9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

San’atsevarlar uchun imkoniyat

notiq.uz > Arxiv  > San’atsevarlar uchun imkoniyat

San’atsevarlar uchun imkoniyat

Bugunga kelib internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni ortib borayapti. Talab yuqori bo‘lgan joyda axborot almashinuvi ham jadal bo‘ladi. Har soniyada minglab axborot iste’molchilari o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda ma’lumot izlashadi. Bu esa xolis va haqqoniy axborot manbasiga ehtiyojni keltirib chiqarishi tayin. Ayniqsa, san’at yo‘nalishida har doim ham kerakli ma’lumotni izlab topolmaymiz. Aksariyati ishonchsiz, to‘liq bo‘lmagan yoki eskirgan ko‘rinishda bo‘ladi.  O‘zbek san’atining buyuk darg‘alari haqida zaruriy ma’lumotning mavjud emasligi esa kelajak avlod uchun katta yo‘qotish. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashabbusi bilan YOshlar madaniyat va san’at markazi tomonidan sanatim.uz milliy madaniyat va san’at internet portaliga asos solinishida yoshlarni asl san’atimiz bilan tanishtirish maqsad qilingan. Mazkur portal zamonaviy talablarga javob beradigan barcha turdagi elektron vositalarga moslashtirilgan. sanatim.uz portal orqali madaniyat va san’atga oid batafsil ma’lumotlar eng so‘nggi yangiliklar va xolis fikrlar bilan tanishish imkoniyatiga egasiz. Dunyoning qaerida bo‘lmang, sanatim.uz portali sizni kerakli axborot bilan ta’minlaydi. sanatim.uz portalining asosiy maqsadlari: madaniyat va san’at sohasiga aloqador bo‘lgan yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodini yoritib borish, milliy musiqa, teatr, kino va hunarmandlarning nodir asarlarini yoshlar orasida yanada kengroq targ‘ib qilish, ijodkorlarning faoliyati, kutilayotgan repertuarilarni yoritib borishda hamda dasturlarni yuqori g‘oyaviy-badiiy saviyasini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish, ushbu jarayon muvofiqlashtirilishini tahlil qilib borish, o‘zbek san’ati va madaniyat rivojiga munosib hissa qo‘shgan holda, uni dunyoga yanada kengroq tanishtirish, san’atga ixlosmand yoshlar o‘rtasida samarali ijodiy hamkorlik muhitini yaratish, ularning ijod namunalarini muntazam yoritib borish, muxlislarning fikr-mulohazalarini kuzatish, o‘rganish va tahlil qilish, portal orqali onlayn muloqotlar suhbat va savol-javob tarzidagi intervyularni amalga oshirishdan iborat.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.