G’oya va himoya

Yuksak bilimli, intellektual avlod mamlakatimizning taraqqiyotini belgilovchi omildir. Keng va atroflicha bilimga ega bo’lish esa kitob mutolaasi bilan chambarchas bog’liqdir. Kitob mutolaasi mulohazaga, mushohadaga chorlar ekan, demak o’qishdan maqsad uqishdir. Kimki ko’p kitob o’qigan bo’lsa, uning nutqi va xulqida ham ijobiy o’zgarishlar yaqqol namoyon bo’laveradi.

Ma’rifatga oshna, ma’naviyatga tashna qalblar

Qushning parvozini qo’sh qanotisiz tasavvur qilish qiyin bo’lganidek, odamzot iqbolini, jamiyat istiqbolini ham ikki qanot – ma’naviyat va ma’rifatsiz anglash mushkul. Buni to’g’ri anglagan Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari o’z bilimlarini yangilash va mustahkamlash borasida malaka oshirdilar. 

So’z va dori shifotalabdir

Toshkent shahar sog’liqni saqlash bosh boshqarmasi tizimidagi ma’naviyatchi shifokorlarga bugun «Ma’naviyat targ’ibotchisi» ta’lim muassasasida quyidagi masalalar bo’yicha saboq berildi. Erishilgan yutuqlar, egallangan marralar va amalga oshirilgan ulkan natijalar o’z-o’zidan bo’lmasligi ayon. Buning orqasida katta mehnat, jasorat va tajriba, aql idrok, muhimi, ong tafakkur qudrati borligini anglash va anglatish kerak.

Ishq dardi — qo’shiq qadri

Inson tanasidagi dardni, qalbdagi og’riqni ham davolash uchun katta iste’dod kerak. Oldin doktorlik kasbida keyin esa san’atni umr mazmuniga aylantirishni niyat qilgan va buning uddasidan chiqa olgan qadrdon do’stimiz Shuhrat Yo’ldoshevning bugungi kunda san’at olamida o’z o’rni bor. Chunki qo’shiqchilik san’atini kitobxonlik madaniyati bilan uyg’un qila olgan, har bir qo’shiqning yaralishidan oldin qanchadan-qancha she’riy kitoblarni titkilab, undan yuragi jiz etganini saralab, unga mosu xos kuyni, yo’lni, uslubni topish, tanlash orqali muxlislar qalbiga yo’l topish mashaqqatini faqat tasavvur qilish mumkin.

Shukuhli kunlar hayrati

Har bir insonning o’z nigohi, baholash mezoni va  qalb qarichi bo’ladi. Mamlakatimizdagi bunyodkorlik ishlarini ko’rib zavq-shavqqa to’ladi. O’zgani ham ana shu zavqu shavqdan bahramand etgisi keladi. Xuddi shu niyatda qo’liga qalam oladi. Agar u jurnalist, publitsist bo’lsa, ana shu jarayonni o’z qarashlari bilan sharhlab yutuq va muvaffaqiyatlarning zamiriga chuqurroq nazar tashlaydi va tahlil ko’zgusidan o’tkazadi.