Notiq bo’lish orzusidagi yosh notiq

Yurtimiz yoshlari orasida shijoatli, intiluvchan, eng muhimi, izlanuvchan ijodkorlarning borligi ertangi kunga, davlatimizning istiqboliga ishonch va umid tuyg’ularini uyg’otishi tabiiy. Ana shunday iste’dodlarni qo’llash va ularni ulug’ maqsadlarga yo’llash, g’amxo’rlik ko’rsatish, ijodlarini yanada quloch yoyishiga imkon tug’dirish davlat siyosati darajasiga aylangani ham bejiz emas. Bu esa insonni hamjihatlikka, vatanparvarlikka, yurt ishqida yonishga chorlaydi.

Ruhiyat oynasi

Ko’z va qalb ehtiyoji so’zni chorlaydi. U esa tafakkur hosilasi sifatida qog’oz yuzini ko’radi. Voqelikka faol munosabat qalam, mikrofon va videokamera orqali o’z ro’yobini namoyish etadi. To’rtinchi hokimiyat sifatida e’tirof etiluvchi ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlarning mas’uliyati hardamda, har qadamda yuksak bo’lgan. Yangiliklar, xabar va ma’lumotlarni shunchalik e’lon qilibgina qolmasdan, balki endilikda tahliliy va tanqidik…

Zarafat Raximova: Amir Temur va temuriylar davrida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaning rivoji

Temur ilm fan va san’at namoyandalarini o’z himoyasiga olgan. Ma’lum sharoitlar yaratgan, ularning tirikchiligi, ijodiy faoliyatlari davlat hisobiga olingan. Temur davlati sa’yi harakatlari tufayli XIV asr o’rtalari, XV asr boshida Samarqandda astronomiya, tibbiet, riyoziyot, falsafa, tarix kabi fanlar, me’morchilik, adabiyot, san’at, xattotlik va musiqa san’ati gurkirab o’sadi, ko’p olimlar, san’atkorlar yetishib chiqadi.

So’zning ijtimoiy xoslanishi (Aim.uz dan)

Sharq mutafakkirlarining so’zning ijtimoiy xoslanishi  haqidagi qarashlari

  1. Kaykovus va “Qobusnoma” asarida nutq odobi muammolari. Hozirgi vaqtda nutq odobi deb yuritilayotgan nuqtai nazarlar juda qadimda yashab o’tgan ajdodlarimizning tafakkuri mevasi sanaladi. O’tmish yozma obidalarining ba’zilarida nutq va notiqlikning talablari ancha keng aks ettirilganligini ko’ramiz. Bu jihatdan Kaykovusning «Qobusnoma» asarida aytilgan mulohazalar katta ahamiyatga egadir.

Navoiy nazdinda nutq

Бирон сўз санъаткори йўқки, тил, сўз, нутққа эътибор қилмаган бўлсин. Ҳатто, диний таълимотда дунёнинг яралиши ва тугашини ҳам сўз билан боғлаш мавжуд. Парвардигорнинг «Бўл!» деган хитоби билан ўн саккиз минг олам яралган. Унинг кунфаякун бўлиши ҳам сўз билан дейилади. Бу бежиз эмас.