Faollikka fidoyilik

Istiqbol haqida, yurt kelajagi borasida so’z yuritiladigan bo’lsa, albatta yoshlar haqida, ularning kamoloti va ta’lim-tarbiyasi haqida qayg’urish  zaruriy ijtimoiy hodisadir. Faol bo’lmagan, jipslashmagan yoshlarni uyushtirish ularni vatan taqdiriga, yurt qismatiga befarq bo’lmasdan xalq manfaati yo’lida xizmatga kamarbasta qilishga da’vat muhim hamda dolzarbdir.

Til — tibbiyotning ilk yarog’i

Tibbiyot xodimlari tilning o’z faoliyatlaridagi o’rnini juda yaxshi idrok etishadi. Tibbiyotning otasi bo’lgan Abu Ali ibn Sino shifo quroli to’g’risida so’z yuritarkan, dastavval tilni, so’ngra dori darmonni, nihoyat tig’ni, ya’ni jarrohlik yo’lini qayd etgani barchamizga ma’lum. Shuning uchun ham tabiblarning faoliyati haqida so’z yurita turib Navoiy hazratlari o’z davrida ushbu hikmatni keltirganlari bejiz emas.

Voqelikka badiiy nazar

Olam va odam munosabatlariga tiyrak ko’z bilan nazar tashlash, vatan taqdiriga daxldorlik tuyg’usi bilan yashash ijod ahlida o’zgacha kechadi. Uning sevinchi ham, kuyunchi ham qalb prizmasi orqali badiiy haqiqatga do’nadi. Toshkent viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o’tkazilgan, iste’dodli shoir va jurnalist Muhammad Ismoil ijodiga bag’ishlangan ma’naviy va ma’rifiy tadbirda ham ana shu ruh hukmronlik qildi.

Xolding kompaniyasida

Kasbiy faoliyatda, targ’ibot va tashviqotda nutq madaniyatining o’rnini his etish, bugungi kunda mafkura, ma’naviyat va ma’rifat, ijtimoiy siyosiy va xalqaro munosabatlarda  nutqiy malakaning o’rni muhim ahamiyat kasb etganini hamma yaxshi tushunadi. Kuni kecha “O’zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi jamoasi bilan o’tkazilgan muloqotda ham ana shu ma’naviy ehtiyoj borasida so’z ketdi. Tadbirda tilshunos olim Rahimboy Jumaniyozov ishtirok etdi.

Innovatsion faoliyat

Йил бошидан Халқаро конференция тўпламида мақолангиз чоп этилса, албатта, шод бўласиз. Меҳнатингиз беиз кетмаганлигидан мамнун бўласиз. Янада куч ва ғайратга тўлиб шижоат билан ишлайсиз, ўзга касбдошларингизни ҳам шу ишга сафарбар этасиз, чорлайсиз. «Ўқитувчининг инновацион фаолиятини ташкил қилиш: муаммо ва ечимлар» номли илмий мақолалар тўплами 520 саҳифадан иборат. Шунинг 80-83 бетларида каминанинг «Нутқ маданияти ва нотиқлик…