a

Facebook

Twitter

Copyright 2015 Libero Themes.
All Rights Reserved.

9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Twitter

Search
Menu
 

UCHRASHUV VA MULOQOTLAR

Lobaroyning sevinchi

Yangi yil arafasida bolajonlarning quvonchi cheksiz. Qorboboning sovg’asi va qorqizning mayin tabassumi ularni rom etadi. Prezident archasi turli madaniy markazlarida ko’zni quvnatib, dilni yayratadigan darajada bezatilgan. Bolalar bahonasida biz ham  yayradik hisobi. O’zbekiston Davlat konservatoriyasining katta zalida yangi yil archasi tomoshalari bo’layotgandi

Yakshanba kuni nevaralarimiz bilan oilaviy tarzda biz ham tomoshaga bordik. Qorbobo, Qorqiz, Herri Poter, Yalmog’iz kampir, Zumrad kabi qahramonlar o’z xatti-harakatlari bilan sahnada gavdalanishdi. Qorbobo va qorqiz ixtiyoriy ravishda sahnaga yettita bolakayni chorladi. Nevaram Lobaroy ham birdaniga sahnaga otlansa bo’ladimi. Qorboboning savol-javoblari va qiziqarli, harakatli o’yinlaridan so’ng barchasi she’r aytish musobaqasini boshlab yuborishdi. Qorbobo “qaerga borsam, faqat “”Qorbobomiz oppoq, peshonasi yalpoq” deb boshlanadigan she’rni aytishadi, sizlar ham shuni takrorlayapsiz.

Yangisidan aytadiganlar bormi, deb so’radi. Hamma  jim qoldi. Bir payt nevaram men aytaman deya mikrofonga qo’l cho’zdi va biyron-biyron ushbu she’rni o’qidi:

Yangi yilda archamiz bayramona kiyingan,

Qorbobo mehmon kutar, qo’shiq avjiga mingan.

Quyoncha ham tulkicha, ayiqcha ham kirpilar

Archamiz atrofida quvnoq o’ynab dirkillar.

Katta yoshdagi bolalar qolib ularning eng kichigi sifatida Lobaroy she’rni ifodali o’qigani hamonoq, zalda gulduros qarsaklar yangradi. Qorqiz ham xursand bo’lib Qorboboning qopchasidan Lobaroy uchun bir sovg’ani taqdim etdi. Uning sevinchi cheksiz edi. U rasmda ko’rganingizdek mening boshimda turibdi. Bolalarga xos zavqu shavq bizga ham begona bo’lmadi. Tinch yurt, osuda hayot qadriga yetish hissi barchaning xayolidan kechgan bo’lsa ajab emas.