Kimda bo’lsa malaka, bo’lmas aslo, kalaka

O’zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi «Ma’naviyat targ’ibotchisi» ta’lim muassasasida bu hafta o’z malakalarini oshirishga kelgan Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli maktablarda faoliyat yuritayotgan ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari bilan ana shu xususda, ya’ni notiqlik san’ati borasida suhbat bo’lib o’tdi. 

Manfaatli muloqot

Mashhur faylasuf Demokrit “Davlatni boshqarish  san’ati – san’atning eng ulug’idir” deya bejiz aytmagan. Bu fikr asrlardan asrlarga o’tib o’z mohiyatini yo’qotmaydi. Oilani, mahallani,  idora va muassasani, yurtni boshqarish juda katta salohiyatni, muloqot mahoratini talab etadi. O’tmishda ham bu haqda bosh qotirilgan. Turli allomalar shu xususda o’z mulohazalarini bildirganlar. X asrda yashab o’tgan At-Tartushiy hukmdorlarning ko’pchilikka…

Ulug’larni unutib bo’lmas

Vatan va xalqning mangu qolishini o’ylash va uning manfaati uchun ijodiy imkoniyatini safarbar etish xayrlikdir. O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning vatanparvarlik ruhidagi asarlari orasida “Men nechun sevaman O’zbekistonni” deb nomlangan she’ri alohida o’ringa ega. Unda vatanning yurak ramziga aylangani, ko’zsiz, qo’lu oyoqsiz yashash mumkin, lekin vatansiz yashash mumkin emasligi borasidagi haqiqat bor.

Zukkolik zavqi

Qalam ahllari ko’p. Har birining o’z fikru zikr tarzi bor. Men bilgan va shaxsan yaxshi tanib hurmat qiladigan olimlardan biri Sultonmurod aka Olimovdir. Oliy o’quv yurtini bitkazib O’zbekiston fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutida laborant bo’lib ishlayo boshlagan kezlarimdan buyon taniyman. Adabiy jarayonga munosabati faol.

Jonli efirdagi jonlilik

Jonli efir, jonli so’z atamalari jonlanayapti, ommalashayapti. Bu o’zgarish va yaxshilanishdan dalolat. Qachongacha to’tiqushga o’xshab bir xil gap, tayyor va takror gaplarni aytib kun ko’ramiz. Ko’p yillar o’rgangan odatdan to’la qutulish ham qiyin bo’layapti. Madh, maqtov, qarsaklarni 5 yil qo’yib turaylik endi deyilishiga qaramay, baribir maqtash va maqtanishni kanda qilolmayapmiz. Hadislardan birida bor, adashmasam. «Maqtov…