Til amaliyot bilan hayot

Ijtimoiy vosita quroli sifatida tilga ta’rif beriladi. To’g’ri, lekin biz tildan unumli, to’g’ri va to’la foydalana olayapmizmi degan savol ko’ndalang tursa, biroz xijolat chekamiz. Maktabgacha ta’lim muassasalaridan tortib oliy o’quv yurtlarigacha bo’lgan ta’lim muassasalarida ona tili, nutq madaniyati fan sifatida muntazam ravishda o’qitiladi. Nazariy ma’lumotlar obdon o’quvchi yoki talaba ongiga keragidan ortiq ham singdiriladi.

Mutolaa — muloqot ko’prigi

Kishilik dahosi va zakosining muhim kashfiyoti yozuv paydo bo’libdiki, asrlarni asrlarga, davrlarni davrlarga, ellarni ellarga bog’laydigan kitob va uni chop etish, tarqatish hamda mutolaa etishga ruhiy ma’naviy ehtiyoj ham paydo bo’lgan. Fir’avn hukmdorlaridan biri Ramzes-2 kutubxonaga “ruhiy darmon” deya bejiz ta’rif bermagan. Inson ruhiyati va kayfiyati kitob mutolaasi bilan ham mohiyatlidir.

Dilorom Sagdullayeva: Siz baxtlimisiz?

Odatda, ikki kishi bir joyda o’tirib qolsa, suhbat uchun mol-davlat, dunyo matohlaridan boshqa arzirli mavzu topilmaydi. Shukr,  minnatdorchilik ifodalangan jumlalarni har doim ham eshitavermaymiz. Singlim bilan suhbatlarimiz ham shunday kechardi. Ko’z-ko’zga tushib uchrashganimiz daqiqamizdan singlim oilaviy yetishmovchiliklardan nolib, “boshqalarday mazza qilib” yasholmayotganidan noligani noligan edi. Har qancha urinsam ham baribir singlimdagi tushkun kayfiyat o’rnini shukronalik…

Fidoyilik shaydoyilikdan boshlanadi

Har bir oliy o’quv yurtining poydevori albatta, undan oldingi ta’lim bosqichi hisoblanadi. Xuddi shu ma’noda Toshkent madaniyat kolleji o’z yo’nalishi bo’yicha qator mutaxassisliklar tayyorlaydigan ta’lim muassasalaridan biridir. Mazkur kollej 1992 — yilda “Havaskor kino-foto, video studiya rahbari”, 2002 — yilda “Kino-foto, video studiya rahbari”, 2003 yilda “Kinoteleoperatorlik”, 2011-yildan boshlab “Tele-video operatori” yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlab kelmoqda. Hozirgi  vaqtda “Tele-video operatori” ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar Toshkent madaniyat kolleji  hamda  Respublika televidenie va radio kollejida ham tayyorlanmoqda.

Durdona O’roqova: Ishonch va mas’uliyat

“Sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi” talabasi O’roqova Durdona Bonuning qarashlari bilan oshno bo’laylikchi.    Biz halqimizning  dunyoda  hech kimdan  kam bo’lmasligi,  farzandlarimiz bizdan  ko’ra kuchli, bilimli, dono  va albatta   baxtli  bo’lib yashashi uchun  bor kuch  va imkoniyatlarimizni  safarbar  etayotgan  ekanmiz,  bu borada  ma’naviy tarbiya  masalasi, hech  shubhasiz, beqiyos  ahamiyat kasb etadi. I.Karimov   Insonning bosib o’tgan har bir…

Intellektual avlod

Aqlan, ruhan va jismonan sog’lom avlod har qanday jamiyatning istiqboliga xizmat qilishi muqarrar. Shunday ekan, intellektual salohiyat masalasi hamisha dolzarbligicha qolaveradi.  O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Teatrshunoslik” bo’limida bakalavr va magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatib hozirda xuddi shu institutning  “San’atshunoslik va madaniyatshunoslik” kafedrasi o’qituvchisi sifatida faoliyat yuritayotgan Xamidova Shaxlo Shermatovna yuqoridagi muhim muammoga e’tiborini qaratganlar. O’qing va mulohazalaringizni bildiring.