Notiqlik tilsimoti — 8

22 — БОБ.   ҲАР ХИЛ МАСЛАҲАТЛАР

       Маслаҳат № 119. Ҳеч  қачон  таслим  бўлманг, олға  интилинг.

 Ҳар бир инсон ўз олдига бирор мақсад қўйса ва шу мақсад сари чидам билан, иштиёқ билан, матонат билан ҳаракат қилаверса, қийинчиликларга учраган пайтда ҳам чекинмаса, таслим бўлмаса, у албатта ўз мақсадига эришади. Ундай кишининг мақсади бой бўлиш бўлса, бой бўлади, олим бўлиш бўлса, олим бўлади, зўр нотиқ бўлиш бўлса, албатта зўр нотиқ бўлади.

Notiqlik tilsimoti

Yoshi ulug’ insonlar nasihat beradi, yoshlar esa biron muammoni yechish, bilish ma’nosida maslahat so’raydi. Har ikkalasi ta’lim berish va ta’lim olish mazmunini anglatadi. Muayyan maqsadni oldiga qo’yib, unga sabot bilan intilgan inson, albatta maqsadiga erishadi. Intilganga tole yor deyilishi ham bejiz emas. Oddiy sarboz general bo’lishni orzu qiladi, general bo’lishni orzu qilmagan sarboz sarboz emas. Bu ma’lum haqiqat.

Til amaliyot bilan hayot

Ijtimoiy vosita quroli sifatida tilga ta’rif beriladi. To’g’ri, lekin biz tildan unumli, to’g’ri va to’la foydalana olayapmizmi degan savol ko’ndalang tursa, biroz xijolat chekamiz. Maktabgacha ta’lim muassasalaridan tortib oliy o’quv yurtlarigacha bo’lgan ta’lim muassasalarida ona tili, nutq madaniyati fan sifatida muntazam ravishda o’qitiladi. Nazariy ma’lumotlar obdon o’quvchi yoki talaba ongiga keragidan ortiq ham singdiriladi.

Mutolaa — muloqot ko’prigi

Kishilik dahosi va zakosining muhim kashfiyoti yozuv paydo bo’libdiki, asrlarni asrlarga, davrlarni davrlarga, ellarni ellarga bog’laydigan kitob va uni chop etish, tarqatish hamda mutolaa etishga ruhiy ma’naviy ehtiyoj ham paydo bo’lgan. Fir’avn hukmdorlaridan biri Ramzes-2 kutubxonaga “ruhiy darmon” deya bejiz ta’rif bermagan. Inson ruhiyati va kayfiyati kitob mutolaasi bilan ham mohiyatlidir.

Dilorom Sagdullayeva: Siz baxtlimisiz?

Odatda, ikki kishi bir joyda o’tirib qolsa, suhbat uchun mol-davlat, dunyo matohlaridan boshqa arzirli mavzu topilmaydi. Shukr,  minnatdorchilik ifodalangan jumlalarni har doim ham eshitavermaymiz. Singlim bilan suhbatlarimiz ham shunday kechardi. Ko’z-ko’zga tushib uchrashganimiz daqiqamizdan singlim oilaviy yetishmovchiliklardan nolib, “boshqalarday mazza qilib” yasholmayotganidan noligani noligan edi. Har qancha urinsam ham baribir singlimdagi tushkun kayfiyat o’rnini shukronalik…