9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Konstitutsiya — qomus va nomus demakdir

notiq.uz > Arxiv  > Konstitutsiya — qomus va nomus demakdir

Konstitutsiya — qomus va nomus demakdir

Har bir inson, muayyan jamiyatda yashaydigan fuqaro, avvalo, o‘z huquqlarini tanishi va amal qilishi bu burch, boshqacha aytganda farzu qarz. Ayrim davlatlardagi shariat qonunlariga rioya qilish qay darajada muqaddas bo‘lsa, huquq va burchlarimizning ko‘zgusi bo‘lgan konstitutsiyani muqaddas bilish va itoat etish ham shu darajada ahamiyatlidir.

6 ta bo‘lim, 26 ta bob va 128 ta moddadan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi o‘zining adolatparvarligi va xalqparvarligi bilan dunyo qomuslaridan ajralib turishi tayin. Uning targ‘iboti va tashviqoti o‘zlikni anglatish, ilm olish, mehnat qilish va dam olish kabi huquqiy me’yorlarni o‘zida ifoda etishi bilan xarakterlidir. Xuddi shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi Ma’naviyat targ‘ibot markazining tashabbusi bilan taniqli olim, san’atkor, jurnalist singari qizg‘in faoliyatda bo‘lgan ziyoli insonlardan tarkib topgan ishchi guruhni Respublikamiz viloyat, tuman va shaharlari bo‘ylab xizmat safariga otlanishgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 noyabr №107-son majlis bayoni ijrosini ta’minlash hamda Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazining 2015 yil 24 noyabr №77I-sonli buyrug‘i yuzasidan Respublika targ‘ibot guruhi a’zolarining viloyatida O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 23 yilligi oldidan aholining keng qatlamlari o‘rtasida ma’rifiy uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar va madaniy tadbirlarni o‘tkazish rejasi bo‘yicha qizg‘in faoliyat boshlandi.

Biz ham O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, tarix fanlari doktori Dilorom Bobojonova, yuridika fanlari doktori, rofessor Feruza Muhiddinova, taniqli shoir va yozuvchi Tursunboy Adashboev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Nosirova, “Antik dunyo” xalqaro ilmiy akademiyasining akademigi Rahimboy Jumaniyozov,    lardan tarkib topgan guruh Urganch shahriga yo‘l oldi.

Kaminani Toshkent shahridan uchta nevaramiz kuzatib qolishdi. Odatdagidek, o‘zining tashkilotchiligi va tashabbuskorligi bilan e’tiborga tushgan, tadbirlarni uyushtirish va namunali tarzda o‘tkazish malakasini obdon egallagan Xorazm viloyat ma’naviyat targ‘iboti markazining rahbari Qudratjon SHaripov ochiq chehra va mamnuniyat bilan kutib oldilar. Guruhimiz “SHer” deb atalmish mehmonxonaga joylashib omma bilan uchrashuvlar o‘tkazish borasidagi o‘z rejalarini tuzib oldilar.

Bog‘ot tumaniga yo‘l oldik. 14 – sonli musiqa va san’at maktabining katta faollar zaliga kirib borganimizda tinglovchilar jamuljam bo‘lishib intizorlik bilan kutib o‘tirishardi. ishtirokchilarning kayfiyati ko‘tarinki bo‘lib ular targ‘ibotchilarning chiqishlarini qarsaklar sadosi ostida kutib olishdi. Milliy qomusimizning or-nomusimiz ramzi ekani borasida o‘z mulohazalarini bildirdilar. Dilorom opa Bobojonova tarixchi sifatida Xorazm zaminidan etishib chiqqan allomalarning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rinlari borasida qimmatli mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Diniy-ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya bo‘yicha maslahatchi, O‘zLIDEP a’zosi Rajabbiyi Saidovaning odob-axloq borasidagi mulohazalari ham e’tiborli bo‘ldi.

Tumandagi maishiy xizmat ko‘rsatish va axborot texnologiyalari kollejida ham shu holatning guvohi bo‘ldik. Muhabbatxon rahbarlik qilayotgan kollejda ozodalik va saranjom sarishtalilik ustuvor edi. O‘quvchilarning ta’lim olishlari uchun hamma narsa muhayyo qilib qo‘yilgan. YAkshanba kuni bo‘lsa ham o‘qituvchi va o‘quvchilar mustaqil respublikamiz Konstitutsiyasining 23 yilligi  munosabati bilan poytaxtdan kelgan targ‘ibotchilar bilan uchrashuv istagida kollejga yig‘ilishgan edilar. Tadbir nihoyasida tuman hokimi Ro‘ziboy Bekjonov targ‘ibotchilarga minnatdorchilik bildirish uchun ularni bir piyola choyga taklif etdilar. Qizg‘in suhbat jarayonida respublikamizning barcha viloyatlari qatorida Xorazm diyorida ham  tumanlarimizdagi o‘zgarishlar, turli qurilish va qad roslagan inshootlar hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatning tantanasi ekanini uqtirib o‘tdilar. Ayni paytda, prezidentimizning xorazmlik dehqonlarning har bir kuni qahramonlik degan mulohazalari bejiz emas.

