9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Uni kuchliroq sev

notiq.uz > Arxiv  > Uni kuchliroq sev

Uni kuchliroq sev

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, aslida, ochiq dars. Boshqacha aytganda, noan’anaviy dars. Ularning samarasi va ta’sir kuchi o‘zgacha bo‘ladi. Har kuni bir xil taom eyaversangiz, me’dangizga tegadi, tab’ingizni tirriq qiladi, zada bo‘lib ketasiz. SHuning uchun ham xilma-xil taom iste’mol qilish odamzodning tabiatiga xos. SHuni his etgan holda, TVXTXQTMOIda har oyda taniqli shoir va yozuvchilar, mashhur san’atkorlar ishtirokida tadbir o‘tkazilishi odat tusiga kirgan. Muhammad Ismoil institutimizning xos shoirlaridan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Pedagoglarning xohish istagi va talabi o‘laroq bu gal ham uning ishtirogida o‘tkazilgan adabiy-musiqiy kecha ko‘pchilikda iliq taassurot qoldirdi. SHoirning yangi chop etilgan kitobi yuzasidan savol-javoblar bilan o‘tgan kechaning fayziga fayz qo‘shishda xushovoz qo‘shiqchilarimizning o‘rni o‘zgacha bo‘ldi. “Nihol” mukofotining sovrindori Sirojiddin Fayziev va taniqli xonanda Muqaddas  Usmonovalarning diltortar taronalari yig‘ilganlarga huzur va xushkayfiyat baxsh etdi. Institut rektori Ro‘zimurod CHoriev tadbirimiz har galgidek mo‘‘jazgina hovlidagi amfiteatrda o‘tayotgani uchun har damda ko‘kka nazar tashlab qo‘yardi. SHu zahoti bir ikki tomchi tashlab yomg‘ir sepalab o‘tdi. Ular astoydil ko‘kka iltijoli nazar bilan qaragan edilar yomg‘ir to‘xtab, bulutlar tarqalib, quyosh charaqlab ketganiga nima deysiz. Rektor davrani ochgach, shoir o‘zining qo‘shiqqa aylanib xalqning ko‘ngil mulkiga aylangan she’rlaridan o‘qidi. Rektorning nafaqat er va el ilmi, balki, samo bilan sirlasha olish qobiliyatini ko‘rib hayron qolganlar ko‘p bo‘ldi. Bu holatni suratga muhrlash bilan ovvora bo‘lgan qo‘sh Dilorom va Mahmudaxonlarning davra haqidagi internet xabarlari olamga tarqalib turdi. Feysbukdoshlarning xizmati va hurmati Muhammad Ismoil uchun benihoya cheksiz ekanligini anglash qiyin emas edi. Muqaddas Usmonova ijrosida shu zahoti o‘ynoqi qo‘shiq taraldi. SHoir ikki qo‘lini qanot qilib o‘yinga tushib ketsa bo‘ladimi? Bundan zavq olgan davra ahli ham o‘yinni boshlab yuborishdi. Faqat davraga boshlovchilik qilayotgan Rahimboy Jumaniyozovgina bir chekkada turib kuzatardi xolos. Ayniqsa, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Burhon Fayzullaev surxoncha qo‘shiqlarini xush ko‘rishini, o‘shanday ohangga zaqi baland ekanligini sezdirib qo‘ydi. Oyoq –qo‘llari kuy ohangiga shunday mos tushardiki, ko‘rganlar bu hoynahoy ko‘p yillar raqqos bo‘lgandir deb o‘ylashi hech gap emas edi.

 

 

 

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.