Notiq bo’lish orzusidagi yosh notiq

Yurtimiz yoshlari orasida shijoatli, intiluvchan, eng muhimi, izlanuvchan ijodkorlarning borligi ertangi kunga, davlatimizning istiqboliga ishonch va umid tuyg’ularini uyg’otishi tabiiy. Ana shunday iste’dodlarni qo’llash va ularni ulug’ maqsadlarga yo’llash, g’amxo’rlik ko’rsatish, ijodlarini yanada quloch yoyishiga imkon tug’dirish davlat siyosati darajasiga aylangani ham bejiz emas. Bu esa insonni hamjihatlikka, vatanparvarlikka, yurt ishqida yonishga chorlaydi.

Ikki buyuk hukmdor

O’z davri uchun ulug’ va buyuk nisbati berilgan hamma hukmdorlarga ham qutlug’ va suyuk shaxs deyish qiyin. Sohibqiron Amir Temur va imperator Napoleon Bonapart bundan mustasno. Ularga yuqoridagi to’rtta nisbatni qo’llash mumkin. O’zlari tan olgan buyuk haqiqat bizlarning tarixdagi o’rnimiz turli muhorabalardagi g’alabamiz emas, balki qoldirgan adabiy merosimizdir mazmunidagi o’gitlari ahamiyatli.

Uch birlikni quchgan uch Respublika xalq artisti

Insonning o’zidan keyin qoldirgan merosi xalqqa yana xizmat qilaversa, bu uning barhayotligi belgisidir. Ezgu ishlari xotirlanadi. Inson qalbiga imorat qurishdek sharaf Komiljon Otaniyozovga musharrafligi uning elparvar va mard va olijanob xalqiga xos bo’lganidandir. Uning tabiatidagi  bir olijanoblikni e’tirof etish o’rinlidir. U kimdadir iste’dod uchqunini sezsa, uni qo’llab qo’ldosh bo’lgan, yo’llab yo’ldosh bo’lgan. Xudbinlik unga zid. Iste’dodlarni asrash, avaylash, uni yanada takomillashtirish orqali elu yurtga katta iste’dodlarni yetkazib bergani rost.