Komendaturada ma’naviyat soati

Erishilgan yutuqlar,egallangan marralar o’z-o’zidan bo’lmayotganini bilish va bildirishning o’zigina kifoya qilmaydi. Endilikda uni asrash uchun, qadriga yetish uchun kurashchanlik va himoya qilish ruhi zarur. Ma’naviyat targ’ibotchilari davr barometri sifatida Milliy g’oyamiz va mustaqillik mafkurasini mustahkamlash va himoyalash borasida puxta bilim va tajriba, malaka va ko’nikmaga ega bo’lishlari kerak. Inson o’zini, so’zini, uyini, oilasi sha’nini himoya qilishga tayyor bo’lgani singari o’z vatanining, xalqining pirovard maqsadlarini amalga oshuvida o’z kuchini, bor qobiliyatini, kurashchanlik salohiyatini ishga solishni bugungi tahlikali, qaltis davrning o’zi taqozo etmoqda.

Trilogiyadan tetralogiyaga

Bundan 18 yil muqaddam xuddi shu kun, xuddi shu soatda, ya’ni 16 fevralda poytaxtimizda bir guruh ekstremistlar Respublikamizning Birinchi Prezidentiga suiqasd qilishgandi. Bu mudhish voqeani eslashdan maqsad tinchlikning qadriga yetish, terroristik harakatlarga qarshi turish, fuqarolarimizda vatan taqdiriga daxldorlik va burchdorlik tuyg’usini oshirish, mustaqillikni saqlash borasida istiqlol me’mori Islom Karimovning jonbozligi va jasorati haqida atroflicha ma’lumot berishdir.

“Wunderkind”dagi ta’lim

Ta’lim va tarbiyaning qayerda, kimdan va qachon olinishi  emas, balki uning mohiyati, sifatu samarasi ahamiyatli. Ta’limning sifati ko’p jihatdan uning ta’sirchanligiga bog’liqligi ayon. Ta’sirchan ta’lim o’quvchining qiziqishi, e’tibori, mayli va ichki xohish istaklarini nazarda tutadi. Diqqatni tortmasdan, qiziqish uyg’otmasdan beriladigan ta’lim go’yoki u quloqdan kirib bu quloqdan chiqib ketgani kabidir.

Xalq yozuvi — haq yozig’i

Avlodlarni ajdodlar bilan bog’laydigan ma’naviy kashfiyotlardan biri bu yozuvdir. Moziyni bugun va istiqbol bilan bog’laydigan yozuvlar barcha davrlarda barcha xalqlarga xizmat qilib kelgan. Xalqimiz o’z o’tmishi mobaynida turli yozuvlarni istifoda etib kelgan. Oromiy, so’g’d, baqtriya, xorazm, O’rxun-Enasoy, arab, qadimgi uyg’ur, kirill, lotin kabi yozuvlardan foydalanishi tarix va taqdir taqozosi bo’lgan.

Yodlash — ruhni shodlash

Tibbiyot xodimlari davrasida, uchrashuvlarda ko’p bor bo’lganmiz. Ular ustlaridagi oq liboslari kabi xalqimiz salomatligiga posbon va shu xayrli ishga kamarbasta. Odamzot tug’ilgan paytda ilk ko’z ochganda oq libosdagi siymoni ko’radi, dunyodan o’tayotganda ham ana shu libosdagi insonga termulib dunyodan ko’z yumadi. Tug’ilish va o’lim bor hodisa. Gap ana shu ikkita eshik orasida qanday yashashda.

«Suiqasd»ning taqdimoti

Kitoblar borki, ular insonga chuqur ma’lumotgina berib qolmay, balki unga estetik zavq baxsh etadi, hayot mohiyati borasida falsafiy umumlashma ma’no beradi. Xuddi shunday hujjatiylikka, real voqealarga asoslangan kitoblardan biri iqtidorli yozuvchi Akbar Mirzoning “Suiqasd” romani taqdimoti O’zbekiston milliy matbuot markazida 2017 yilning 25 yanvar kuni bo’lib o’tdi. Unda yozuvchi va jurnalistlar, noshir va mutasaddi xodimlar hamda kitobsevar muxlislari ishtirok etishdi. Roman asosan Vatan mustaqilligini saqlash yo’lida jonini fido qilgan Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlariga bag’ishlangan.

Ta’lim talabi bilan Termizdamiz

Hamkorlik pedagogikasi, uzluksiz ta’lim hamda uning sifatu samarasi bugungi kunda har qachongidan ham muhim va dolzarbdir. Berilayotgan ta’lim va tarbiyaning sifati olinayotgan ta’lim va tarbiyaning samarasiga bog’liqligi ayon. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining tashabbusi, Toshkent viloyat XTXQTMO instituti hamda Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining tashkilotchiligi asosida “Kasbiy faoliyatda hamkorlik” mavzusidagi ikki kunlik seminar o’z ishini boshladi.