“Xamsa” librettosi taqdimoti

Barhayot siymolarning, mangulikka muhrlangan mutafakkirlarning noyob jihati ularning qarashlarida, faoliyatida umumbashariy g’oyalar, umuminsoniy fazilatlarning aks etganigina emas, balki ular haqida san’atning barcha turlarida nimadir aytish mumkin. Aniqrog’i, ular san’atning turli ko’rinishlariga muvofiq kelishlari bilan xarakterlanib turadi. Navoiy hazratlarining o’zi va asarlari haqida hikoya, qissa, romanlardan tortib kino, teatr va videofilьmlar yaratilgan. Bular baribir buyuk iste’dod uchun kamdek tuyulaveradi.

“Wunderkind”dagi ta’lim

Ta’lim va tarbiyaning qayerda, kimdan va qachon olinishi  emas, balki uning mohiyati, sifatu samarasi ahamiyatli. Ta’limning sifati ko’p jihatdan uning ta’sirchanligiga bog’liqligi ayon. Ta’sirchan ta’lim o’quvchining qiziqishi, e’tibori, mayli va ichki xohish istaklarini nazarda tutadi. Diqqatni tortmasdan, qiziqish uyg’otmasdan beriladigan ta’lim go’yoki u quloqdan kirib bu quloqdan chiqib ketgani kabidir.

Zukkolik zavqi

Qalam ahllari ko’p. Har birining o’z fikru zikr tarzi bor. Men bilgan va shaxsan yaxshi tanib hurmat qiladigan olimlardan biri Sultonmurod aka Olimovdir. Oliy o’quv yurtini bitkazib O’zbekiston fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida laborant bo’lib ishlayo boshlagan kezlarimdan buyon taniyman. Adabiy jarayonga munosabati faol.

Zukko kitobxon

Kitobxon, kitobsevarning kitobga bo’lgan munosabati ma’naviyatga oshnalikdan, ma’rifatga tashnalikdan kelib chiqadi. Kitob mutolaasiga qiziqish, kitobxonlik madaniyatini targ’ib qilish yuzasidan targ’ibotu tashviqotning turli shakllarini istifoda etish maqsadga muvofiq.

Ziyoratdan ziyo olib

Ko’rgan, bilgan, o’qigan, eshitgan yoxud guvoh bo’lgan narsa-hodisaga munosabat og’zaki yoki yozma tarzda bo’lishi, shubhasiz. Ijtimoiy hayotda, oilada, mahalla yoki mehnat jamoasidagi tadbirlar, albatta, xabar yo’sinida ikkinchi bir shaxsga,  jamoaga yetkaziladi.

Huvaydo maqbarasi yonida ziyoratda

Ziyorat zavqi

Ўтган улуғларнинг руҳи шод бўлсин деган мақсадда зиёратни амалга оширамиз. Зиёратда ибрат, сабоқ, англаш, хулоса ва бурчдорлик ҳисси бор. Паҳлавон Маҳмуд ўз рубоийларидан бирида шундай ёзганди:

Ziyolilik mas’uliyati

Bu kasb barcha kasbu hunarlarning doyasi ham, moyasi ham. Undan bahramand bo’lmasdan, inson buyuk ham bo’la olmaydi, suyuk ham. Ta’lim orqali buyuklikni, tarbiya orqali suyuklikning mohiyatini faqat o’sha kasb egalarigina anglatishadi.

Yutuqlar ko’rgazmasi

Har bir davrning o’z talabu taqozosi bor. Bugungi taraqqiyot, innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi, fanlararo integratsiyalashuv jarayonlari yangi ixtirolar va turli sohalar bo’yicha yaratilgan kashfiyotlar orqali o’z ro’yobini ko’rsatadi. Bu borada tashkil etiladigan yarmarkalarning ahamiyati katta. Xuddi shu ma’noda, poytaxtimizdagi “O’zekspomarkaz” majmuida 2016 yil 11 may kuni Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar IX respublika yarmarkasi ish boshlagani e’tiborga molik. Shu haqda O’zDSMI Teatrshunoslik yo’nalishining 2 — bosqich talabasi Sevinch Odilovaning  “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasiga ilk qadam” nomli maqolasini keltiramiz.

Yuristlarning nutq madaniyati

Notiqlik san’atining shakllanishi  aslida, yuristlardan boshlangan. Mashhur voizlar TSitseron va Demosfen ota-bobosidan qolgan mol-mulkni amakisi va tog’asidan qaytarib olish niyatida o’sha paytda Afinaning davlat qonunlarini chuqur o’zlashtirgan holda, o’z yaqinlaridan ana shu mulkni qaytarib oladi. Natijada sud notiqligi tomir ota boshlaydi.