9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Yangiliklar

notiq.uz > Yangiliklar (Page 4)

Shavkat Mirziyoyev: Toshkentda ilmiy tadqiqotlar uchun juda katta manba bor

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 11-yanvar kuni poytaxtimizdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishuv chog‘ida Toshkent shahri muzeyini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi. Adiblar xiyoboni yonidagi bino rekonstruksiya qilinib, mazkur muzey shu yerga joylashtirildi. Buyuk ipak yo‘lining gavjum chorrahasida joylashgan Toshkent asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va ma’rifat markazlaridan bo‘lib kelgan. Vatanimizning oltin ostonasi bo‘lmish poytaxtimiz bugungi kunda yanada rivojlanib, go‘zal va obod megapolislardan biriga aylanib bormoqda. Lekin shunday katta shahar shu vaqtga qadar o‘zining muzeyiga ega emas edi. Toshkent shahri muzeyi 2200-yillik tarixga ega bo‘lgan hududning qadim o‘tmishi, urf-odat va an’analari, ilm-fani, madaniyati va san’atini o‘zida aks ettiradi. Hozirgacha bu...

Continue reading

Poytaxtda Adiblar xiyoboni ochildi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Prezidentimiz 20-may kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi. Bu boradagi reja 2017-yil 3-fevral kuni mazkur boqqa tashrif chog‘ida begilangan edi. O‘sha yili 18-aprelda davlatimiz rahbarining tegishli qarori qabul qilinib, xiyobonning me’moriy-g‘oyaviy loyihasi ishlab chiqildi. O‘tgan vaqt mobaynida qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, 8 gektardan ziyod maydonda Adiblar xiyobonining yaxlit me’moriy ansambli yaratildi. Ilgari bu yerda sanoqli adiblarimizning haykallari bor edi. Go‘yoki, Alisher Navoiydan so‘ng iste’dodli shoirlar yetishib chiqmaganday taassurot paydo bo‘lardi. Shu bois Adiblar xiyobonini g‘oyaviy-badiiy jihatdan yanada boyitish maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg...

Continue reading

OQOLTINLIKLAR HAM MAMNUN

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Xalq bilan uchrashuv ularning manfaati va ehtiyoji bilan qiziqish, qondirish davlatimiz rahbarining doimiy et’tibori va nazoratida. Tabiiy ofatlar sabab kelgan kulfatlar arib yana nurli va xushchaqchaq kunlarga ulanib ketishi tayin. Xalq kayfiyatining ko‘tarinki bo‘lishi Prezidentnig xalq bilan yuzma-yuz muloqoti bilan ahamiyat kasb etadi.  Prezident Shavkat Mirziyoyev suv toshqinidan talafot ko‘rgan Oqoltin tumanida ham bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashdi. Uy-joylar qurish va ta’mirlash, aholi salomatligini himoya qilish, infratuzilma ob’ektlari va qishloq xo‘jaligi maydonlarini tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tildi. Oqoltin tumanining “Haqiqat” mahallasida 800 xonadondan iborat 20 ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi ta’kidlandi. Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 1...

Continue reading

BMT BOSH KOTIBINING O’ZBEKISTON PREZIDENTIGA MAKTUBI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga Janobi Oliylari! Global miqyosda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha men e’lon qilgan da’vatni qo‘llab-quvvatlab yo‘llagan maktubingiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman. Ushbu da’vat butun dunyo bo‘ylab davlat va hukumat rahbarlari tomonidan, shuningdek, mintaqaviy sheriklar, fuqarolik jamiyati va din rahbarlari tomonidan ijobiy qabul qilingani meni ruhlantirdi. Eng muhimi, ushbu da’vatga bir qator o‘zaro nizolashayotgan tomonlar boshlang‘ich ijobiy munosabat bildirdi. Mojarolardan nomutanosib jabr ko‘rgan va pandemiya oldida yanada zaif bo‘lib qolganlar uchun men hali ham xavotirdaman, tinch aholi, ayniqsa xotin-qizlar, bolalar va marginal guruhlarni himoya qilish uchun barchamiz mas’ul ekanimizni hamisha ta’kidlayman. Shu munosabat bilan Siz rahbarlik qilayotgan mamlakatning...

Continue reading

«MATONAT MADHIYАSI» YОDGORLIK MAJMUASI OLDIDA

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Mardlikni, matonatli insonlarni xotirlash va qadrlash ana shunday fazilatga ega insonlarga yarashadi. Urush davrida jasorat va matonatning ramziga aylangan faxriylar bugungi kunimiz uchun fidoyilik namunalarini ko‘rsatganlari bois doimo e’zozu ehtiromga munosibdirlar. Mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi keng nishonlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida ishtirok etmoqda. Davlatimiz rahbari 9-may kuni ushbu shonli sana munosabati bilan barpo etilgan G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdi. O‘zbekiston xalqi Ikkinchi jahon urushida g‘alabani ta’minlashga ulkan hissa qo‘shgan. Lekin bu jasoratni bor ko‘lami bilan ko‘rsatib beradigan yaxlit majmua yo‘q edi. O‘tgan yili Prezidentimiz ulkan bog‘ barpo etib, xalqimiz...

