9:00 - 18:00

Dushanbadan - Shanbagacha

+(99890)994-60-90

Murojaat uchun

Facebook

Instagram

 

Author: Rahimboy

notiq.uz > Articles posted by Rahimboy (Page 6)

Депутат: Ички ишлар — ичимиздаги ишкалми ёхуд хиёнат?

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]2005 йилдаги Андижон воқеаси мени қанчалик ларзага солиб йиғлатган бўлса, куни кеча яна шу ҳудудда содир бўлган хунрезлик мени нафратлантирди. Биринчисида Ватанни асрашга отланган халқ, бугун ўз фарзанди ўлимига сабабчи бўлиб турибди. 2005 йилдаги Андижон воқеаси сабабчиларини “Ватан хоинлари” деб атадик. Кечаги ҳолатда ёшгина аёлини тул қолдириб, 3 та норасидани етим қилганларни ким ёки нима деб атаймиз?! Пандемияда даврида шифокорлардан кейин қаҳрамонликка даъвогарлар шулар эмасмиди?! Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 10 апрелдаги “Ички ишлар органларининг фаолияти самарадорлигини тубдан ошириш, жамоат тартибини, фуқаролар ҳуқуқлари, эркинликлари ва қонуний манфаатларини ишончли ҳимоя қилишни таъминлашда уларнинг масъулиятини кучайтириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармонида “ички ишлар органларини аҳолига...

Continue reading

БЎЙИ ЖЎЙИ МЎЛИЁН…

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Султонмурод ОЛИМ   Бадиа   Ислом конференциясининг  Таълим, фан ва маданият масалалари бўйича ташкилоти ‒ АЙСЕСКО (ISESCO) Бухоро шаҳрини 2020 йилда “Ислом маданияти пойтахти” деб эълон қилди.  2007  йили Тошкент шаҳри худди шундай шарафга муяссар бўлган эди.  Ўзбекистонимиз тарихида, маданияти, маънавияти ва адабиёти ривожида  Бухоронинг айрича ўрни ва аҳамияти бор. Ушбу мақола ҳам шундан далолат беради.   Бухоро зиёратини нимадан бошлаш керак?..   Бухоро вилоятининг Вобкент туманидаги Қирғизон қишлоғида туғилиб ўсганман. Тилим ўзбекча чиққан. Қирғиз ‒ ўзбек уруғларидан бирининг номи. “Қирғизон” сўзи “қирғизлар” деган маънони англатади. Ҳар қандай боланинг тили чиқиши – бу дунёдаги мўъжизаларнинг мўъжизаси ҳисобланади. Инсонгагина Худо ақл берган. Лекин тилни инсоннинг ана шу ақли яратган....

Continue reading

Iqtisodiyot barqarorligini ta’minlash bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar belgilandi.

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Koronavirus pandemiyasi butun dunyo uchun katta sinov bo‘lmoqda. Vujudga kelgan global inqiroz barcha mamlakatlar iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatyapti. Jahon bankining prognozi bo‘yicha 2020-yilda yalpi global mahsulot 5,2 foizga, AQShda yalpi ichki mahsulot 6,1 foizga, Rossiyada 6 foizga, Yevropa Ittifoqida 9,1 foizga tushishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Xitoyda 1 foiz, O‘zbekistonda esa 1,5 foiz iqtisodiy o‘sish bo‘lishi taxmin qilinmoqda. O‘tgan uch oyda yurtimizda iqtisodiyot tarmoqlariga 2,3 trillion so‘m soliq imtiyozlari berildi, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 3,6 trillion so‘m ajratildi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari yangicha yondashuv va...

Continue reading

MASOFAVIY MAGISTRLIK HIMOYASI

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Oliy ta'lim muassalari tizimidagi ilk qadam bakalavr bosqichi bo‘lsa, ikkinchi qadam magistrlik yo‘nalishidir. E'tirof etish joizki, bundan muvaffaqiyatli o‘tganlar ilm yo‘lidagi uchinchi, to‘rtinchi dovonlarni ham zabt etishga qobil va qodirdirlar. 2020-yil 8-iyun soat 10:00. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Pandemiya sharoitida Karantin choralariga amal qilgan holda masofaviy ta'lim, online ishlar hamda xodimlar faoliyati davom etmoqda. Bugun ayni mana shu soatda Institut rektorining 2020-yil 18-maydagi 346-A/F-sonli buyrug'ida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Magistratura bo'limi, Iqtisodiyot kafedrasi 5A-232401- "Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish" magistratura mutaxassisligi bitiruvchi bosqich magistrantlari Magistrlik dissertatsiya ishi bo'yicha tasdiqlangan Yakuniy Davlat attestatsiya komissiyasi raisi...

Continue reading

Гуллола ИСАКОВА. ТИЛ – ЖАМИЯТ ТАЯНЧИ

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Она тилида фикрлашга тоза гапиришга, нутқингизни ҳар хил ёт унсурлардан сақлашга ҳаракат қилинг. Қаерда ва ким бўлмасин, она тили камситилишига йўл қуймасин. Тил мавсумий либос эмаски, об-ҳавонинг ўзгаришига қараб алмаштирилса, Онаизор, Ватан, миллат ҳар бири биттадан, Она тили ҳам битта. Агар ўз халқингиз орасида гунгалак-соқов ва ёт бўлишни истамасангиз, она тилини пухта ўрганинг. Бошингизга кўтаринг. Киши бошқа тилда билимли бўла олади, аммо фақат ўз тилида бекаму-кўст бўлиши мумкин. Ғайбулла ас-Салом Тил – муқаддас ва эъзозланган тушунча, ҳар бир инсон учун ўз онаси каби азиз ва мўътабар. Тил – ҳаётнинг бошланиши. Инсон ўз она тили ёрдамида янги тушунчалар ва муносабатларни англай бошлайди. Она...