Keyin Xonqa tumanidagi iqtisodiyot, sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejlaridagi uchrashuv ham ishtirokchilarning e’tiborini qozondi. Kollej direktori Omonboy SHaripov malaka oshirish uchun poytaxtga ketgan bo‘lsalarda, tashkilotchilik o‘z o‘rniga qo‘yilganini ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. Har bir tadbir yoki uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad davlatimiz va hukumatimizning siyosati va taraqqiyot jarayonida konstitutsiyaning o‘rni masalasi borasida samimiy fikrlar e’tirof etish va tegishli ma’lumotlar berishdir. YOshlar ongida ona yurtimiz qadriga etish, ular qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada junbush urishiga erishish asosiy maqsadlardandir.

Qo‘shko‘pir tumanidagi politexnika va Agro qurilish kasb hunar kollejlaridagi o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan uchrashuvda huquqiy ong va huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik masalalari birinchi planga chiqdi. Voqelikka ongli va mustaqil munosabat, yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi fuqarolarning qalbu amaliga ko‘chishi zarur ekani ta’kidlandi. “Tengdosh tengdoshga” tamoyili ostida o‘tkazilayotgan bilimlarni oshirish musobaqasi ham konstitutsiyamizni barcha bo‘limlari, bob va moddalarida ko‘rsatilgan huquqiy me’yorlarni atroflicha o‘rganishga qaratilgani bilan xarakterlanadi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi SHimoliy-g‘arbiy harbiy okrugga qarashli serjantlar tayyorlash maktabida o‘tkazilgan tadbir ayniqsa, savol-javoblar yo‘sinida  qiziqarli tarzda o‘tkazilgani e’tiborga molikdir. Ularning ishtiroki, savol va javoblaridan o‘z vataniga bo‘lgan mehru sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini his etish qiyin emas edi. Maktab rahbarining ma’naviy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari  podpolkovnik Abduvohid Bozorov ma’ruzachi va ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, konstitutsiya bayrami bilan barchani muborakbod etdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida o‘tkazilgan tadbirda talabalar, magistrantlar va pedagoglar jamoasi ishtirok etishdi. Huquqshunos olima Feruza Muhiddinova va taniqli san’atkor Gulchehra Nosirovalar o‘zining samimiy va qiziqarli chiqishlari bilan ishtirokchilarda iliq taassurot uyg‘otishdi.

Urganch Davlat universitetining talabalari va pedagoglari ishtirokida o‘tkazilgan “Konstitutsiyamiz kejagimizning poydevoridir” mavzuidagi ma’rifiy tadbir ham ancha jonli va sermazmun o‘tganligini ta’kidlash o‘rinlidir. UrDU Ma’naviyat va ma’rifat ishlari prorektori, dotsent Sanjarbek Davlatov ijtimoiy hayotimizda konstitutsiyaning o‘rni suv va havodek zarur ekanligini ta’kidlay turib, shu xususda so‘zlab berish uchun “Antik dunyo” xalqaro ilmiy akademiyasining akademigi Rahimboy Jumaniyozovni minbarga taklif etdi. Notiq o‘z nutqida Konstitutsiyamizning 4 — moddasidagi davlat tili bilan bog‘liq mulohazalarni, nutqdan foydalanish. Mafkura va munosabatlar zamirida uning o‘rni e’tiborli ekani xususida so‘z yuritdi. Talabalarga ayrim savollar bilan murojaat qilib ularning bilim va fikr doirasini sinab ko‘rdi. Auditoriyada asosan, filologiya fakultetining xorijiy tillar yo‘nalishi bo‘yicha talabalar ishtirok etayotganligi sababli chet tilni o‘rganish o‘z ona tiliga bo‘lgan muhabbatdan boshlanishi borasidagi atoqli yozuvchi Abdulla Qahhorning mulohazalarini keltirib o‘tdi. Vatan ostonadan boshlanar ekan, demak tillar qiyosan o‘rgatiladi. SHunday ekan, o‘z ona tilimizning qurilishi va grammatik asoslarini chuqur o‘rganish orqali xorijiy tillarni o‘zlashtirish mumkinligini alohida e’tirof etdi. So‘ngra universitetning filologiya fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi Zohid Jumaniyozov va tarix fakulteti o‘qituvchisi Nurbek Matyoqubov, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Xorazm viloyati bo‘limi rahbari Qudrat SHaripovlar ham huquqiy madaniyat va huquqiy savodxonlikka ega bo‘lish  jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish borasida muhim rol o‘ynashini ta’kidlab o‘tdilar. Xulosa qilib aytganda, tadbir nihoyatda jonli va mazmunli o‘tishi bilan birgalikda talabalarda notiqlik va voizlik san’atiga mehr uyg‘otganligini e’tirof etish joiz.

No Comments

Sorry, the comment form is closed at this time.