Continue reading

XOTIRA AJDOD VA AVLODLAR ORASIDAGI KO’PRIK

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Umrni oqar suvga qiyoslashadi, o‘tgan bir lahzani ham ortga qaytarib bo‘lmaydi. Lekin qilingan ezgu amallar, oradan yillar o‘tsa-da, eslanaveradi, tilga olinaveradi.  Ertalab qarzlaringizni, kechqurun qarzdorlaringizni eslang degan faylasuflardan biri. Bu yaxshilik va ezgulik orqaligina dillarga muhrlanish mumkinligi haqidagi haqiqat bor unda. Oladigan narsasi uchun emas, balki qoladigan narsalar haqida ko‘proq o‘ylash o‘rinlidir. Bu yurt himoyasi, vatan mudofaasi uchun fidoyilik hamda matonatning aks sadosidir. 9 may – “Xotira va qadrlash kuni” mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Shu  munosabat  bilan institut ma’muriyati tomonidan tashkil qilingan onlayn muloqotda professor o‘qituvchilar talabalar qatnashdi. Har bir professor o‘qituvchi garchan uyda karantinda bo‘lsa ham ularning...

Continue reading

YURTBOSHIMIZNING ELBOSHI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Ikki mamlakatning yetakchilari har doim o’zaro hurmat va ehtiromli munosabatda bo’lishgan. Teran tomirlari tutash ikki qardosh – o’zbek va qozoq xalqlarining tarixiiy an’analari va urf-odatlari ham deyarlik bir xil. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni Qozog’iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqotlari jarayonida ana shu tuyg’u ustuvorlik qildi. Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bayram – fashizm ustidan qozonilgan G‘alaba kuni munosabati bilan bir-birlarini tabriklab, mamlakatlarimiz faxriylari va birodar xalqlariga tinchlik, sihat-salomatlik va farovonlik tiladilar. Chegaraoldi hududlarda Sardoba suv omboridagi favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish maqsadida yaqin hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Jabr ko‘rgan...

Continue reading

KARANTIN QOIDASI – SALOMATLIK FOYDASI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text] Yo‘l harakatlaridan tortib gigiyena qoidalarigacha rioya etishi sog‘lik garovi. Demak, har qanday illatlarga beparvolik katta kulfatlarga sabab bo‘lishini unutmaslik kerak. Ko‘rinmas balo - kichik zarraning katta zarbasi butun dunyoni tahlikaga soldi. Shunday ekan, xotirjamlikka berilish, loqaydlikka yo‘l qo‘yish, kasallikning qaytalanishiga bois bo‘lishi hech gap emas. Prezidentimizning 7 - may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida ana shu masalalarga diqqat qilindi. Unda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. – Oxirgi paytda dunyoda har kuni 90-100 ming nafar inson bu virusni yuqtirib olmoqda, – dedi davlatimiz rahbari. – Bugunga kelib, unga chalinganlarning umumiy soni qariyb 4 millionga yetdi. Ming...

Continue reading

DAVLATIMIZ RAHBARI XXR RAISI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOT QILDI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]O‘zaro fikr almashish va muloqotlarning davlatlar uchun ahamiyati katta. Mintaqaviy ahamiyatga molik qator dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida birgalikdagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirib borish bilan bog‘liq masalalar e’tiborga molik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan 7-may kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan telefon orqali muloqotida xuddi shu masalalarga diqqat qilindi. Shuningdek, har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va XXR yetakchilari ikki tomonlama hamkorlikka doir va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar. Davlat rahbarlari koronavirus infeksiyasiga qarshi davom etayotgan kurashning eng murakkab davrida ko‘rsatilgan o‘zaro ko‘mak va...

Continue reading

XOTIRLASH — EHTIROM VA E’ZOZ ESHIGI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Har bir zamonning, har bir makonning o‘ziga yarasha muammolari bo‘ladi. Tabiiy ofatlar, turli ijtimoiy hodisalar, vabo, davlatlararo urushlar buning yaqqol ko‘rinishidir. Bular aslida, xalqlar oldidagi sinov, mashaqqatli dovonlardir. Qaysi xalq metin irodaga, temir intizomga, bag‘rikenglik va olijanob fazilatlarga ega bo‘lsa o‘sha xalqning g‘alabasi muqarrardir. Bu fikrning isbotini ikkinchi jahon urushi misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Urush atalmish mudhish yovuzlikka qarshi kurashda xalqimiz tomoshabin bo‘lib turgani yo‘q birinchilardan bo‘lib yurt himoyasi uchun jangga otlandi. Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada O‘zbekiston xalqining jang maydonlarida va front ortida ulkan jasorat va matonatini inkor etish insofdan emas. Tasavvur qiling, o‘sha paytda O‘zbekiston aholisi 6 yarim...

Continue reading