Vatan taqdiriga daxldorlik

15 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida videkonferentsiya tarzida o’tkazilgan yig’ilish mohiyat e’tibori bilan ahamiyatlidir. Unda hukumat a’zolari vazirlik va idoralar vakillari, O’zbekiston musulmonlari idoralari, imom xatiblar, diniy qo’mita vakillari, Toshkent islom universitetining professor o’qituvchilari “Mahalla”, “Nuroniy” jamg’armalari faollari, mahalla maslahatchilari qatnashishdi.

Mazmundor muloqot manbai

Notiqlik sirlari ilmgina emas, u tilsim hamdir. Uni egallash tabiatingizdagi qiziqish va tiynatingizdagi ixlosdan kelib chiqadi. U tinimsiz mashq orqali shakllanadi. Talaffuz, tasavvur va chuqur mantiqqa qurilgan tafakkur notiqlikning jon va qon tomiridir. Sizning har biringizda iste’dod uchquni bor, faqat uni talant alangasiga aylantirish uchun sizda ba’zan qunt, ixlos va hafsala yetishmaydi xolos.

Beg’ubor bolalik bog’chadan boshlanadi

O’z yozishmalaridan birida Yogan Volfang Gyote “Qonun kuchli, muhtojlik undan ham kuchli” — deb yozgandi. Muhtojlik bu ehtiyojni qoplash uchun intilish, ehtiyojmandlik esa o’z-o’zidan inson manfaatlarini qondirishdir. Inson moddiy, ma’naviy va ruhiy ehtiyojlari bilan hayot. Shuning uchun ham Asosiy qonunimizda “inson manfaatlari hamma narsadan ustun”ligi alohida ta’kidlangan.