tatariston xalq artisti

 Daryoning narigi tomonida biri bor

Komiljon akani eslar ekanman, menga u kishining quyidagi xislatlari nihoyatda ma’qul bo‘lgan:
— Birinchidan, menga yoqqan insoniy xislatlaridan biri shu ediki, u kishi charchagan paytlarida ham buni bildirmasdan sahnaga chiqib, ko‘pchilikning tashakkuriga sazovor bo‘lib sahnadan tushar edilar:
— Ikkinchidan, bo‘sh qoldi degunlaricha, tong-azondan she’r mashqiga tushar edilar. SHe’rlari ma’noli, musiqiy, jarangdor chiqar edi, menimcha! Demak, ustoz har kuni quyosh chiqishi oldindan albatta, bedor bo‘lar edilar, tongni uyg‘oq kutar edilar!
Komiljon aka To‘rtko‘lda — tog‘amiz Yo‘ldosh Ollashukurov uyida ko‘p mehmon bo‘lar edilar. To‘rt-besh yoshlarimdan Hojixon, SHeroziy, Komiljon akalar qatnashgan davralarni ko‘rganman. Bir kuni jamoa xo‘jaligida Komiljon aka konsert berdilar. Navbat ustozga etganda birdan ma’lum bo‘ldiki, doirachi bexosdan qattiq kasallanib qolgan. Komiljon aka sahnadalar, xalq toqatsizlik bilan kutayapti. YUragimda qandaydir da’vat paydo bo‘ldi. Birdan sahnga yugurib chiqib doira chala boshladim. Komiljon aka butun konsertni doirada mening jo‘rligimda o‘tkazdilar. Bu o‘n-o‘n bir yosh paytlarim edi. SHu-shu ustoz meni alohida e’tiborga oldilar. Bir paytlari Hojixon va Quvondiq akalarga qattiq taqlid qilar edim. Ustoz aytdilarki, “Ovozingni bir erkin qo‘yib ko‘r, avj qil, hech kimga o‘xshamay “do” pardasiga chiqishga urin, uch-to‘rt oydan keyin nima bo‘lishini o‘zing ko‘rasan!”
Bu 1965 yildagi gap. Aytganlari to‘ppa to‘g‘ri chiqdi. O‘sha yilni hayotimdagi burilish yili desam bo‘ladi. Tez orada haqiqiy ovozim borligini his qildim. Hatto, kattagina shuhrat ham qozondim. Bundan esankirab, dovdirab qolgan paytlarim ham bo‘ldi. Gap shundan o‘tishda ekan.do‘stlarim kunlarning birida ustozning bashoratini etkazdilar. Daryoning narigi tomonida bir “yigit” bor o‘zini tutsa, undan ko‘p narsa kutish mumkin.

Tarix taqdirlarga esh. Eslashda entikish, yurak hapqirishi bor. Xotirlash — ulug‘ qadriyat, buyuk hikmat. Iqtidorli yosh notiq va shoir C‘olibjon Dilmurodning ushbu chizgilari ham shundan dalolat beradi. Hofiz haqida notiq fikri hamda zikri bu.

Bu olamda hech narsa unutilmaydi. Unutishga qalbimiz ham yo‘l qo‘ymaydi. YUrtimizning har bir go‘shasi betakror go‘zal bo‘lgani kabi go‘zal Farg‘ona ham yal-yal yongan marjondek ko‘zni qamashtirardi. Bu yurtga dovon osha borasan. Oltiariq – shoir-u san’atkorlar yurti. Ne-ne allomalar beshigini tebratgan zamin. Barchamizning

ko‘nglimizdan joy olgan Oxunjon Madaliev YAngi Arab

mahallasida dunyoga kelgan. SHu ertaknamo shahar uning

tarbiyalagan, uni go‘zalligi uning hofiz bo‘lib etishishiga

ilhom bergan. Rahmatli shoir Muxammad YUsuf aytganidek, she’rni duo va farzandga qiyoslar edilar.

Oxunjon Madalievning har bir qo‘shig‘i ham bir farzand

edi. SHu sababkim, qo‘shiqlari yillar osha yoshiga-yosh

qo‘shilib, yashab kelmoqda. Farg‘onaning go‘zal tabiatiga

maftun hofiz oshiqligini kuy va qo‘shiqlari orqali izhor etar edi. Oxunjon Madaliev qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, dardli nolalarni ayta oldi, san’atning muqaddas sahnasini zabt eta oldi, xalqning qalbiga yo‘l topa oldi. Har bir qo‘shig‘ini tinglasangiz, chuqur ma’no borligini, yuksak falsafa va jozibani idrok etasiz. Oxun hofiz yashagan uyda hali-hanuz dilbar navo yangrab turadi. Ot izini toy bosadi, deganlaridek, ota tori ohangini Qilichbek Madaliev davom ettirish uchun katta manzilga yo‘l olgan. Hofiz yosh bo‘lishiga qaramay, qo‘shiqlarida ikki olamni kuylaydi.

YAngi Arab mahallasida go‘zal manzaralarni ko‘rasiz.

SHu mahalladan bir, ikki chaqirim narida ona er bag‘rida

Oxun hofiz yotibdi. U mangulik uyqusiga ketgan bo‘lsa-da,

uning bu foniy olamda ikkinchi hayoti boshlandi, qo‘shiqlari tildan-dilga ko‘chib, qalbdan-qalbga o‘rnashib, abadiyat sahifalariga bitilmoqda. Hokini ziyorat aylasangiz, kuylar taralganini sezasiz. Bu kuylar hofizning aytolmay qolgan kuylari balki. Hali tug‘ulmagan navosi balki.

Dillar o‘rtanib ketar,  Har qalb murodga etar,

Muhabbat qo‘ldan tutar,  Oxun hofiz kuylaganda.