Continue reading

Shavkat Mirziyoyev: Yo‘llarimizda piyodalar harakati, odamlarning halovati, salomatligi ustuvor bo‘lishi kerak

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni Toshkent shahrida yangi yo‘l va ko‘prik loyihasi bilan tanishdi. Oxirgi uch yilda Toshkent shahrining Sergeli tumanida 460 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. Shu davrda bu yerga 100 mingdan ziyod aholi ko‘chib kelib, jami aholi 276 ming nafardan oshdi. Buning natijasida, tabiiyki, infratuzilma tarmoqlariga yuklama ham ortdi. Shu bois bu yerda qo‘shimcha muhandislik ob’ektlari, tumanni shaharning markaziy qismi bilan bog‘lovchi yo‘l va ko‘priklar qurilmoqda. Xususan, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan qiymati 83 million dollar bo‘lgan, 7 kilometr uzunlikdagi Sergeli yer usti metrosi va uning “Choshtepa”, “Toshkent xalqa yo‘li”, “Sergeli”, “Afrosiyob”, “Qipchoq”, “Chinor” bekatlari barpo etilmoqda. Albatta, bu yo‘lovchilarga...

Continue reading

Iste’mol savatchasining huquqiy asoslari ishlab chiqiladi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari tadbir avvalida mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. So‘nggi o‘n kunda o‘rta hisobda kuniga 70-80 kishida kasallik aniqlangani, hali xotirjamlikka o‘rin yo‘qligini ta’kidladi. Oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqarolar yurtimizga olib kelingan. Ularning ko‘pchiligida kasallik topilgan. Shuningdek, qariyb 200 nafar xalqaro yuk tashuvchi haydovchida koronavirus aniqlangan. Umuman, hozirgi kunda uy sharoitida 26 ming, statsionarda 21 ming kishi karantinda qolmoqda. “Qizil” va “sariq” hududlar hisoblangan viloyat, shahar va tumanlarda karantin qoidalariga qat’iy amal...

Continue reading

MUTOLAADAN MAQSAD

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Ko‘rsatuv yozib olinishi bahonasida ancha kitoblarni o‘qiyapmiz ham. "Mutolaa" hamisha mulohaza va mushohadaga undaydi. 20 dan ziyod allomalarimiz siymolari qad roslagan Adiblar xiyobonidagi Toshkent muzeyi fonida Said Anvarning "Yashasin, fonogramma" deb nomlangan hajviyalar to‘plamini o‘qishda davom etmoqdamiz. TV orqali namoyish etilgan "Jiblajibon" serialining muallifi ham farg‘onalik iqtidor sohibi Said Anvar ekan.[/vc_column_text][vc_empty_space][vc_single_image image="6361" img_size="full"][vc_single_image image="6362" img_size="full"][/vc_column][/vc_row]...

Continue reading

Talabalarga saxovat va ko’mak aksiyasi

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text] Yurtimizda yuzaga kelgan pandemiya sabab davlatimiz tomonidan fuqarolarimizni o‘zlarini izolyatsiya qilib olgan bir paytda sirdaryoliklar boshiga tushgan sinovli kunlarda davlatimiz rahbari xalq bilan birga bo‘lib ularning ruhini ko‘tarmoqda. Bu vaziyat yurtboshimizning elparvarligi, millat dardi bilan yashashini yana bir isbot qildi. Ana shunday murakkab vaziyatda toshqin talofatlari qanchalik achinarli bo‘lmasin, butun O‘zbekiston xalqi sirdaryoliklar bilan birga ekanligi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar, tomonidan toshqindan aziyat chekkanlar uchun jo‘natilayotgan mehr-muruvvat, insonparvarlik karvonlarining ketma-ket jo‘natilib turgani, xalqimiz o‘rtasidagi mehr-oqibat rishtalarining mustahkamligidan dalolat beradi. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti jamoasi ham mazkur xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida suv toshqinidan aziyat...

Continue reading

BARDAMLIK VA BIRDAMLIK BAYRAMI ARAFASIDA

[vc_row triangle_shape="no"][vc_column][vc_column_text]Qadimiyligi, xayr va savobga daxldorligi bilan, uzoq asrlarga borib bog‘lanadigan iydi Ramazon butun dunyo musulmonlarining e’tiqodiy bayrami sifatida nishonlanib kelinadi. Bu bayram shonli, qonli, suronli davrlarni ham ko’rgan. Har qanday sharoitda ham o‘z mohiyatini yo‘qotmagan bayramdir. Ushbu bayramning ramziy ma’nosi shundaki, u xalqning irodasini, e’tiqodini sinaydigan, har bir kimsada o’zni tiyish, shukronalik va qanoat tuyg’usini namoyon etishi bilan alohida ajralib turadi va o‘zaro yordam, saxovat va muruvvatning timsoli sifatida ham qadrlidir. Bu bayramni ommaviy tarzda, garchi bu yil sayil sifatida o‘tkazish pandemiya munosabati bilan nasib etmagan bo‘lsa-da, respublikamiz ahli o’z uyida o’tirib, ko‘tarinki kayfiyat bilan uning ruhi va shukuhini sezdi...

Continue reading