9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

«Zeb-ziynat»da orzu-niyat

notiq.uz > To'ylar  > «Zeb-ziynat»da orzu-niyat

«Zeb-ziynat»da orzu-niyat

Xalqimiz duo qilsa, albatta, “to‘ylar to‘ylarga ulansin, yurtimiz tinch bo‘lsin” — degan niyatni qiladi. Bularning bari tinchlik zamonida, omonlik kunlarda bo‘lishini, to‘y va bayram ana shunday osoyishta damlarda tatishini hamma biladi. Taniqli olim, “Xalqlar do‘stligi” ordenining nishondori Muxtor aka SHapsanovning sulolasidagi shodlikka sherik bo‘lish uchun “Zeb- ziynat” restoraniga kirib bordik. Ustozning ukalari Mardonbek tajribali pedagog, tarixchi olim. Ular o‘g‘illari sabab nikoh kechasiga barcha do‘stu yoronlarni chorlagan. Hamma Muhammadjon va Husnoraxonlarga baxtu saodat tilab to‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lishgan. Davrani Muxtor akaning o‘zlari ochib berdilar.

“Nihol” mukofotining sovrindori Rohila Ro‘zimova rahbarligidagi ijodiy guruh to‘yda navbatchi san’atkor sifatida ishtirok etdi. Taniqli san’atkorlardan Guli Asalxo‘jaeva, Dilfuza Ismoilova, Masrur Usmonov, YOqutjon Rajabov, Elyor Agzamov va “Fayoz” guruhi o‘z san’atlarini namoyish qilib, kelin va kuyovni musiqiy tabriklari bilan qutlashdi. Mardon va Nodiraxon, Muzaffar va Mavjudaxonlar o‘z farzandlari bois bog‘langan do‘stlik va qarindoshlik rishtasini mustahkam bo‘lishini tilashdi. Ularning xursandchiligi bardavom bo‘lishini, farzandlar sabab nevara va chevaralarning rohat-farog‘ati va huzur-halovatini ko‘rib yurishlarini tiladik. “Sog‘lom bola  va sog‘lom bola yili”da sulolaning davomchisi sifatida Mardonbekning oilasida qo‘shaloq nevaralarning “inga-inga”sadolarini eshitishga ilhaqmiz.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.