Baxt qomusi

Har bir insonning baxti va jamiyatning ravnaqi huquqiy me’yorlarning to’g’ri belgilanishi bilan bog’liqdir. Ijtimoiy hayotimizdagi quvonchli hodisalardan biri Respublikamiz konstitutsiyasining 24 — yilligi bo’lsa, ikkinchisi qizg’in pallaga kirgan prezidentlik saylovi jarayonlaridir. Respublika ma’naviyat targ’ibot markazi tashabbusi bilan bir guruh ziyolilardan tarkib topgan guruh turli viloyat, tuman va shaharlarda mehnat jamoalari va ta’lim muassasalarida uchrashuvlar asnosida targ’ibot ishlarini olib borishmoqda. Ijodiy xizmat safarida bizning guruhda falsafa fanlari doktori Sayyora To’ychieva, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibasi, iqtidorli shoira Munavvara Usmonova, O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrining iste’dodli aktyorlari Sulhida Parpieva va Abduma’ruf Qodirovlar targ’ibot ishlarida jonbozlik ko’rsatishdi.

Nutqiy kamolot yo’lida

Nutqiy kamolotga erishish uchun tinimsiz mashq kerakligini ular yaxshi bilishadi. Insonning martabasi uning nutqdan foydalanishi va fikrini ifoda etish darajasi bilan bog’liq. O’zlarining kasbiy faoliyatida nutq madaniyatining o’rni  va ahamiyati borasida qimmatli mulohazalarini bildirgan tumanlararo g’aznachilik bo’linmasi boshliqlari ritorika fanidan o’z bilimlarini oshirdilar.

Ikkinchi umrini boshlagan Prezident

Inson xotirasi aziz va muqaddasligining e’tirofi iymondandir. O’z umrini xalqiga baxshida etgan insonlarning oramizdan ketishi elu yurtning chuqur qayg’usiga, kulfatiga  bois bo’lishi aniq. Bir necha kundirki, qayg’u alamdan xalqimiz hali o’ziga kelganicha yo’q. Millat otasi Islom Karimovning vafoti munosabati bilan o’tkazilayotgan xotira darslarida ham ana shu fikrlar e’tirof etilmoqda.

Chorak asr shukuhi

Mustaqil O’zbekiston uchun 25 yil tarix oldida kichkina raqam bo’lsa ham u asrlarga tatigulik ulkan voqealar qutlug’ sanalarni o’zida mujassamlantirgani rost. Xalq xo’jaligining turli jabhalarida, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy sohalarda bo’lsin, erishilgan ulkan yutuqlar zamirida tanlangan yo’lning to’g’riligi va odil siyosat yotibdi.

Bayram oldi tadbirida

Milliy-tiklanish.jpg3Eng aziz va eng mo’’tabar bayramimiz Respublikamiz Davlat mustaqilligining 25 yilligiga tayyorgarlik turli mehnat jamoalarida qizg’in ravishda davom etmoqda.  Joriy yilning 17 avgust kuni soat 15.00 da O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda Toshkent shahar Statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda  ana shu qutlug’ va ulug’ bayramimizga bag’ishlangan “Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!” shiori ostida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” mavzusida o’tkazilgan davra suhbati ham ko’pchilikda iliq taassurot qoldirdi.

70 ga yetmishlar

Ilmu fan va ta’limga e’tibori ustuvor bo’lgan jamiyatning kelajagi buyuk va porloq bo’lishi tayin. SHunday ekan, ta’lim va tarbiyani umrining mazmuniga aylantirgan insonlarning fidoyiligi, jonkuyarligi, tashabbuskorligi va tashkilotchiligi hamisha tahsinga loyiq. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti jamoasining tashabbusi bilan o’tkazilgan “Uzluksiz ta’lim tizimini kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish masalalari: muammolar va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi ham ana shu xayrli maqsad bilan uyg’unlashib ketdi.

Ulug’ bayram oldidan

Chorak asr mustaqillik atalmish mustahkam qasr bilan bog’lanishida hikmat bor. Tarix oldida bu kichik raqam bo’lsa ham, uning shukuhi xalqimiz o’zbek millati tarixida alohida rol o’ynaydi. Bayramlar ichida xalqimizning hayotida alohida qiymatga ega bo’lgan davlat mustaqilligi e’lon qilingan kun shonli va sharafli bayram sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan turli idora va tashkilotlarda ana shu qutlug’ sanaga bag’sihlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan o’tkazilmoqda. Shulardan biri O’zbekiston Respublikasi IIV qorovul qo’shinlarining 35-74 — sonli harbiy qismda bo’lib o’tdi.

Milliy tiklanish sari

Mustaqillik atalmish mustahkam qasr ayni damda chorak asr bilan bog’lanar ekan, bu sana xalqning yuz yillarda ham egallash mushkul bo’lgan ulkan marralarni zabt etgani bilan xarakterlidir. Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan o’tkazilayotgan tadbirlarda ana shu e’tirof hukmron. O’zbekiston Respublikasi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining tashabbusi bilan tibbiy muassasalardan biri Respublika Dermatologiya va Venerologiya ilmiy amaliy markazida o’tkazilgan tadbir ham ana shu maqsadga, yurt tinchligi va osoyishtaligi jamiyatning iqboli va istiqboliga daxldorligiga bag’ishlandi. Tadbir «Tinchlik va osoyiwtalik barcha yutuqlarimiz asosi» mavzusida bo’lib o’tdi.

Yoshlar ertangi kunning kuchi

Yoshlarga e’tibor masalasi istiqbolga daxldor bo’lgani bois ularning zamonaviy ta’lim va turli kasb hunarlarni egallashi, keng dunyoqarashga ega bo’lishi borasida qanot bo’lishimiz davr talabi. Xuddi shu ma’noda yoshlar o’rtasida o’tkaziladigan forumlarning ahamiyati katta. Kuni kecha “Yoshlar ijod markazi”da tashkil etilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” ko’rik tanlovi  mohiyat e’tibori bilan qimmatlidir.