Salohiddin Kamolov: Fidoyi

Men Komiljon Otaniyozov bilan viloyat teatrida birga ishlab, u ijro etgan qator rollarni ko’rganman. Sobir Abdullaning “Tohir va Zuhra” muzikali dramasida menga shoir Nozim, Komiljon Otaniyozovga Hofiz obrazini berishdi. Hofiz shu qadar hayajonli, to’laqonli bo’lib chiqdiki, uni sahnadagi holatlarini ifodalash og’ir. Tomoshabin ko’p bo’lardi.

Sherali Jo’rayev: Ibrat maktabi

Respublikamizda biron san’atkor yo’qki, Komiljon Otaniyozovning ijrochilik san’atidan o’rganmagan bo’lsin, uning maktabidan oziq olmagan bo’lsin. Men ham yetuk hofizimizning ijrochilik san’atidan bebahra qolmaganman. Komiljon Otaniyozov ijrosidagi menga yoqadigan tomonlaridan biri – qo’shiqlarni chertib-chertib so’zlarni joyiga qo’yib, optimistik ruh, yolqinli ehtiros bilan aytishlaridir. Komiljon Otaniyozov siymosida, uning san’atkorlik faoliyatida qadrulabad fazilatlar ko’p bo’lgan. U kishining xalqchil, elini, yurtini o’ylab…

Abdulla Hasanov: San’at chamanining bulbuli

Xorazmliklar bilan Toshovuzliklar o’rtasidagi do’stlik va qon-qardoshlik rishtalari azaliy bo’lganligidanmi yoxud ikkala xalqning urf-odati, dunyoqarashidagi uyg’unlikdanmi, xullas, ularning hayoti, turmush tarzi bir-biriga jips bog’langan. Men bu xususiyatni bir- biri bilan yondosh hayot kechirayotgan ikkala xalqning o’zaro samimiy munosabatlari bilangina bog’lamoqchi emasman.

A. Hasanov: Biz shunday yashadik

Qo’shiqqa boqiy umr baxsh etgan inson – betakror sozanda, bulbuligo’yo xonanda Komiljon Otaniyozovning san’atkorlik qirralari haqida emas, balki uning shu iste’dodining kamolot zinapoyasiga  yetkazgan muhit, uni beshik misol allalagan oila, unga hamroz bo’lgan san’atsevar xalq xususida bir so’z demoqlikni burch deb bildik. Biz Urganch shahrining “O’zbekiston 40 yilligi” ko’chasidagi mo’jazgina xonadonga kirib kelganimizda Komiljon Otaniyozovning…