Chorak asrda ta’lim taraqqiyoti

Bu yil mamlakatimiz mustaqillikka erishganligining 25 yilligi faxru iftixor bilan qarshilanadi. Chorak asr mobaynida ta’lim sohasida erishilgan yutuqlarni beixtiyor sarhisob qilgisi keladi kishining. O’tgan davr mobaynida ta’lim tizimida katta islohotlar amalga oshirilganidan ko’z yumib bo’lmaydi, albatta. Ta’lim tizimining oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalar,  ta’lim muassasalari faoliyati tubdan yangilandi. Istiqbolning mevasini, Istiqlolning tub mazmunining ta’lim talabisiz tasavvur etish qiyin.

Insho — ko’ngil imzosi

Joriy yilning 15 iyun kuni ilmu ma’rifatga tashna, ma’naviyatga oshno qalblar, o’z umrining mazmunini ta’limiy va tarbiyaviy mehr bilan bog’lagan murabbiylar, poytaxtimizdagi go’zal va muhtasham “Kinochilar uyi”da jamuljam bo’lishdi. Chunki u yerda o’qituvchilarning ilmiy intellektual salohiyatini, aniqrog’i yozma ijodkorlik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan “Mustaqillik yillarida ta’limda erishilgan yutuqlar” mavzusidagi insholar tanlovi g’oliblarini taqdirlashga bag’ishlangan  ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

E’tiborga tushishning siri

Shunday fazilatlar borki, hammaning e’tiboriga tushishga zamin hozirlaydi. Bu o’zini tutish, so’zlash san’ati va muomala madaniyatini obdon egallash bilan bog’liq. Ish jarayonida xush va noxush holatlarning sodir bo’lishiga ham aksariyat hollarda ana shu jihat bois bo’ladi. O’zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi O’quv markazi mana uch yildirki, o’z tasarrufidagi xodim va rahbarlarning nutqiy faoliyatini mukammallashtirishni niyat qilgan holda o’quv mashg’ulotlarini joriy etishgan. Navbatdagi mashg’ulot ishtirokchilari ham bu borada o’z mulohazalarini bildirdilar.

Ikkita kitob taqdimoti

Kitob taqdimotining xayrli tomoni bor. Kitobxonni ham, kitobsevarni ham, bilgan-bilmagan muxlislaringizni ham bir joyga jam qiladi. U yerda diydorlashuv bahonasida fikr almashuvlar, mulohaza, munozara, muhokama — bari uyg’un bo’ladi. Kitob nutq va fikrni o’stirishning manbai ekanini 4 — iyun kuni Alisher Navoiy nomli O’zbekiston Milliy kutubxonasining 5 — qavatidagi katta zalida TVXTXQT va malakasini oshirish instituti jamoasi tashabbusi bilan o’tkazilgan “Til, nutq – tafakkur va milliy g’oyamiz quroli” nomli ma’rifiy tadbirda yuqoridagi mulohazalarning asosini ko’rish mumkin.

Samarali anjuman

Ilmiy-amaliy konferensiya va turli xildagi anjumanlardan ko’zlangan maqsad zamirida tajriba almashish, hamkorlik va yangiliklardan boxabar bo’lish ehtiyoji yotadi. Pedagoglarning bugungi kundagi faoliyati, o’z kasbiga munosabati kelajagimizning tayanch kuchi bo’lgan yoshlarga, xususan ularga berilayotgan ta’limning sifati va samaradorligiga bog’liq.

Xalqaro hamkorlik samaralari

Joriy 2016 — yilning 16-20 — may kunlari O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Rouz Brouford kolleji mutaxassisi, aktyorlik mahorati va ovoz ustida ishlash bo’yicha rejissor va trener Djon Taker “Sahna nutqi” kafedrasi professor-o’qituvchilari uchun mahorat kursi o’tkazdi. Shu kunlar mobaynida Britaniyalik mutaxassisga institutning talabalari yaqindan yordam berdi.