Yutuqlar ko’rgazmasi

Har bir davrning o’z talabu taqozosi bor. Bugungi taraqqiyot, innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi, fanlararo integratsiyalashuv jarayonlari yangi ixtirolar va turli sohalar bo’yicha yaratilgan kashfiyotlar orqali o’z ro’yobini ko’rsatadi. Bu borada tashkil etiladigan yarmarkalarning ahamiyati katta. Xuddi shu ma’noda, poytaxtimizdagi “O’zekspomarkaz” majmuida 2016 yil 11 may kuni Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar IX respublika yarmarkasi ish boshlagani e’tiborga molik. Shu haqda O’zDSMI Teatrshunoslik yo’nalishining 2 — bosqich talabasi Sevinch Odilovaning  “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasiga ilk qadam” nomli maqolasini keltiramiz.

Boshqaruv madaniyati notiqlik san’ati bilan

Boshqaruvda ikki asos — nutqiy va xulqiy madaniyat omixta bo’lmas ekan, ish unumi va jamoadagi o’zaro mehru oqibat va ishchanlik muhiti haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. Xuddi shu dolzarb va tahlikali davrning o’zi taqozo etayotgan ayni damda bu masalaning muhim muammo sifatida qo’yilishi bejiz emas. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Madaniyat va sport ishlari vazirligi tizimidagi tashkilotlar, muassasalar hamda hududiy boshqarmalar rahbarlarining qisqa muddatli o’quv kurslarida malaka oshirish mashg’ulotlari o’tkazilmoqda.

Adabiyot — ko’ngil gulshani

Ko’ngil ko’zgusi va gulshani deya e’tirof etiluvchi badiiy adabiyotning ijtimoiy hayotdagi o’rni bo’lakcha. Shuning uchun ham badiiy ijod ahlini inson ruhining injenerlari deb bejiz aytishmagan. Yuqoridagi nom ostida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirning tashkilotchilaridan biri Piskent  tumani  1-UO’T  maktab  til  va  adabiyot  fani  o’qituvchisi  Gulchehra  Mutalovadir. Quyida ularning axborotlarini keltiramiz.

Ozod yurt — obod yurt

Qalb xotirjamligi va tanisihatlik  ulug’ ne’mat ekanligi hadislarda aytib o’tilgan. Shunday ekan, inson obod va ozod yashashni niyat qiladi, shunga intiladi ham. Eng ulug’ ish inson ko’nglini shod etishdir. Shu xususda buyuk mutaffakkir Alisher Navoiy shunday deganlar: Kimki bir ko’ngli buzuqning  xotirin  shod aylagay, Oncha borkim, Ka’ba vayron bo’ldi obod aylagay. Ko’ngil  shodligi  ko’ngil   obodligidan  …

Insho — ijodiy ish

Insho yozish chinakam ijodkorlikdir. Turli mavzuda hamma ham yozishi mumkin. Lekin gap qanday yoza olishda. Gap mavzuda ham emas, gap tanlangan mavzuni qay darajada yorita olish bilan belgilanadi. Mavzular ichida salmog’i, teranligi, mohiyati bilan keskin ajralib turadigani borki, bu vatan mavzusi, kindik qon to’kilgan makonga muhabbat tuyg’usidir. Har bir o’quvchi o’zi tug’ilib voyaga yetgan yurtning…

Yangi farmon — El tiliga moyai darmon, dilida ushalgan armon

Har bir qonun, qaror va farmonlar o’sha soha vakillariga ayniqsa, ruh bag’ishlaydi, ishiga unum va mazmun baxsh etadi. Prezidentimizning bu farmoni filologlarga katta mas’uliyat hissi va majburiyat burchini yuklabgina qolmasdan, balki o’zlarining adabiyotga, ma’naviyatga e’tibor kelajakka e’tibor mazmunidagi o’gitlariga hamohang jarangladi. Ushbu farmon bilan mutafakkir, avliyo, shoirlar sultoni Alisher Navoiyning ruhi yana bir bor shod etildi. 

Insonparvarlik omili

O’tganlar ruhini shod etish haqlariga qilinadigan tilovat bilan bo’lsa, yod etish esa ziyorat bilandir. Har ikkalasi ham azaliy urfimiz va milliy qadriyatlarimizdandir. “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan respublikamizning barcha hududlarida Ikkinchi jahon urushida vafot etgan yoxud bedarak ketganlarni yodlash borasida ular sharafiga o’rnatilgan yodgorlik oldida bosh egish va gulchambarlar qo’yish bir necha yildirki, an’ana…

Shon-u sharaf bayrami

Xotiraning azizligi, qadriyatning muqaddasligi faqat insonparvarlik tamoyillari ustun bo’lgan jamiyatdagina mazmun va mohiyat kasb etadi. Ikkinchi jahon urushidan qaytmagan 435 mingdan ziyod eldoshlarimizning nomlari Xotira maydonida zarhal harflar bilan qayd etilgani va har yili ularni xotirlash bilan bog’liq tantanalarning muntazam ravishda o’tkazib turilishi ham yuqoridagi fikrimizning dalilidir.

Kasbim faxrim bo’lishi uchun

Nimaiki narsa haqida fikr bildirish uchun, albatta, shu haqda tushuncha va bilimga ega bo’lish zarur. Faktlarni aniq bilish va sohaning spetsifik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda gapirish bilish bilimdonlikni va ayni paytda nutq madaniyatini chuqur egallashni taqozo etadi. Inson o’z kasbida kamol topishi uchun notiqlik san’atini yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak. SHundagina u o’z kasbining faxrli va qadrli insonlariga aylanishi mumkin. Xuddi shu savol bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachilik tizimida rahbarlik lavozimlariga zahira kadrlarni tayyorlash guruhi tinglovchilariga murojaat qildik.

Posbon va mas’ul kotib mas’uliyati

Kasblar ham, hunarlar ham ko’p. lekin barchasini umumlashtiradigan bir jihat borki, bu e’tibor va javobgarlikdir. Yurt tinchligi va osoyishtaligining muhim mezoni oila, mahalla va maktab uchbirligi bilan bog’liqligi ayon. Shuning uchun ham oila tinch ekanki, mahalla tinch. Mahalla tinch bo’lsa yurtda, jamiyatda osoyishtalik va tinchlik hukmron bo’lishi tayinligi ayni haqiqat.