Bilimdonlar bellashuvi

Yoshlarning intellektual salohiyati va bilimi haqida qayg’urish allaqachon davlat siyosati darajasiga aylangani sir emas. Jamiyatning tayanchi, hal qiluvchi kuchi yoshlarga e’tibor katta mohiyat kasb etganligini yangicha ruh va mazmundagi O’zbekiston Yoshlar ittifoqining tashkil etilgani va 30 iyunni har yili “Yoshlar kuni” sifatida nishonlanishga qaror qilinganidan ham anglab olish qiyin emas.

Sog’liqqa bog’liq kasb sohiblari malaka oshirishda

Notiqning muloqot jarayonidagi nutqi va xulqi muhim masaladir. Nutq madaniyatining har ikkala shaklini, og’zaki va yozma nutqni to’la va to’g’ri amalda qo’llay olmagan notiqning maqsadi sarobga o’hshaydi. Pedagog nutq madaniyatining har ikkala ko’rinishi, ya’ni og’zaki va yozma nutq qoidalarini bilishi va amalda qo’llay olishi zarur. Bu bir oylik yoki bir yillik emas, doimiy izlanish va mashq qilish orqali ro’yobga chiqadi. Shuning uchun ham, “SHoir bo’lib tug’iladilar, notiq bo’lib yetishadilar”, – degan gapda katta ma’no bor.

Taom hazmi bilan

So’z va ish birligini bilish uchun, inson, avvalo, ilmu amalini to’g’rilashi kerak. “Qonun kuchli muhtojlik undan ham kuchli” — deb yozgandi, Gyote. Muhtojlik ehtiyojmandlik, manfaat ko’rishga intilishdir. Manfaatning ro’yobini esa muloqot orqali yuzaga chiqarish mumkin. Xalq dardiga quloq solish ularning o’y tashvishlari bilan yashash shuning uchun ham odamiylikning muhim mezoni ekanini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayta-qayta uqtirayotganlari bejiz emas. 

Davr barometri

Davr va jamiyat barometri, shubhasizki, ommaviy axborot vositalari xodimlaridir. Ularning o’tkir nigohi va teran tahlilisiz voqea hodisa mohiyatini anglash qiyin. To’rtinchi hokimiyat sifatida e’tirof etilgan jurnalist va sharhlovchilarning faoliyati bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Qaytanga ularning roli yanada oshdi. Harakatlar strategiyasini amalga oshirish jarayonida ularning qizg’in faoliyati katta ahamiyatga molik.

Mas’uliyat va majburiyat mexanizmi

Har bir sohaning o’z mohiyati va xosiyati, mohir ustalari bo’lgan. Ular tajribasi, bosib o’tgan yo’llari ibrat maktabi. Maqbul notiqlar darrov minbarga, xalq istiqboliga oshiqmaganlar. Oldin o’zini shu ishga obdon tayyorlaganlar, o’z ustida ishlab, tinimsiz mashq va tajribalar o’tkazib, ustozlarning ilmu amallari va an’analarini o’zlashtirish asnosida, ma’lum bir malaka, ko’nikma hosil qilganlaridan keyingina amaliyotga o’tganlar.