Ustoz o’giti

Buyuk va suyuk san’atkorimiz Komiljon Otaniyozovning keyingi yil tavalludiga 100 yil to’lishi munosabati bilan tayyorlanayotgan kitobimizdan ayrim xotirotlarni e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. Hayotlik paytlarida O’zbekiston, Qoraqalpog’iston va Tatariston xalq artisti Otajon Xudoyshukurovdan yozib olingan «Ustoz o’giti» nomli xotirotga diqqatingizni qaratarsiz.

So’z, soz, ovoz sehri

Chinakam san’atkorning sozi va ovozi bamisoli shifobaxsh ne’matdur. Maroqli qo’shiq dilingizni yayratadi, ruhiyatingizga tetiklik baxsh etadi. Jozibador, ko’ngilga orom baxsh etuvchi qo’shiqlarni qayta-qayta tinglasangiz ham zerikmaysiz, ayricha zavq olaverasiz. Albatta, dilrabo qo’shiqlarning yaratilishi san’atkorning iqtidoriga bog’liq. So’z vas oz, ovozni tanlay bilish, ularni uyg’unlashtira olish hofizning didi, saviyasi bilan belgilanadi. Bu uch birlikning yaxlitligi gul, bulbul va ko’ngilning uzviy aloqadorligini eslatadi. Ana shularning  o’zaro uyg’unligidan jilo topgan qo’shiqgina tinglovchining  ko’ngliga yo’l oladi. Bunga e’tibor, ma’suliyat bilan qarash va uni ijroda mohirona qo’llay olish kamdan-kam san’atkorlarga nasib etadi.

Xotiraga aylanganlar xotirasi: S. Devonov. Faxr

Chamasi, 15 yillar oldin O’zbekiston xalq artisti San’at aka Devonov bilan Komiljon Otaniyozov haqida suhbatlashgandim. O’sha suhbatni “Faxr” deya nomlashimni ma’qul ko’rgandilar. Yaqinda o’zlari ham bandalikni bajo keitirdilar. Oxiratlari obod, ruhlari shod bo’lsin. Ularning xotiralarini keltiraman.      Men 1944 — yilda oyim bilan Xivadagi kolxoz-sovxoz teatriga qatnab, ba’zan gastrollarga chiqardim. Shu teatrda Komiljon akani ko’rganman.…

Xotiraga aylanganlar xotirasi. M.Qo’shjonov: Sehrli tori bilan

Ko’ngillar yaqindir, manzillar uzoq, Bugun hayotdirman, ertaga tuproq.

Sog’inib ketaman qalbimda titroq,  Bir inson topmadim sizdan yaqinroq.

Bu she’rning muallifini bilmadim. Bir paytlari yod olgandim. Unda dilga yaqin insonlarni qo’msash hissi ustuvor. Dunyoning o’tkinchiligiga ishora, bugun hayotda bor inson ertaga xotiraga aylanishi mumkinligi haqidagi haqiqat bor unda.

Anbara Otamurodova: Suhbati jon inson edilar

Кўп йиллар радио ва телевидение соҳасида фаолият юритган инсонлар дикторлик табиати ва қонуниятларини яхши идрок этишлари табиий. Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими Анбара Отамуродова ана шундай инсонлардан бири эди. Улар билан ўтказган суҳбатимиз ҳам ғоятда мароқли бўлди.

Erkaboy Jumagaldiyev: Sohasining chin kashfiyotchisi edi

Шоир, ёзувчи, фотограф, рассом, мусиқачи бўлсин, уларга кузатувчанлик, зийраклик табиатан хос бўлади. 80 ёшни қаршилаётган Эркабой ака Жумагалдиевда ана шу фазилатлар бари мужассам десак, хато бўлмайди. Фаолиятининг кўп қисми оммавий-ахборот воситаларида хизмат қилиш билан ўтган, у бошловчи, мусиқачи, ҳофиз, фотограф ҳам бўлди.

Gulchehra Sa’dullayeva: Talantlar doim tug’ilavermaydilar

Радиодаги овоз, телевидениедаги кўриниш инсонларнинг қалбини боғлайди. Қачонки, ўзига руҳан яқин тутган инсонгина эътиборда бўлади. Радио орқали овоз билан тингловчининг тасаввур олами ва тахайюл кенгликларини таъсирчан ифода эта оладиган санъаткор Қодир Мақсумов билан учрашиш, унга шогирд бўлиш, бадиий ўқиш сир-асрорларини ўрганиш истаги унга ҳеч тинчлик бермасди. “Институтда ўқиб юрган пайтимда,” — деб хотирлайди Ўзбекистонда хизмат кўрсатган артист Гулчеҳра Саъдуллаева,